O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
27.04.2017

ELEKTRON MUROJAAT

davlat va xalq o‘rtasidagi aloqalarning muhim mexanizmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qomitasi tomonidan shu mavzuda seminar tashkil etildi.

Murojaat qilish va axborot olish fuqarolarning asosiy huquqlaridan biri bolib, inson manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilishning muhim omili hisoblanadi. Shu bois milliy qonunchiligimizda fuqarolar murojaatlari masalasiga alohida orin berilgan.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shuningdek, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisida»gi, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi, Elektron hukumat togrisidagi qonunlarda bu boradagi tartib va qoidalar belgilangan.

Shular asosida elektron shaklda murojaat qilish huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Hozir jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tegishli idora yoki mansabdor shaxslarga murojaat qilmoqda. Shuningdek, davlat hokimiyati organlari rahbarlariga togridan-togri elektron murojaat qilish imkoniyati yaratilib, virtual qabulxonalar tashkil qilindi. Bu orqali fuqarolarning elektron murojaatlarini korib chiqish va ular bilan ishlash tizimi yanada takomillashdi. Ushbu murojaatlarga tezkor javob berish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Internet tarmogidagi rasmiy veb-saytlarida zarur servislar yaratilib, kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va javob berish monitoringini yuritish boyicha axborot tizimlari joriy etilgani takidlandi.

— Bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalariga axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan kirib kelmoqda, deydi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qomitasi azosi, OzXDP fraksiyasi azosi Nomon Akbarov. Bu borada 2015 yilda Elektron hukumat togrisidagi qonun qabul qilindi. Unga asosan, endilikda barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillariga ozlarining xizmatlarini axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish masuliyati yuklatildi. Bu orqali jismoniy va yuridik shaxslar elektron shakldagi murojaatlarni bevosita davlat organi rasmiy veb-saytiga yoki interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yollash imkoniyatiga ega bolishdi.

Qonunchilikka kora, jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi togrisidagi malumotlar korsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bolishi kerak. Yuridik shaxsning murojaatida uning toliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) togrisidagi malumotlar korsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bolishi kerak.

Tadbir davomida davlat organlari tomonidan fuqarolarning elektron murojaatlari bilan samarali ishlashga qaratilgan normativ hujjatlarni korib chiqish, elektron murojaatlarni qayta ishlash borasidagi qoidalarni birxillashtirish kabi masalalarga etiborni kuchaytirish zarurligi takidlandi. Shu asosida qomita azolariga tegishli vazifalar yuklatildi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.