O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
20.04.2017

INSON UCHUN ETIBORDAN ORTIQROQ MUKOFOT YOQ

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Zulayho Akramovaning Sirdaryo viloyatida otkazgan amaliy tadbirlarida bu sozlar kop takrorlandi.

Inson qalbi mehrga tashna deyishadi. Etibor, gamxorlik, hatto bir ogiz shirin soz ham kongilga malham boladi, kishining ruhi kotariladi, atrofida qollab-quvvatlaydigan, suyanchiq boladigan odamlar borligidan dili yorishadi.

Davlatimiz rahbari inson manfaatlarini taminlash uchun avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak, deb alohida uqtirib otgan edi. U senatormi, deputatmi, ichki ishlar organi xodimimi, prokurormi, xullas, barcha mansabdor shaxslar aholi bilan uchrashuvlar otkazib, koplab muammolar hal etilayotganining ozi qanchadan-qancha odamlarning ogirini yengil qilmoqda, ertangi kunga ishonchi, umidini yuksaltirmoqda. Ayniqsa, kimningdir komagiga muhtoj, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand aholi vakillari, keksalar va nogironlarga tobora katta etibor qaratilayotgani jamiyatda soglom adolat muhiti shakllanishiga olib kelmoqda, keksalarimizni hayotdan rozi qilmoqda.

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova bilan shu mavzuda suhbatlashib qolganimizda, u keyingi haftada partiyamiz faollari bilan Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga borib, elektoratimiz vakillarining turmush sharoitlari bilan tanishish rejasi borligini aytib qoldi.

Bu taklif bizga maqul boldi. Belgilangan kuni birgalikda Sayxunobod tumaniga yol oldik.

...«Ittifoq» mahallasida odam gavjum. Bu yerda OzXDPning Xalq salomatligi — oliy qadriyat loyihasi doirasida kam taminlangan oilalar, bola tarbiyasi bilan mashgul onalar va ularning farzandlari viloyatning malakali shifokorlari tomonidan bepul tibbiy korikdan otkazilyapti. Shu yerning ozida deputat Zulayho Akramova shifokorlar, jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashmoqda.

Muloqot davomida qishloq vrachlik punktidagi muammolar ham kotarildi. Mutaxassislar yetishmasligi mahalla aholisini tibbiy korikka keng qamrovda qamrab olish imkoniyatini bermayotgani aytildi. Turmush qurayotgan yoshlarni toliq tibbiy korikdan otkazish masalasi muhokama etildi.

Hududimizda 1030 nafar ayol, 188 nafar osmir bor, deydi qishloq vrachlik punkti mudiri, pediatr Gulbahor Sultonova. Biz imkon qadar ularning tibbiy madaniyatini oshirish, oilalarda soglom turmush tarzini qaror toptirish, kasalliklarni vaqtida aniqlash maqsadida tushuntirish-targibot ishlarini muntazam olib boryapmiz. Potranaj oyligi doirasida 4 nafar hamshiramiz uyma-uy yurib, qishloq aholisining sogligidan xabardor bolib turibdi. Onalar va bolalar, ozgalar parvarishiga muhtoj insonlar, yolgiz keksalar, nogironlarga alohida etibor qaratilmoqda.

Deputat tibbiy korikka kelgan xotin-qizlar bilan ham suhbat qurdi.

Uch nafar farzandim bor, dedi Mahbuba Mallayeva. Oxirgi paytlar bosh ogrigi, qon bosimidan aziyat chekyapman. Tibbiy tekshiruvdan otdim. Shifokorlar davolanish uchun zarur dori-darmonlarni yozib berishdi.

Shu kuni 125 nafar qishloq aholisi mutaxassis shifokorlar korigidan otkazildi. Oila shifokori va hamshiralarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalqimizning oz sogligiga etibori va soglom turmush yuritishga intilishi kuchayib borayotgani ushbu tibbiy korik paytida yaqqol sezildi.

Deputatlar, partiya faollari bilan tumandagi Paxtakon mahallasiga yol oldik. Birinchi bolib, keksalardan biri Togay Elmurodov xonadoniga bordik. Kozlari quvonchdan porlab, chehrasi yorishib bizni kutib oldi. Suhbat chogida osh-ovqatidan, issiq-sovugidan qishloq ahli xabar olib turganini minnatdor bolib gapirdi.

Bilasizmi, turmush ortogim vafotidan keyin endi yolgiz ozim, qanday yashayman, deb vahimaga tushgandim. Endi hayotim qanday boladi, degan savol sira tinchlik bermasdi. Mana, davlatimiz katta gamxorlik korsatyapti. Mahallamiz faollari, deputatlar, hamshiralar tez-tez holimdan xabar olib turishibdi. Nafaqamni oz vaqtida olyapman. Zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ham yetkazib berishadi. Shifokorlar uyimga kelib xizmat korsatadi. Hayotimdan mingdan-ming roziman. Xalq demokratik partiyasining bugungi tadbirini ham xayrli ishlardan, deb oylayman.

Deputat mamlakatimizda keksalarni ezozlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish borasida doimiy ravishda etibor va gamxorlik korsatib kelinayotgani, pensiya va nafaqalar miqdori muttasil oshirib borilayotgani, keksalarning salomatligini tiklash uchun davlat byudjetidan katta miqdorda mablaglar ajratilayotgani haqida sozladi va partiyamiz sovgasini topshirdi. Otaxon yaxshi kayfiyatda bizni kuzatib qoydi.

Aslida, keksalarni har qancha ezozlasak kam, dedi deputat otaxonning xonadonidan chiqayotganimizda. Yoshi uluglarni ganimat bilib, doimo konglini kotarishimiz, ularning duolarini olishimiz kerak...

Yana bir otaxon Hasanboy Ahmedov xonadoniga borayotganimizda partiya faollari uning 19 yashar qizi II-guruh nogironi ekanini aytishdi.

Qizim bundan bir necha yil oldin baxtsiz tasodif tufayli bir oyogidan ajraldi, deydi otaxon. Hozir shifoxonada edi, davolanyapti. Qishlogimizdagi hamshiralar xabar olib turibdi. Tez yordam ham vaqtida yetib keladi. Sizlar xabar olishga kelganingizni, sovga-salomlar berib ketganingizni aytsam, u juda xursand boladi, kongli kotariladi. Unga sizlardan albatta, salom aytib qoyaman.

Keksalar juda ajoyib bolishadi-da, dedi OzXDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi Akmal Tursunboyev yana bir xonadonga ketayotganimizda. Hozir 91 yoshli otaxonning xonadoniga boramiz. Bu yerga kop kelaman. Otaxonning sozlarini, otmish haqidagi hikoyalarini maroq bilan tinglayman. Hayotiy xulosalarini eshitaman.

Qarisi bor uyning parisi bor, deyishadi. Haq gap. Mamasoli Parpiyevning xonadoniga kirib borganimizda bunga yana bir bor yaqqol amin boldik. Otaxon dasturxon atrofida uyni toldirib otirardi. U urush yillarida xalqimiz boshidan kechirgan ogir kunlar haqida, bugungi dorilomon kunlarga cheksiz shukronalik bilan gapirib berdi.

Inson uchun etibordan ortiqroq mukofot yoq, deydi otaxon. Ayniqsa, keksayganda koproq mehr istarkansan. Kimdir seni ardoqlasa, gamxorlik qilsa, odam ozini yanada bardamroq his qilar ekanda, bolam. Ana shunday ezgu niyatlarni Abdusalom Xonimqulov xonadonida ham eshitdik. U bundan bir necha kun oldin partiyamiz Jamoatchilik qabulxonasiga murojaat qilgan ekan. OzXDP faollari otaxonga nogironlik aravachasini topshirishdi.

Tadbir davomida qishloqdagi nurli, farishtali otaxon va onaxonlarni yoqladik, deydi xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Hayotxon Ortiqova. Ularning hikmatli sozlari, nasihatlari, ozlari ganimat bizga. Farzandlari qatorida kongillarini kotarsak, otgan ogriqli kunlar yaralagan dillariga oz bolsa-da malham bolsak, deymiz. Yoshi ulug otaxon-onaxonlar bilan suhbatlashib, bugun ularning yaxshi niyat, shukronalik bilan yashayotgani, korsatilayotgan etibor va gamxorlikdan mamnun ekanliklarini sezdik.

Kunning ikkinchi yarmida Gulbuloq mahallasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azolari, mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya faollari, viloyat Sogliqni saqlash, Mehnat boshqarmalari va Byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi xodimlari ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Dastlab partiya elektorati hisoblangan aholi ortasida otkazilgan tibbiy korik natijalari yuzasidan shifokorlarning yakuniy axboroti eshitildi. Sogliqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar, takliflar mutasaddilarga taqdim etildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda imkoniyati cheklangan insonlarni tibbiy korikdan otkazishga, shifoxona va sanatoriylarda davolanishi hamda tibbiy protez-ortopediya vositalari bilan taminlashga amaliy yordam korsatildi.

Muloqot davomida, shuningdek, har bir tumandagi tashkilotlar rahbarlari joriy yildagi vazifalar, belgilangan rejalari togrisida axborot berishdi. Fuqarolarning hududdagi muammolar yuzasidan bergan savollariga javob qaytarildi.

Shuningdek, loyiha davomida kochma Jamoatchilik qabulxonasi tashkil etildi. Fuqarolar Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azolari tomonidan qabul qilindi.

Umuman olganda, amaliy tadbir davomida partiya elektorati vakillarini oylantirayotgan koplab masalalar aniqlandi, tahlil qilindi. Aholi etirozlariga sabab bolayotgan muammolar va ularning yechimiga doir takliflar xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlariga taqdim etildi. Kotarilgan ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar parlamentdagi OzXDP fraksiyasi orqali tegishli vazirlik va idoralarga ijobiy yechim topish uchun yetkaziladigan boldi.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha hududlarida yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirildi.

Sirdaryodan Zulayho Akramova bilan birga qaytdik. Suhbatimiz ushbu amaliy tadbirning ahamiyati haqida boldi. Xullas, taassurotlarimizni ortoqlashdik.

Albatta, mehr va etibor nuroniylarimizning umriga umr, kuchiga kuch qoshadi, ularga ruhiy madad boladi. Jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarning hayotga qiziqishini oshiradi, deydi deputat. Ularning yashash sharoiti qanday, yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan qay darajada foydalanishyapti? Bunday savollar doim partiyamiz tashkilotlari va deputatlar etiborida turmogi kerak, deb oylayman. Negaki, ular partiyamiz elektorati hisoblanadi...

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: