Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
24.12.2016

YURTGA XIZMAT QILAMAN, DEGAN DEPUTAT

eng avval o‘z saylovchilari bilan muloqotda bo‘ladi

O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan deputatlar, parlament faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha bildirilgan tanqidiy-tahliliy fikr-mulohazalar yana bir bor o‘rganib chiqildi. Shu asosda fraksiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga doir takliflar, xulosalar bildirildi.

Yig‘ilishda, avvalo, mamlakatimizda parlament islohotlari izchil amalga oshirilayotgani, davlat boshqaruvini tashkil etishda siyosiy partiyalarning o‘rni, vakolatlari kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda parlamentning ta’sir kuchini oshirish dolzarb ahamiyatga ega. Shu bois demokratik islohotlarni yangi va yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, parlament faoliyatini zamonaviy talablarni inobatga olgan holda tubdan kuchaytirish, qonun ijodkorligini takomillashtirish, parlament nazoratining sifatini oshirish, deputatlarning saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishini ta’minlash bugungi kunning talabidir.

Prezidentimizning Konstitutsiyamiz kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi hamda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzalarida bu boradagi asosiy vazifalar belgilab berildi.

O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan deputatlar, parlament faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha bildirilgan tanqidiy-tahliliy fikr-mulohazalar yana bir bor o‘rganib chiqildi. Shu asosda fraksiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga doir takliflar, xulosalar bildirildi.

Yig‘ilishda, avvalo, mamlakatimizda parlament islohotlari izchil amalga oshirilayotgani, davlat boshqaruvini tashkil etishda siyosiy partiyalarning o‘rni, vakolatlari kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda mamlakatimizda parlament islohotlarini kuchaytirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Shu jumladan, siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar vakolatlari yanada kengaydi, ular professional asosda faoliyat yuritishi, o‘z fikri, pozitsiyasini bildirishi hamda himoya qilishi uchun yetarli imkoniyatga ega bo‘ldi.

Shunga qaramay, parlamentdagi fraksiyalar, qolaversa, deputatlarda talabchanlik, faollik yetishmayapti. Prezidentimizning ma’ruzalarida bu masala har tomonlama chuqur tahlil qilindi, parlament oldida turgan o‘ta muhim vazifalar ko‘rsatib berildi. Mamlakatimizda parlament islohotlarini keyingi bosqichga ko‘tarishda, deputatlar mas’uliyatini oshirishda ushbu vazifalarni astoydil bajarish dolzarb ahamiyatga ega.

Fraksiya a’zolari Prezidentimiz ta’kidlab o‘tgan har bir masalani chuqur tahlil qilishga, kerakli xulosalar chiqarishga alohida e’tibor qaratdi.

Qonunlarni har tomonlama pishiq va puxta tayyorlash, ularni hayotga tatbiq etishning ishonchli mexanizmini yaratish, shuningdek, qonun ijodkorligi jarayonida elektorat manfaatlarini ifodalash yo‘nalishlarida kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanayotgani qayd etildi. Qonunlarning islohotlar samarasiga ta’sirini oshirish, ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi rolini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor berish kerakligi ta’kidlandi.

Rustam KOMILOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Prezidentimiz ma’ruzalarida parlament oldida turgan eng muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga va mas’ul ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to‘g‘ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat’iy amal qilish asosiy masala ekani alohida qayd etildi. Har birimiz bu masalaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini nihoyatda chuqur tushunib olishimiz zarur bo‘ladi.

Chunki bugun biz, deputatlar saylovchilarning, xalqimizning talabiga munosib javob berish uchun faqat taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bilan cheklanmasligimiz kerak. Amaldagi qonunlarning jamiyat hayotidagi ahamiyati, ta’sirini muntazam o‘rganib, ularning aholi manfaatlariga uyg‘unligini tahlil etib borish talab etiladi. Buning uchun deputat ko‘proq xalqning ichida yurishi, parlament nazoratini izchil olib borishi zarur, deb o‘ylayman. Ish shu tartibda izchil yo‘lga qo‘yilsagina natijasi ijobiy bo‘ladi.

Hech qachon parlament a’zosi, xalq vakili ekanimizni yoddan chiqarmasligimiz kerak. Zimmamizda mamlakat miqyosidagi masalalarni o‘rganish va hal etish, qonunlar sifatini oshirish, xalq ishonchini oqlashdek ulkan mas’uliyat turibdi. Shuning uchun fraksiyamizning har bir a’zosidan fidoyi mehnat va faollik, kechayu kunduz odamlar dardi bilan yashash talab etiladi.

Sattor RAHMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Deputatlar va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida o‘zi saylangan hududga borib, u yerdagi ijroiya hokimiyat organi, prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi va tegishli xulosa berishi har jihatdan maqsadga muvofiq. Bu taklifni saylovchilar ham faol qo‘llab-quvvatlayapti.

Ochig‘i, saylovchilar bilan bir yilda ikki-uch marta, qisqa muddatli uchrashuvlar o‘tkazib qaytardik. Uchrashuvlarda aholi tomonidan turli muammolar aytilib, ularni bartaraf etishga doir takliflar o‘rtaga tashlanardi. Lekin bir narsani tan olishimiz kerak, saylovchilar ko‘targan masalalarning ildiziga yetib borish, kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etishda ayrim hollarda ulgura olmasdik, ayrim hollarda esa bizga fidoyilik, qat’iyat yetishmasdi. Parlamentda, oddiy tilda aytganda, xonada o‘tirib, tuman va shaharlarning haqiqiy holatini bilmasdan muammoni hal etib bo‘lmaydi. Buning uchun o‘sha hudud aholisi bilan hamfikr, hamnafas bo‘lish kerak. Bu tajriba to‘g‘ri va aniq xulosaga kelish, masalaga adolatli munosabat bildirish, eng asosiysi, saylovchilar og‘irini yengil qilishga keng yo‘l ochadi. Yana bir muhim tomoni, shu orqali ijroiya hokimiyat organlarining mas’uliyati oshadi, ishga yondashuvi o‘zgaradi.

Aksavli TUMISHOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Odamlarning turmush farovonligi, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, avvalo, qonun ustuvorligi bilan belgilanadi. Biz bugun yurtimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz, albatta, qonunlarimiz sifatini oshirish bilan birga, ularning joylardagi ijrosiga ham jiddiy e’tibor berishimiz kerak. Bu — zamon talabi.

Prezidentimiz parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni o‘rganib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etish bo‘yicha juda dolzarb taklif berdi. Bu borada doimiy ishlaydigan mexanizm yaratilishi qonunlar hayotga samarali tatbiq etilishi, adolat tamoyillari ustuvorligi ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Mahalliy Kengashlarda izchil muhokamalar o‘tkazish tizimi joriy etilsa, bunday yig‘ilishga deputatlar ham, hokimlar ham jiddiy tayyorgarlik ko‘radi. Deputat sessiyada ko‘riladigan masalaga taklif tayyorlash uchun o‘sha hudud odamlari bilan suhbatlashadi, muammolarni o‘rganadi. Hokim, prokuratura va ichki ishlar organi rahbarlari esa ertaga hisob berishini o‘ylab, mushohada bilan ish yuritadi, mas’uliyatni chuqur his qiladi. Shu tariqa muammolarni yechish bo‘yicha aniq mexanizm ishga tushadi. Fuqarolarning davlat va jamiyatga ishonchi mustahkamlanishi, inson manfaatlari himoya qilinishida bu muhim ahamiyatga ega.

Sobitxon TURG‘UNOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Albatta, oldimizda turgan muhim vazifalardan biri — parlament nazoratini kuchaytirish hisoblanadi. Qo‘shma majlisda ham deputatlarning saylovchilar bilan ishlashini tubdan yaxshilash, palatalar faoliyatiga parlament nazoratining zamonaviy usullarini tatbiq qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Parlament nazorati samaradorligini ta’minlashda asosiy mas’uliyat siyosiy partiyalar fraksiyalari zimmasiga tushadi, deb o‘ylayman. Chunki har bir siyosiy partiya fraksiyasidagi deputatlar o‘z saylovchilarini o‘ylantirayotgan muammo va masalalarni chuqur tushunadi, asoslangan takliflar bera oladi. Parlament nazorati kuchayishi qonunlarni hayotga to‘la-to‘kis joriy etish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning vaqtida, samarali bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Joylarda yechimini kutayotgan muammolarni o‘rganish, davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatini kuzatib borish, qonunchilik tashabbuslari sifatini oshirish imkonini beradi. Shunday ekan, bugun har bir deputat zimmasidagi mas’uliyatni chuqur anglashi, o‘z ishini mutlaqo yangicha asosda, zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur.

Parlament nazoratini samarali olib borish uchun partiyamiz boshlang‘ich tashkilotlari, mahalliy kengashlar va partiya guruhlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatishimiz kerak. Shu orqali qonun hujjatlarining joylarda qanday bajarilayotganini o‘rganish, odamlar qanday muammolarga duch kelayotgani, qaysi qonunlarga ehtiyoj borligi haqida taklif va tavsiyalar olish imkoni ortadi.

2017 yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish, bu borada imkoniyatlardan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan fraksiyaning chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga takliflar taqdim etishga kelishib olindi.

 

Laziza SHEROVA,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.



DB query error.
Please try later.