O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
04.05.2017

TURIZM RIVOJLANISHI

ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qomitasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi bilan hamkorlikda «Turistik faoliyatning samarali axborot ta’minoti» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda takidlandiki, mamlakatimizda turizm sanoatini rivojlantirish, iqtisodiyotning tez osishini taminlashda uning rolini oshirish va shu orqali yangi ish orinlari yaratish, dunyo bozorida milliy turistik mahsulot salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi tashkiliy sharoitlar yaratilmoqda. Shu bois turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi samarali meyoriy-huquqiy maydon, sohani rivojlantirishning strategik rejalari boyicha qabul qilingan hujjatlar mazkur faoliyatning asosini tashkil etishi lozim. Bu jarayonda turizmning oziga jalb etuvchi vositasi sifatida axborot bozori ishtirokchilari faoliyatini takomillashtirish, axborot texnologiyalari salohiyatidan samarali foydalanishni taminlaydigan qoidalarni tarkib toptirish talab etiladi.

Deputatlar milliy turizm tizimini rivojlantirishda mazkur sohada samarali axborot almashinuvini taminlash zarurligini qayd etishdi. Bu birinchi navbatda, istemolchilarning mamlakatimiz haqidagi axborotdan erkin foydalanishi, turistik xizmatlarni taqdim etish sharoitlari, xususiyatlariga hamda ularning xavfsizlikni taminlash bilan bogliq axborotlarga tegishlidir. Mazkur masalalarni kompleks va tizimli huquqiy jihatdan tartibga solishni taminlovchi qoidalarni milliy qonunchiligimizga kiritilishini taminlash lozim, deyishdi sozga chiqqanlar.

Davra suhbatida, shuningdek, turoperatorlar faoliyatiga turizm biznesining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va qulaylashtirishga imkon beradigan zamonaviy komputer dasturlarini joriy etish zarurligi takidlandi. Turizm xizmatlarini sotish va band qilish boyicha turoperatorlarning GPS-pozitsiyaga asoslangan xalqaro global axborot tizimlariga ulanishlari va lokal servislarni yaratishlarining muhimligi qayd etildi.

— Turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, deydi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qomitasi azosi, OzXDP fraksiyasi azosi Nomon Akbarov. Turizm bozorini rivojlantirish uchun bir qator masalalarga etibor qaratish zarur, deb oylaymiz. Masalan, axborot targibot kompaniyasini otkazish va turli OAVda Ozbekiston turizmi haqida ijtimoiy reklamalarni tarqatish, foto va videomateriallar bankini yaratish kerak. Shuningdek, internet tarmogida mamlakatimizning turistik imkoniyatlari haqidagi markazlashtirilgan va alohida axborot resurslari hamda turistlar, turoperatorlar va turizm sohasining investorlari uchun axborot portallari sonini oshirish, mamlakatimiz va chet eldagi turistlar uchun axborot markazlari tarmogini yaratish maqsadga muvofiq boladi.

Davra suhbati yakuni boyicha kelgusida turizm faoliyatini axborot bilan taminlash jarayonining qonunchiligi va huquqni qollash amaliyotini yanada takomillashtirishga yonaltirilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: