O'zb  
 
04.05.2017

NEFT VA GAZ MAHSULOTLARI TAMINOTI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Prezidentimiz Vazirlar Mahkamasining majlisida «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tomonidan 2010-2016 yillar davomida qariyb 20 milliard dollarlik kapital qoyilmalar kiritilganiga qaramasdan, suyuq uglevodorod va tabiiy gaz qazib olish kamayganligi, xom-ashyo import qilish hajmi 1,3 barobar kopayganligi, belgilangan vazifalarning oz vaqtida bajarilishi ustidan yetarli darajada nazorat ornatilmaganligini alohida ta’kidlagan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qomitasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi aholisining neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gazga bolgan ehtiyojlarini taminlash mavzusida tashkil etilgan tadbirda respublikamizda uglevodorod zaxiralari geologik-qidiruv ishlarining borishi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholini neft va gaz mahsulotlari bilan taminlashning holati, bu boradagi muammolar hamda istiqboldagi rejalar xususida atroflicha soz yuritildi.

Yigilishda Ozbekneftgaz Milliy xolding kompaniyasi tizimidagi kompaniya va korxonalar tomonidan Respublikada aholining neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gazga bolgan ehtiyojlarini taminlash borasida olib borilayotgan kompleks ishlar togrisida malumot berildi.

Takidlandiki, Ozbekneftgaz kompaniyasining uglevodorod qazib chiqarish ishlari 5 ta neft-gazli hududda yani, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Fargonada olib boriladi. Bugungi kunga kelib aholining neft mahsulotlariga, ayniqsa, avtobenzin va dizel yonilgisiga bolgan talabi ortib bormoqda. Aholi daromadining tobora osib borayotganligi tufayli respublika boyicha avtotransportlarning umumiy soni oshdi. Shu bilan birga, avtotransport vositalari siqilgan va suyultirilgan gazga otkazilishiga qaramay, avtobenzinga bolgan ehtiyoj kamaymayapti.

— Tadbir davomida biz asosiy etiborni neft va gaz zaxiralarini aniqlashga yonaltirilgan geologiya qidiruv ishlari, uglevodorod qazib chiqarishning joriy holati, aholini hamda iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gazga bolgan ehtiyojlarini toliq qoplash masalalari, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalarga qaratdik, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qomitasi azosi, OzXDP fraksiyasi azosi Ahad Ahmedov. Chunki aholidan kelib tushayotgan etirozlar ushbu tizimni yanada takomillashtirishni, uning qonunchilik asoslarini korib chiqishni talab etmoqda. Eng muhimi, bu boradagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, neft-gaz zaxiralarini tejash, maqsadli ishlatish masalalari parlament va jamoatchilik nazoratining doimiy ishiga aylanishi zarur.

Yigilish yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: