O'zb  
 
11.02.2017

OCHIQ-OSHKORA MULOQOTDA

murojaatlar qabul qilindi

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tomonidan Quyi Chirchiq tumanida «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» mavzusida aholi vakillari bilan ochiq muloqot otkazildi.

Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari azolari, mahalliy davlat idoralari rahbarlari uy-joy qurilishi, kommunal, transport va savdo xizmatlari, elektr energiyasi taminoti, yollarning holatini yaxshilash haqidagi savollarga batafsil javob berishdi.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Rspublikasini yanada rivojlantirish boyicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasining ahamiyati yuzasidan batafsil malumotlar taqdim etildi.

Murojaatlarni hal etishda deputatlik sorovi institutidan samarali foydalanish zarur. Shu yilning yanvar oyida viloyatdagi tuman, shahar Kengashlari deputatlari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga 33 deputatlik sorovi yuborilgan. Ulardan 14 tasi qonun va qarorlarning bajarilishi, 19 tasi fuqarolarning murojaatlari bilan bogliqdir.

Ochiq-oshkora muloqot davomida bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar, kotarilgan muammo va masalalarni partiya guruhlarida korib chiqish boyicha tavsiyalar berildi.

Shu kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari tuman kengashida tashkil etilgan Jamoatchilik qabulxonasida fuqarolarni qabul qilishdi. Murojaatlarni hal etish choralari belgilandi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

Farrux ALIYEV olgan surat.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: