O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.01.2017

SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATI

aholining turmush farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan

Byudjet siyosati mamlakat taraqqiyoti, aholi turmush darajasini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun uni rejalashtirishda hech qaysi sohani nazardan chetda qoldirib bolmaydi.

Joriy yilga moljallangan davlat byudjeti siyosatining asosiy yonalishlari nimalardan iborat? Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Farhod Umarov shu va boshqa savollarimizga javob berdi.

Avvalo, davlat byudjeti nima, degan savolga javob berishimiz kerak, deb oylayman. Byudjet davlat oldidagi vazifalarni moliyaviy taminlash maqsadida pul mablaglarining jamgarilishi va sarf qilinishidir. Byudjet siyosati esa mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik, byudjet tizimidagi muvozanatni saqlagan holda, davlat tasarrufidagi mablaglarni kelgusida uning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida ota samaradorlik bilan ishlatish, demakdir.

2017 yilgi soliq va byudjet siyosati aholining turmush farovonligini oshirishga yonaltirilgan. Bunday yondashuv mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga har tomonlama muvofiqdir.

Bu yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy osishni taminlash maqsadida ishlab chiqilgan. Xususan, yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,9 foizga, qishloq xojaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,2 foizga, kapital qoyilmalar hajmi esa 9,6 foizga osishi taxmin qilinmoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,2 foiz miqdorida bolishi kutilmoqda. Shu tariqa bu korsatkich otgan yilgiga nisbatan 19,5 foizga oshadi.

Davlat byudjetida asosiy etibor ijtimoiy sohani rivojlantirishga, yani talim, sogliqni saqlash, aholini maqsadli ijtimoiy qollab-quvvatlash, ish xaqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar hamda boshqa birinchi darajali tolovlarni oz vaqtida moliyalashtirishga yonaltirilgan. Bu, oz navbatida, aholi real daromadlarining osishi, turmush darajasi va xarid qobiliyatining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Bugun dunyoning koplab mamlakatlarida davlat byudjetini rejalashtirishda soliq siyosatiga alohida etibor qaratiladi. Iqtisodiyot barqarorligi va raqobatbardoshligini oshirishda bu masala muhim ahamiyat kasb etadi. Shu manoda joriy yilda soliq siyosatida qanday ozgarishlar boladi?

Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjatida chuqur tarkibiy islohotlarga, muhandislik, yol-transport hamda ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga, shuningdek, mintaqalarning daromad bazasini oshirish orqali byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga alohida etibor qaratilgan. Bu esa hududlarda infratuzilma yanada taraqqiy etishini, yollarning yaxshilanishi hamda tuman va shaharlarning iqtisodiy salohiyati yuksalishini korsatib turibdi.

Soliq siyosatining asosiy yonalishlari iqtisodiyotga tushadigan soliq yukini yalpi ichki mahsulotga nisbatan joriy yildagi 20,2 foizdan 18,9 foizga kamaytirishni, soliq mamurchiligining shaffofligini taminlash orqali uni yaxshilashni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qollab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Soliq tizimining barqarorligini taminlash maqsadida asosiy soliqlar va boshqa majburiy tolovlarning (foyda soligi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, yagona soliq tolovi, qoshimcha qiymat soligi va jismoniy shaxslarning daromad soligi, yagona ijtimoiy tolov) stavkalarini saqlab qolish belgilangan.

Malumki, har yili mamlakatimizda Davlat byudjeti xarajatlarining katta qismi ijtimoiy sohaga yonaltirilyapti. Bu yil ushbu masalaga qanday yondashish kozda tutilmoqda?

Ushbu masalani fraksiyamiz yigilishida ham atroflicha muhokama qildik. Chunki bu partiyamiz dasturiy maqsadlari bilan bogliq prinsipial masaladir.

Aytish kerakki, Davlat byudjetida yildan-yilga ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablaglarning ulushi oshirib borilmoqda. 2016 yilda bunday mablaglar byudjet xarajatlarining 59,2 foizini tashkil etgan bolsa, bu korsatkich joriy yilda 59,7 foizgacha kopaytirilishi belgilangan.

Talim muassasalarini joriy saqlash xarajatlari byudjetdan tashqari Umumtalim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal tamirlash va jihozlash jamgarmasi hamda Oliy oquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgarmasi xarajatlarini hisobga olmaganda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6,8foizni tashkil etadi. Demak, mazkur sohaga ajratilayotgan salmoqli mablaglar talim-tarbiya maskanlarida bilim olish sharoiti va imkoniyatlarini yaxshilash uchun keng yol ochadi.

Davlat maqsadli jamgarmalari, jumladan byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi, Respublika yol jamgarmasi, Sugoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgarmasi, Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablaglar jamgarmasi hamda Bandlikka komaklashish davlat jamgarmalarining daromadlari aniq hisob-kitoblarga asosan yetarli manba bilan taminlanishi kozda tutilgan.

Bir soz bilan aytganda, Davlat byudjetida belgilangan asosiy korsatkichlar mamlakatimizda inson omili va aholini ijtimoiy himoyalash masalalariga etibor yil sayin ortayotganidan dalolat beradi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Laziza SHEROVA suhbatlashdi.

text-align:justify;mso-pagination: none;tab-stops:35.4pt 70.8pt 106.2pt 141.6pt 177.0pt 212.4pt 247.8pt 283.2pt 318.6pt 354.0pt 389.4pt 424.8pt 460.2pt 495.6pt; mso-layout-grid-align:none;text-autospace:none'>Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida mazkur soha xodimlari ham goyat masuliyatli vazifalarni bajarmogi lozim boladi. Bironta ham murojaat etibordan chetda qolmasligi kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Uchrashuvda Respublika Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev, Xorazm viloyati prokurori Sadriddin Turdiyev, Xonqa tumani prokurori Gayrat Abdullayev, Guzor tumani prokuraturasi katta noziri Zamira Ashirova, Toshkent shahar prokurori Botir Qudratxojayev, Bosh prokuratura tizimidagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshligi Jahongir Egamov va boshqalar 8 yanvar Prokuratura organlari xodimlari kunini nishonlash haqidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlardan tegishli xulosa chiqarib, inson manfaatlarini tola taminlash uchun barcha chora-tadbirlar korilishini takidladi.

A.OROZOV,

OzA muxbiri


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: