O'zb  
 
05.01.2017

USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

Yoshi ulug‘ kishilarning izzat-hurmatini joyiga qoyish, ularning ruhini, konglini kotarish, gamxorlik qilish xalqimizga xos fazilat. Shu bois yurtimizda keksalar hamisha e’zozda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston faxriylarini ijtimoiy qollab-quvvatlash «Nuroniy» jamgarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni xonadonlarimiz fayzi va farishtasi bolgan keksalarga gamxorlikning yana bir namunasi boldi.

Ozbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida deputatlar mazkur farmondan kelib chiqadigan, partiya va uning deputatlik korpusi oldida turgan vazifalarni muhokama qilishdi.

— Prezidentimizning mazkur farmoni yoshi ulug insonlarga korsatilayotgan yuksak etiborni yangi bosqichga kotaradi, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Sattor Rahmatov. Farmonda belgilangan vazifalar Nuroniy jamgarmasi faoliyatini tubdan ozgartirib, nafaqat keksalarimizni ijtimoiy qollab-quvvatlash, balki ularning boy hayotiy tajribasini ijtimoiy faoliyatga keng jalb etishga xizmat qiladi.

Odatda uzoq yillar ishlagan odam nafaqaga chiqqach, xuddi ozini keraksizdek his qila boshlaydi. Aslida ular toplagan tajriba, pand-nasihatlarga yoshlar hamisha ehtiyoj sezadi. Farmonda qayd etilganidek, pensiyaga chiqqandan keyin nuroniylarning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti hamda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qollab-quvvatlashimiz lozim.

Prezidentimiz farmoni yolgiz keksalar, pensioner va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirish, shuningdek, urush va mehnat faxriylarini ezozlash yolidagi muhim qadam boldi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Tursunpolat Norboyev. Qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taminlash, ehtiyojmand keksalar va aholining boshqa qatlamlarini ijtimoiy qollab-quvvatlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish boyicha farmonda belgilangan choralar Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy vazifalariga har jihatdan mos keladi. Demak, biz bu borada yanada faol bolishimiz zarur. Uchrashuvlarda pensionerlar bilan ochiq, samimiy muloqot qilib, ularning hayotiy muammolarini hal qilishga komaklashishimiz talab etiladi. Zero, keksalar baxtli bolsa, oila ham, jamiyat ham baxtiyor boladi.

Yigilishda fraksiya oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.