O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
11.02.2017

AHOLINI OYLANTIRAYOTGAN MUAMMOLAR IZCHIL ORGANILYAPTI

Taklif va mulohazalarni tinglash, xalq bilan bamaslahat ish tutish, muammolarni hal qilish odamlarning davlatga, qonunlarga ishonchini mustahkamlaydi. Taraqqiyotga keng yo‘l ochadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senat a’zolarining hududlarda bolishi, joylardagi muammolarni organishi, xonadonlarga kirib, xalq bilan muloqot qilishi ham ana shu ezgu maqsadga qaratilgan.

Aholi va elektorat vakillari bilan otkazilayotgan muloqotlarda ijtimoiy infratuzilma hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, moliya-kredit tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish, savdo va maishiy xizmat korsatish sifatini oshirish, aholi bandligini taminlash masalalariga etibor qaratilmoqda. Qabul qilingan qonunlar, boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini yaqindan organish, aholining talab, takliflarini eshitish, mahalliy ijro hokimiyati faoliyatini tanqidiy tahlil etish kelgusi vazifalarni belgilab olishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri orinbosari Xatamjon Ketmonovbir guruh deputatlar hamda Senat azolari bilan Shahrixon tumanida boldi. Qishloq, mahalla fuqarolar yiginlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar otkazildi.

Uchrashuvlarda, avvalo, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili maqsad-mohiyati xususida soz yuritildi. Davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlarining muloqotlar chogida bevosita ishtirok etishi muammolar oz vaqtida yechim topishiga xizmat qilishi takidlandi.

Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senat azolarining tashabbusi bilan Shahrixon tuman Kengashi qoshida ishchi guruhi shtabi tuzildi. Aniqlangan kamchiliklar, muammolar tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar bilan hal qilinadi. Ayrim murojaatlar nazoratga olinib, bazi masalalar boyicha takliflar tayyorlanadi.

— Davlat va jamoat tashkilotlari, mahallalar, talim, tibbiyot muassasalari faoliyatini batafsil organishga harakat qilyapmiz, dediXatamjon Ketmonov. Xonadon sohiblari bilan suhbatlashyapmiz. Ularning konglidagi rejalariga ahamiyat beryapmiz, amalga oshishiga komak korsatyapmiz.

Ichimlik suv taminoti, ekologiya bilan bogliq masalalar kotarilyapti. «Suvoqava» davlat unitar korxonasi murojaatlarni hal qilishga kirishdi. Fuqarolar ayrim hududlarda kaliforniya teraklari koklamda momiq chiqarib, allergik kasalliklarni qozgatayotgani haqida gapirishdi. Tabiatni muhofaza qilish qomitasi mutaxassislari ushbu masalani organishga jalb etildi.

Shahrixon tumani viloyatdagina emas, balki mamlakat miqyosida aholi eng zich joylashgan hududlardan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan bu yerda bandlikni taminlash dolzarb vazifalar qatorida turadi.

Shahrixon hunarmandchiligining dongi dunyoga ketgan. Usta beshikchilar, pichoqchilar, misgar, kandakorlar samarali mehnat qilmoqda.

Tumanda mustaqillik yillarida avtomobillar hamda qishloq xojaligi texnikalariga filtrlar, zamonaviy andozadagi poyabzallar ishlab chiqaruvchi qoshma korxonalar, bir qancha masuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyati yolga qoyildi. Yangidan-yangi binolar qurilyapti. Qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan koplab zamonaviy uy-joylar foydalanishga topshirildi.

Xoldevonbek qishlogidagi 53-umumtalim maktabidagi talim-tarbiya, fanlarni oqitish tajribasi ibratlidir. Maktab direktori, OzXDP faoli, Ozbekiston Qahramoni Kamoliddin Gopirov boshchiligidagi malakali oqituvchilar oquvchilarga puxta bilim berishyapti.

Shahrixondagi ibratli ishlar kolamining kengligi hamma muammolar hal etildi, degani emas. Bu parlament vakillari bilan aholi ortasidagi muloqotlarda ayon bolmoqda.

Deputatlar Nomozgoh mahallasidagi Anvar Abdullayev xonadonida bolishdi.

Prezidentimiz odamlarning tadbirkor bolishiga komaklashish zarurligi haqida juda orinli gapirdi, dedi xonadon sohibi. 10 bosh qoy boqamiz. Agar chorva uchun ozuqa yetishtirishga yer ajratilsa, yuzta qoy boqishni uddalaymiz. Rozgorimizga baraka kiradi.

Deputatlar masalani organib, yordam korsatilishini aytishdi.

Shu mahallalik Odiljon Ismoilov elektr energiyasi tizimidagi uzilishlar masalasini ortaga tashladi. Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga masalaga aniqlik kiritish xususida malumotnoma taqdim etildi.

Qosh qavatli, 24 xonadonli uyda yashovchi Yoqutxon Hojiboyeva turar-joy tomi va oqava tarmogi tamirga muhtoj ekanini malum qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri orinbosari Xatamjon Ketmonov bilan birga Shahrixon tuman Kengashi deputati Orifjon Tursunov, viloyat Kengashi deputati Durbek Abdurahmonov, Ozbekiston Qahramoni Kamoliddin Gopirov ham aholi xonadonlaridagi suhbatlarda qatnashishdi. Bu muammolarni birgalikda hal etishga xizmat qiladi.

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan qatiy talabning amaldagi isbotini koryapmiz, dedimehnat faxriysi, OzXDP faoli Anorxon Mominova. Odamlar deputatlar bilan muloqotlarda muammolar yechim topishiga katta umid bildiryapti, yangi rejalar tuzyapti. Biz bundan juda xursandmiz.

Ahmadillo SOLIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: