O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
29.04.2017

OZGARTISH VA QOSHIMCHALAR

qonunlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi

Shu kunlarda parlament quyi palatasida «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi va farmatsevtika faoliyati litsenziyalash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar mazkur qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi.

O‘zbekiston XDP Saylovoldi dasturida dori vositalari muomalasi va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish masalasiga alohida e’tibor berilgan. Shunga muvofiq, fraksiyamiz ushbu sohadagi qonunlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil o‘rganib bormoqda. Saylovchilar bilan uchrashuvlarda ham bu masalada ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda. Qonun loyihasida belgilangan me’yorlar bu boradagi ko‘plab muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasida nazarda tutilgan o‘zgartishlar O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlarida nazarda tutilgan tegishli normalarni 2016 yil 4 yanvarda yangi tahrirda qabul qilingan «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.

Yoqub UMAROV, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Qonun loyihasida dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida qo‘llaniladigan ayrim tushunchalar qayta ko‘rib chiqilgan. Jumladan, dori vositalari, tibbiy buyumlar tushunchalariga yangi ta’riflar berilgan. Shuningdek, tibbiy texnika, dorivor o‘simlik xomashyosi kabi tushunchalar yangidan kiritilgan.

6-moddada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari aniq belgilab berilgan. Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda imtiyozli berilishini ta’minlashi, dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, sifati nazorat qilinishini, standartlashtirilishini va sertifikatlashtirilishini amalga oshirishi, retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlashi kabi vakolatlari belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, 7-moddada Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari o‘z aksini topgan. 8 hamda 21-moddalarida davlat farmakopeyasi, farmakopeya maqolasi, dorixona kabi tushunchalar mazmuni ochib berilgan.

Bundan tashqari, Prezidentimizning joriy yil 14 fevraldagi «Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan muvofiqlashtirish maqsadida Qonunning 6, 7 va 16-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonunning 5 va 6-moddalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Shu tariqa dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi mavjud huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etiladi.

Xayrulla RO‘ZMETOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Shu o‘rinda bir masalaga e’tibor qaratmoqchiman. Bilamizki, dori vositalari uchun har yili Davlat byudjetidan zarur mablag‘ ajratiladi. Ammo ayrim murojaatlar mazmunidan xulosa qilib aytish kerakki, bu masalada kamchiliklar yo‘q emas. Bunday dori vositalarining manzilli tarqatilishi yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish, ayniqsa, mas’uliyat va xabardorlikni oshirish kerak. Joylardagi uchrashuvlar, saylovchilar, elektorat vakillari murojaatlari dori vositalari narxlarini muvofiqlashtirishda hamon kamchiliklar uchrab turganini ko‘rsatmoqda. Bir xil turdagi dorilarning dorixonalardagi narxlari o‘rtasida sezilarli tafovut borligi to‘g‘risida murojaatlar bo‘lyapti. Demak, bu yo‘nalishdagi qonunlar hayotga qanchalik samarali joriy etilsa, bu boradagi muammolar shunchalik kamayadi, deb o‘ylayman.

Qonun loyihasi orqali «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi, «Kooperatsiya to‘g‘risida»gi, «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi, «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi, «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi, «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

So‘zga chiqqanlar hujjat loyihasi aholini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash sohasidagi dolzarb masalalarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi. Fraksiya a’zolari qonun loyihasini elektorat manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib atroflicha muhokama qilgach, konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatladi.

Yig‘ilishda, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ham ikkinchi o‘qishda muhokama etildi. Unga ko‘ra, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Aliya YuNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Qonun loyihasiga asosan, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 27 moddasi to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarining kafolatlariga qaratilgan norma bilan to‘ldirilmoqda. Mazkur moddaga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish va tibbiy-ijtimoiy muassasalariga joylashtirilgan kundan boshlab to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.

Ularga ta’lim berish, turar joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, ta’lim muassasalarini bitirayotganda va ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari sotib olish uchun nafaqa to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bularning barchasi partiyamiz Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ham birinchi o‘qishda atroflicha ko‘rib chiqishdi.

Qonun loyihasi bilan Byudjet kodeksining 52-moddasi 5-bandiga tegishli qo‘shimcha kiritilishi nazarda tutilgan. Unga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining boshqa daromadlari tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlari ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) ham kiritilishi ko‘zda tutilmoqda.

Qahramon MIRZAYeV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalliy byudjetlar uchun qo‘shimcha manbalar yaratish va bosqichma-bosqich mahalliy byudjetlarning respublika byudjetidan bog‘liqligini qisqartirilishiga qo‘shimcha imkon yaratadi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z ulushlari bo‘yicha bozor va savdo komplekslari faoliyatini korporativ boshqarishdagi manfaatdorligi va samaradorligi oshiriladi hamda sohadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati rag‘batlantiriladi.

Fraksiya yig‘ilishida boshqa qonun loyihalari ham ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Laziza SHEROVA,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: