O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
16.02.2017

OMBUDSMAN HISOBOTI:

fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi

O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili — Ombudsmanning 2016 yildagi faoliyatiga oid hisoboti eshitildi.

Malumki, qonunchiligimizda Ombudsmanga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari togrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taminlash vakolatlari berilgan. Bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ombudsman Oliy Majlisga hisobot taqdim etadi.

Malumotlarga kora, Ombudsmanga otgan yili fuqarolar tomonidan 9057 murojaat bolgan. Hozirga qadar ularning 800 dan ortigi hal etilib, 2100 dan ortigi nazoratga olingan. Murojaatlar tahlili aholining siyosiy-huquqiy madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy faolligi yuksalib borayotganini korsatmoqda.

Murojaatlarning 31,1 foizi ijtimoiy huquqlar, 24,5 foizi iqtisodiy, 13,5 foizi siyosiy, 0,5 foizi ekologik yonalishlarda bolgan. Ularning aksariyati bandlik, sogliqni saqlash, talim, turar joy, pensiya, ijtimoiy taminot masalalari bilan bogliqdir. Murojaatlarning samarali hal etilishi ijtimoiy sohadagi muammolar yechim topishiga xizmat qiladi.

Fraksiya azolari Ombudsman hisobotida keltirilgan fakt va raqamlarni atroflicha tahlil qildi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini taminlash, murojaatlarda kotarilgan har bir masalaga etiborni kuchaytirish zarurligi takidlandi.

Bildirilgan fikr-mulohazalar asosida OzXDP fraksiyasi Ombudsman hisobotini qollab-quvvatladi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: