O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
05.01.2017

IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI

davlat va jamoatchilik nazoratida bo‘ladi

Ijtimoiy himoya tushunchasi nafaqat ijtimoiy yordam va nafaqalar bilan ta’minlashni, shu bilan birga, ijtimoiy xizmatlar korsatish tizimini izchil rivojlantirishni ham qamrab oladi.

Aytaylik, kimgadir ish sharoitida yengillik yaratish kerak. Yoki kimdir sogligini tiklash uchun yordamga muhtoj. Jismoniy imkoniyati cheklanganlarga esa talim sohasida qulaylik kerak boladi. Ehtiyojmand insonlarga huquqiy, iqtisodiy, psixologik, talimga oid, tibbiy, reabilitatsiya xizmatlarini korsatish orqali ularning turmush tarzini yaxshilash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish muhim masala hisoblanadi. Demak, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Shu jihatdan olib qarasak, «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar togrisida»gi Qonunning qabul qilinishi katta hayotiy ahamiyatga ega ekani malum boladi.

Qonun 2016 yilning 26 dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi hamda rasmiy elon qilingan kundan etiboran olti oy otgach, kuchga kiradi. Qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyatli jihatlari haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

— Aholini ijtimoiy himoya qilish har qanday davrda ham davlat va jamiyat oldida turgan eng muhim, dolzarb vazifalardan hisoblanadi, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Shuhrat Tursunboyev. Chunki odamlarning turmush tarzi, kayfiyati, amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati qanday bolishi, avvalo, ular qay darajada ijtimoiy himoyalanganligi bilan bevosita bogliq. Ushbu Qonun bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga kotarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari kimlar? Avvalo, ana shu savolga javob berishimiz kerak. Ozgalarning parvarishiga muhtoj keksalar va yolgiz yashovchi keksalar, I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar,etim va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar ehtiyojmand kishilar hisoblanadi.

Qonunda aholining ushbu qismiga ijtimoiy xizmatlar korsatishning kompleks tizimi yaratilishi kozda tutilgan. Ijtimoiy xizmatlar korsatish samaradorligini oshirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yonalishlari aniq belgilab qoyilgan.

Unga kora, davlat siyosati aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taminlash, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash va hisobga olish hamda ularga ushbu xizmatlar korsatilishini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, ijtimoiy xizmat oluvchilarning oila va jamiyat bilan aloqalarini saqlash, ularning qulay muhitda bolishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish,davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya etilishini taminlash, sohadaijtimoiy sheriklikni rivojlantirish ham davlat siyosatining ustuvor yonalishlariga kiritilgan.

Inson manfaatini oliy qadriyat, deb biladigan davlat va jamiyat oz fuqarolarining farovon turmushi va salomatligini muhofazalashga alohida etibor qaratadi, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Dilmurod Sadullaev. Mamlakatimizda keksalarni ijtimoiy muhofaza qilish, nogironlarning hamma qatori yashashi, talim olishi va ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ushbu Qonun orqali ularga alohida imtiyozlar belgilandi.

Qonunning 3-bobida ijtimoiy xizmatlar korsatish shakllari va turlari belgilangan. 13-moddaga asosan, ijtimoiy xizmatlar kuzatuv va maslahat berish, uyda parvarishlash, kunduzgi yoki qisqa muddat bolish muassasalari hamda internatlarda korsatiladi.

Masalan, ijtimoiy kuzatuv va maslahat berish xizmatlarini olaylik. Bular ijtimoiy xizmatlar boyicha maslahatlar berish, shunga aloqador organlar va tashkilotlarga yuborish, ishga joylashishda komaklashish kabi xizmatlarni oz ichiga oladi. Qonunda homiylik va vasiylikni belgilash, farzandlikka olish, yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarni oilada tarbiyalash (patronat), bolalar internati muassasalariga joylashtirishga komaklashish masalalari ham belgilangan. Shuningdek, bolalar internati muassasalari tarbiyalanuvchisini oilaga qabul qilishga ota-onalar yoki ularning ornini bosuvchi shaxslarni tayyorlash, uy-joy va moddiy yordam olishda komaklashishdek dolzarb vazifalar etiborga olingan.

Alohida takidlash kerakki, bu boradagi ishlar tizimli yolga qoyilishi partiyamizning dasturiy maqsadlari amalga oshishiga, elektorat manfaatlari himoyasi taminlanishiga xizmat qiladi.

Qonun mohiyat etiboriga kora, insonni uluglashga, uning shani, qadr-qimmatini oshirishga, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Zulayho Akramova. Ahamiyatli tomoni, ushbu Qonun ijtimoiy himoya tizimi jamoatchilik nazorati uchun ochiq bolishini kafolatlaydi. Oz haq-huquqini mustaqil yoki faol himoya qilolmaydigan fuqarolarning manfaatlarini taminlashda bu masala prinsipial ahamiyatga egadir.

Qonunga kora, ijtimoiy xizmatlar korsatuvchi organ va tashkilotlar ochiq faoliyat yuritadi. Bu borada muntazam monitoring otkaziladi.

natijasida olingan ochiq malumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi.Ijtimoiy xizmatlarni baholash qonun hujjatlarining ijrosi, korsatilayotgan xizmatlar sifati, samaradorligi va bexatarligini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

Ushbu sohada jamoatchilik nazorati ham juda muhim, albatta. Qonunda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy xizmatlar boyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi kafolatlangan.

organlari va tashkilotlari jamoatchilik nazorati otkazilishiga qarshi chiqmay, balki komaklashishi lozim. Jamoatchilik nazorati natijalari ular tomonidan korib chiqilishi shart.

Bularning barchasi korsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, tizim faoliyatining ochiq-oshkoraligini taminlashda muhim orin tutadi.

Bir soz bilan aytganda, mazkur Qonunda ijtimoiy himoyani kuchaytirish bilan bogliq dolzarb masalalar qamrab olingan. Shu bois partiyamiz tashkilotlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda Qonunni keng tushuntirish boyicha targibot ishlarini kuchaytirishimiz talab etiladi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.