O'zb  
 
27.05.2017

DAVLAT BYUDJETI IJROSI KORIB CHIQILDI

Hukumat tomonidan parlamentga taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 2016 yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash xarajatlari Davlat byudjetining 58,9 foizini, yani YaIMga nisbatan 12,1 foizni tashkil etgan. Ijtimoiy komakka muhtoj keksalar va nogironlarning ijtimoiy taminoti bilan bogliq xarajatlarga 161,1 milliard som ajratilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasining yigilishida Davlat byudjetining 2016 yildagi va joriy yil birinchi choragidagi ijrosi togrisidagi malumotlar atroflicha muhokama qilindi.

Bu masala boyicha Moliya vaziri orinbosari Mubin Mirzayev maruza qildi.

Takidlandiki, Davlat byudjetining 2016 yilgi ijrosida ijtimoiy sohani qollab-quvvatlash, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyasini taminlash ishlarini moliyalashtirishga alohida etibor qaratilgan.

Ijtimoiy soha xarajatlarining 57,4 foizi talim muassasalari taminoti, 24,1 foizi sogliqni saqlash tizimini rivojlantirishga yonaltirilgan. Bu Ozbekiston XDPning xalq talimi va orta maxsus kasb-hunar talimi muassasalarini byudjetdan moliyalashtirishning samaradorligini oshirishga doir goyalariga har tomonlama mos keladi.

— Hisobotga kora, otgan yili sogliqni saqlash tizimi muassasalarini zamonaviy diagnoz va davolash uskunalari bilan jihozlashga ham alohida etibor qaratilgan, deydi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Sahobiddin Arziqulov. Ajratilgan mablaglar hisobidan oila qurayotgan yoshlarni tibbiy korikdan, homilador ayollarni skrining tekshiruvidan otkazish, bolalarni 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi profilaktik emlash masalalariga doir amaliy ishlar qilingan. Bu aholiga korsatilayotgan tibbiy yordam va xizmatlarning maqbulligi va yuqori sifatini taminlashda muhim orin tutadi.

2016 yilgi Davlat byudjeti ijrosi togrisidagi hisobotning tahlillari shuni korsatmoqdaki, ijtimoiy xarajatlar uchun rejalashtirilgan mablaglar miqdori kamaytirilishiga yol qoyilgan. Kelgusida sohada iqtisod qilingan mablaglar kamaytirilmay, muammolarni yechish uchun yonaltirilishi maqsadga muvofiq, deb oylaymiz.

Davlat byudjetining joriy yil birinchi chorakdagi ijrosi haqidagi hisobotni har tomonlama tahlildan otkazdik, deydi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Tursunpolat Norboyev. Partiyamiz dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, ijtimoiy soha xarajatlariga alohida etibor qaratdik.

Jumladan, Orolboyi hududidagi maktabgacha va maktabdan tashqari talim muassasalarida tolov miqdorining shu yil 1 yanvardan 2 barobarga kamaytirilishi hisobiga maktabgacha talimga qamrab olingan bolalar soni 16 foizga oshgan. Ushbu maqsadlar uchun joriy yil byudjetdan 18,2 milliard som koshimcha mablag ajratilishi kozda tutilgan bolib, I chorakda 4,5 milliard som sarflangan.

Davlat byudjeti ijrosi kamchiliklardan xoli emas, albatta. Saylovchilar bilan bolib otayotgan uchrashuvlarda xalq talimi va sogliqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan fuqarolar ish haqini oz vaqtida ololmayotgani togrisida murojaatlar tushmoqda.

Jahondagi murakkab moliyaviy vaziyat iqtisodiyotimizga ham tasir etmay qoymaydi. Shunday bolsa-da, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi ish haqi, ijtimoiy nafaqa va pensiya tolovlari belgilangan muddatlarda moliyalashtirilishi zarur, deb hisoblaydi.

Atroflicha fikr-mulohazalardan song fraksiya azolari Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining 2016 yildagi va 2017 yil birinchi choragidagi ijrosi togrisidagi hisobotni qollab-quvvatladilar.

Gulruh ODASHBOYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.



DB query error.
Please try later.