O'zb  
 
14.02.2017

IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLAR YANADA KENGAYADI

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat vajamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, modernizatsiya qilish, bu borada eng muhim ustuvor yonalishlarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasi tarixiy ahamiyatga ega. Bu muhim hujjat davlatni yanada barqaror vajadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv vatamoyillarni amalga oshirishni kozda tutgan.

Prezidentimizning «Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisida»gi farmoniga kora, Harakatlar strategiyasini besh bosqichda hayotga tatbiq etish nazarda tutilmoqda. Xususan, Ijtimoiy sohani rivojlantirish deb nomlangan tortinchi yonalishda aholi bandligini taminlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalari boyicha ham muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Qahramon MIRZAYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

— Prezidentimiz 2017 yilni yurtimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb elon qilganida, aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etish kerakligini alohida uqtirib otgan edi. Bu barcha darajadagi rahbarlar, deputatlar oldiga yangi talablarni qoydi. Ishni tubdan kuchaytirish, inson manfaati hamma narsadan ustun ekanligini faoliyatimizning bosh mezoniga aylantirish boyicha muhim vazifalarni belgilab berdi. 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasi bu boradagi ustuvor yonalishlarni aniq va ravshan ifoda etdi.

Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisidagi Prezident farmoni hamyurtlarimiz, tadbirkorlar, umuman, keng jamoatchilik tomonidan kotarinki ruh, minnatdorlik bilan kutib olindi. Joylarga chiqib, aholi vakillari bilan otkazgan uchrashuvlarimizda ham bunga yaqqol amin boldik. Odamlar Harakatlar strategiyasini taraqqiyotimiz kafolatlari belgilangan hujjat sifatida yuksak baholamoqda.

Hududlarni har tomonlama rivojlantirish boyicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini royobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish orni tashkil etish, shu orqali aholini ish bilan taminlash dasturlarini toliq ijro etishga alohida etibor qaratilgan. Mazkur chora-tadbirlar zamirida har tomonlama chuqur oylangan siyosat, katta ezgu maqsad yotibdi, desak togri boladi.

Darhaqiqat, har qanday davlat bandlik masalasida barqarorlikka erishish uchun puxta ishlab chiqilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishi talab etiladi. Etibor bergan bolsangiz, ishsizlik darajasi eng yuqori bolgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish orni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun talim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. Hududlarda talim muassasalari bitiruvchilarini qollab-quvvatlashga etibor kuchayishi, ularga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kreditlar ajratilishi yoshlarning oziga ishonchini oshirishga xizmat qiladi, albatta.

Bu, ayniqsa, kollejni tamomlab, ish topishda qiynalayotgan yoshlarning kayfiyatiga ijobiy tasir korsatadi. Yana bir ahamiyatli tomoni, tadbirkorlik rivojlanishi orqali hududlarda ishlab chiqarish taraqqiy etadi, zarur infratuzilma shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi yaxshilanadi, eng muhimi, xalqimiz hayotdan rozi bolib yashaydi.

Zulayho AKRAMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

Inson manfaatini oliy qadriyat, deb biladigan davlat va jamiyat oz fuqarolarining farovon turmushi, salomatligini muhofazalashga alohida etibor qaratadi. Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi bu borada muhim hayotiy ahamiyatga egadir.

Etibor bering, katta yoshli avlodni qollab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sogliqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kozda tutilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat kop tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan taminlash rejalashtirilmoqda.

Demak, aholi salomatligini muhofaza qilish, oilalarda soglom turmush tarzini qaror toptirishga yonaltirilgan say-harakatlar kolami yanada ortadi. Hududlardagi tibbiyot muassasalarining jahon andozalariga muvofiq, qayta qurilishi orqali qator hayotiy zarur masalalarga yechim topiladi. Bir paytlar qishda sovuq, yozda issiq, buning ustiga hech qanday sharoitga ega bolmagan davolash muassasalari zamonaviy qiyofa, qulay muhitga ega boladi. Bu xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishda ayni muddaodir.

Hududlarda bolganimizda tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Bu boradagi murojaatlarni organdik. Xulosa ornida shuni aytishim kerakki, xalqimiz tibbiyot sohasida katta ozgarishlarni kutyapti. Albatta, Harakatlar strategiyasida bu masala alohida etiborga olingan. Unga asosan koplab hududlarda tez tibbiy yordam xizmati uchun maxsus avtotransport vositalari ajratiladi. Bu bemorlarga tez va sifatli tibbiy yordam korsatish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Bizning oldimizda ham masuliyatli vazifalar turibdi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari azolari bilan hamkorlikda ushbu muhim hujjatning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish boyicha targibot ishlarini izchil yolga qoyishimiz, uning ijrosida har birimiz faol qatnashishimiz talab etiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Laziza SHEROVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: