O'zb  
 
14.02.2017

AHOLIDAN TUSHAYOTGAN TAKLIFLAR

hududlarni rivojlantirishga asos bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zolari Yoqub Umarov, Sahobiddin Arziqulov, Dilmurod Sadullaev Ishtixon tumanida bolib, aholi va elektorat vakillari bilan bevosita muloqot otkazishdi. Saylovchilarni oylantirayotgan masalalarni, ijro hokimiyati faoliyatini atroflicha organishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yoqub Umarov Haqiqat qishlogidagi mahalla, qishloq vrachlik punkti, maktab va maktabgacha talim muassasalaridagi haqiqiy ahvolni organdi. Boylar, Qiyot va Chinoq qishloqlari vakillari esa aholini ish bilan taminlash masalasi boyicha fikr bildirishdi. Chinoq, Togaykol qishloqlarida elektr va tabiiy gaz taminotidagi uzilishlar haqida murojaatlar boldi.

Qiyot qishlogi ahli nomidan Baxroil Boboyev tabiiy gaz bosimi past ekani, ayrim ichki yollarning nosozligini bayon etdi.

— Suyultirilgan gaz ballonlari yetishmaydi, dedi Togaykol qishlogidan Tolliboy Omonov. Mavjud gaz ballonlarini aholiga yetkazib berish ishlari ham kongildagidek emas. Bundan tashqari, ballonlarni gaz bilan toldirishda belgilangan narxlarga amal qilinmayapti.

Zarafshon qishloq vrachlik punkti xodimlari elektr energiyasidagi uzilish sababli ish vaqtida tibbiy asbob-uskunalarni ishlatish imkoni yoqligini malum qilishdi.

Mazkur qishloqda istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Keldiyor Ubaydullayev senatorlar va deputatlarning aholi bilan uchrashuvlar tashkil etayotganini maqullab, bunday ezgu ish tashabbuskori Prezidentimizdan minnatdor ekanini bildirdi.

Uchrashuv va muloqotlarda xalq dardi tinglanadi, orzu-umidlariga etibor qaratiladi, dedi u. Qishloqdagi oilalarni qollab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.

Deputat bilan muloqotlarda talim sohasidagi ayrim muammolar haqida ham soz yuritildi. Masalan, maktablar va bolalar bogchalari binolari tamirga muhtojligi va yetarli darajada jihozlanmagani, Chinoq qishlogida joylashgan 47-maktabda sport zali va turli tadbirlar otkazish uchun faollar zali yoqligi takidlandi. Qishloq ahli ushbu masalani davlat dasturiga kiritishni iltimos qildi.

Muloqotlar davomida koplab takliflar bildirildi, dedi deputat Yoqub Umarov. Haqiqat qishlogi 4 ta mahalladan iborat. Bu yerda 15 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qishloq fuqarolar yigini hududida 8 ta umumtalim maktabi mavjud bolib, ularni 2016 yilda 450 nafar oquvchi bitirgan. Lekin ushbu hududda kasb-hunar kolleji yoki akademik litsey mavjud emas. Oquvchilar uzoq qishloqlardagi kollejlarga qatnab oqishga majbur bolishmoqda. Mahalliy aholi ushbu masalaning eng maqbul yechimi hududning markazi Dormon qishlogida mashinasozlik yoki qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan kasb-hunar kolleji bunyod etish ekanini takidladi. Bu masalani davlat dasturiga kiritish boyicha oz takliflarini aytishdi.

Aholi bilan muloqotlar muammolarni organish, ularga yechim topishda katta samara beradi. Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda albatta etiborga olinadi.

Abdurasul SATTOROV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: