O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
09.02.2017

ELEKTORAT MANFAATLARI HIMOYASIGA

alohida e’tibor qaratilmoqda

Navoiy viloyatidan saylangan deputatlar va Senat azolari Xatirchi tumanida uyma-uy yurib, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni organishyapti.

Xususan, Xatirchi tibbiyot kollejida deputatlar oquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Joriy yilda ushbu kollejni 420 nafar oquvchi tamomlaydi. Ularning har biri bilan tort tomonlama shartnomalar tuzilgan. Biroq talim maskanida laboratoriya jihozlari talab darajasida emas. Bu esa oquvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Bundan tashqari, ingliz tili xonasida lingafon va komputer jamlanmalari yoq.

Senator va deputatlar «Galabek» mahallasidagi Asliddin Hamzayev xonadonida bolishdi. Xonadon azolari bilan bolgan suhbatda Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Ahad Ahmedov tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida batafsil axborot berdi.

— 16 sotix tomorqamiz bor, dedi uy egasi. Kichikroq issiqxona tashkil etsak boladi. Kredit olish masalasida kop bosh qotirganman. Togrisi, ikkilanganman. Endi tushundim, bu qiyinchilik tugdirmasligini.

Parlament azolari kunning ikkinchi yarmida Toshquloq mahallasidagi Dilafroz Ernazarova xonadonida bolishdi. Uy sohibasi olti farzandining ikki nafari kasal ekanini aytdi.

Farzandlarimni davolatish uchun kop joylarga bordim, dedi Dilafroz opa. Har qancha yugurishlar, urinishlar zoye ketmoqda. Oilamiz iqtisodiy jihatdan ham ancha qiynalib qoldi. Bolalarimga dori-darmon olish, soglomlashtirish uchun nogironlik nafaqasi ajratilishida amaliy yordam berishingizni sorayman.

Deputatlar shu yerning ozida tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori bilan boglanib, vaziyatni bayon qildi. Bolalar toliq tibbiy korikdan otkaziladigan boldi. Nogironlik nafaqasiga chiqarish boyicha hujjatlar tayyorlash yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shundan song deputatlar Paxtakor mahallasidagi 106 yoshli Asal momo xonadoniga kirishdi. Onaxondan hol-ahvol sorashdi. Momo pensiyani naqd berish boyicha Prezident qarori chiqqanidan juda xursand ekanini aytdi. Yurtga tinchlik sorab, duo qildi.

6 fevral kuni Senat azosi Gulchehra Sattorova hamda Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Aksavli Tumishovaga hamrohlik qildik. Dastlab tumandagi 6-umumtalim maktabida boldik.

Deputatlar avval maktab direktori Abdurauf Joraxolov bilan suhbatlashishdi.

Maktabda qanday muammolar borligini sorashdi.

Muammolarni qolimizdan kelgancha ozimiz bartaraf etyapmiz. Kuchimiz yetmaganini tuman hokimi va moliya bolimi rahbariga yetkazganmiz.

Organishlar natijasida maktabda faollar zali jihozlar bilan taminlanmagani, tomdan suv otishi, sport zali tamirtalabligi aniqlandi. Oqituvchilar xonasida stol, stullar yetarli emas. Sinf xonalarining umumiy ahvolini ham qoniqarli, deb bolmaydi.

Talim sohasida viloyatda katta ishlar qilingani etirof etiladi. Ammo tumandagi ayrim maktablarda kamchiliklarga loqayd qarab kelinmoqda. Talim muassasalari rahbarlarining sovuqqonligi va masuliyatsizligi oqibatida toplanib qolgan muammolar ham oz emas. Deputatlar bu masalaga alohida etibor qaratishdi.

Aholi vakillari bilan muloqot tadbirlari davom etmoqda.

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: