O'zb  
 
21.01.2017

TANQIDIY TAHLIL

parlament nazoratini kuchaytirishning eng muhim omillaridan biridir

Prezidentimizning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida mutasaddi rahbarlar, davlat idoralari oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bolishi kerakligi takidlandi.

Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasining yigilishida Prezidentimiz tomonidan bildirilgan tanqidiy-tahliliy fikr-mulohazalar yana bir bor organib chiqildi. Shu asosda deputatlar tomonidan fraksiya faoliyatining ustuvor yonalishlarini belgilashga doir takliflar bildirildi.

Kun tartibidagi dolzarb masala yuzasidan Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Xatamjon Ketmonov sozga chiqdi.

Prezidentimiz maruzasida otgan yili mamlakatimizda amalga oshirilgan keng kolamli islohotlarga umumiy baho berildi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada yol qoyilgan kamchiliklar chuqur tahlil etildi, dedi fraksiya rahbari. Shuningdek, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yolida amalga oshirishimiz lozim bolgan eng muhim vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yonalishlari belgilab berildi.

Xalqimizning xohish-irodasi, zamon shiddati oldimizga yangi va yanada murakkab vazifalarni qoymoqda.

Prezidentimiz maruzasida takidlab otilganidek, ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan uzilib qolmoqda. Tarmoq va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda yuzaki yondashuvga yol qoyilmoqda. Bu boradagi asosiy kamchilik aksariyat rahbarlarning murakkab muammolarni kabinetdan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonadagi, shahar va tumanlardagi, ayniqsa, qishloq joylardagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur organmasdan hal etishga odatlanib qolgani bilan bogliqdir.

Prezident maruzasida ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligini taminlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, oilaviy biznes, kasanachilikni rivojlantirish, aholini dori vositalari bilan ishonchli taminlash, qariyalar va nogironlarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash boyicha belgilab berilgan vazifalarni fraksiyamiz dolzarb hamda prinsipial ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqib, oldimizda turgan vazifalarni belgilab oldik.

Maruzada ilgari surilgan yana bir masalaga etibor qaratmoqchiman, dedi partiya yetakchisi. Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yolga qoyishning yangi samarali usul va mexanizmlarini hayotga tatbiq qilish, jumladan, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar idoralari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish, shu maqsadda qonun hujjatlariga tegishli ozgartirish va qoshimchalar kiritish bugungi kunning talabidir.

Xususan, viloyat, tuman, shahar prokurorlarining mahalliy Kengashlarda hisob berish mexanizmi joriy etilishi munosabati bilan «Mahalliy davlat hokimiyati togrisida»gi qonunga tegishli normalarni kiritish, Kengashlarning nazorat faoliyatini yaxshilashga qaratilgan huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash taqozo etiladi.

Haqiqatan ham, har qanday katta-kichik rahbar, qolaversa, barcha darajadagi deputatlar hozirgi sharoitda faqat kabinetda otirib yaxshi natijalarga erisholmaydi, xalqimizning mehri va ishonchini qozona olmaydi. Biz qanchalik odamlarga yaqin bolsak, ular bilan hamfikr, hamnafas bolsak, ishimizda samara korinadi. Joylarda davlat hokimiyati organlari hisobotini eshitish jarayonida deputatlar faol qatnashishi zarur. Bu parlamentda muhokama etiladigan qonunlarning hayotiyligini taminlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu mexanizmning hayotga joriy etilishi qonunlarning ijro hokimiyati tomonidan qay darajada amalga oshirilayotganini organish, tegishli tartibda baho berish, shu bilan bir qatorda, yana qanday qonunchilik tashabbuslari zarurligini organishga imkon yaratadi.

Bizning fikrimizcha, tibbiyot yonalishidagi talim muassasalariga oqishga qabul qilishda mutaxassis kadrlarga bolgan talabni inobatga olish kerak. Mahalliy hokimlarga mazkur masalalar yuzasidan tegishli huquqlar berish, yani hokimlarning tavsiyasiga asosan oliy oquv yurtlarida kadrlar tayyorlash mexanizmini yaratuvchi huquqiy normani Talim togrisidagi qonunga kiritish lozim. Bundan tashqari, ushbu qonunga oquv yurtlariga qatnash imkoniyatiga ega bolmagan nogiron bolalar uchun inklyuziv talim berish maqomini belgilaydigan norma kiritishni taklif etamiz.

Majlisda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish masalasiga ham alohida etibor qaratildi. Markazda Hukumatning, joylarda mahalliy hokimlarning Yoshlarga oid davlat siyosati togrisidagi qonun ijrosi boyicha hisobotlarini tegishli vakillik organlarida eshitish har tomonlama maqsadga muvofiq boladi, dedi partiya yetakchisi.

Xatamjon Ketmonov barcha darajadagi deputatlar qonunlar ijrosini organishda tanqidiy tahlilga alohida etibor qaratish kerakligini, fraksiyaning elektorat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarini tubdan kuchaytirish zarurligini takidladi.

Shundan song fraksiya azolari, hududiy partiya tashkilotlari yetakchilari kun tartibidagi masala yuzasidan oz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi.

Mamlakatimizda ish orinlari tashkil etish, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini taminlashga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Sobitxon Turgunov. Agar chuqurroq oylab, mulohaza yuritsak, bir odamni ishga joylashtirish oz-ozidan amalga oshmasligi ayon boladi. Ish orni yaratilishi masalasi koplab omillarga bogliq. Buning uchun, avvalo, ish joylari yaratishning yangi mexanizmlarini hayotga joriy etish kerak boladi.

Davlatimiz rahbarining maruzasida ushbu dolzarb vazifa yuzasidan muhim fikrlar ilgari surildi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini taminlash boyicha uch tomonlama shartnomalarni amalga oshirish borasida qoshib yozish holatlari bartaraf etilmagani takidlandi. Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bolsa-da, otgan yili Bandlikka komaklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgani qattiq tanqid qilindi.

Ochigini aytish kerak, biz bu masalani parlament nazorati tartibida organib chiqqanimizda koplab xato va kamchiliklarga duch kelganmiz. Ishga joylashgan, deb malumot berilgan bitiruvchilardan muayyan qismi aslida ishga olinmagan, ularga mehnat daftarchalari ochilmagan bolib chiqmoqda.

Prezidentimiz bugunning ozida har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni taminlash bilan birga, uning bolajak ish joyi, ish haqi va ijtimoiy sharoitlarini aniq belgilash zarur, deb uqtirib otdi.

Qonunchilik palatasida hukumat vakillari hamda davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining axborotlarini eshitish, hududlarda qonunlar, bandlik dasturi ijrosi boyicha olib borilayotgan nazorat-tahlil ishlarini tubdan kuchaytirishimiz zarur.

Bandlikka komaklashish markazlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilish va ularning faoliyatini rivojlantirish masalasini qatiy korib chiqish, shuningdek, uch tomonlama shartnomalar boyicha ota-onalar masuliyatini oshirish yuzasidan qonunchilikka qoshimcha va ozgartirishlar kiritish kerak, deb oylayman.

Maruzada aholi salomatligini asrash bilan bogliq masalalar ham atroflicha muhokama etildi, tizimdagi kamchiliklar ochiq aytildi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Sattor Rahmatov. Prezidentimiz, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholini dori vositalari bilan ishonchli taminlash, jismoniy baquvvat va manaviy jihatdan soglom avlodni kamol toptirish borasidagi vazifalarga alohida urgu berdi. Otgan yillar mobaynida sogliqni saqlash tizimining birlamchi bogini, eng avvalo, qishloq vrachlik punktlarini isloh qilish samaradorligi taminlanmagani, ularda 2 ming 500 nafar vrach yetishmayotgani, ushbu maskanlarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va dori vositalari bilan taminlash darajasi juda past ekanligi takidlab otildi.

Bu kamchiliklarni bartaraf etishda biz, deputatlar ham faol qatnashishimiz kerak. Ushbu dolzarb masalalar yuzasidan nafaqat eshituvlar otkazish, balki tumanma-tuman, qishloqma-qishloq yurib, vrachlik punktlaridagi haqiqiy ahvolni organishimiz zarur.

Qishloqlarda istiqomat qilayotgan muhtoj kishilarning imtiyozli asosda beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taminlanishi, dorixonalarda narxlarning suniy ravishda oshib ketishi ustidan davlat hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hayot talabidir.

Yigilishda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oldida turgan muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: