O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
21.10.2020

DAVLAT BYuDJETI XALQ MANFAATIGA XIZMAT QILIShI KERAK

Davlat amalga oshirayotgan islohotlarda eng katta sifat o‘zgarishlari byudjet tizimini zamon talablariga moslashtirishda korinyapti, desak mubolaga bolmaydi. 2020 yil uchun Davlat byudjeti qonun sifatida qabul qilinishi, pandemiya sharoitiga qaramasdan, odamlar hayotida ozining ijobiy ta’sirini korsatdi.

Qonunning amaldagi ijrosini birgina aholining ijtimoiy himoyasi misolida koradigan bolsak, moddiy yordamlarning manzilli yetib borishi, byudjet mablaglarining togri sarflanishi katta ahamiyat kasb etayotganligi etirof etish lozim. Bundan tashqari, pandemiya sharoitida byudjet xarajatlarining aksariyat qismi ijtimoiy sohaga yonaltirilayotgani ham davlat byudjeti halq manfaatlaridan kelib chiqib shakllantirilayotganini korsatmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida otkazilgan 2021 yilga moljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bagishlangan videoselektor yigilishda ham ijtimoiy sohani rivojlantirish va xalqni ijtimoiy himoyasiga oid masalalarga katta etibor qaratildi. Shuningdek, byudjet xarajatlari ochiq-oshkora bolishi, vazirlik va idoralar, hududlar uning har bir somini oqilona sarflashi kerakligi, eng asosiy xarajatlar natijador bolishi asosiy mezon sifatida qaralishi takidlandi.

Shundan kelib chiqib, bundan buyon xarajatlar tarkibi va natijadorligi davlat idoralarining rasmiy saytlarida korsatilishi zarurligi qatiy belgilandi. Bu borada Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengashlar zimmasida katta masuliyat turgani qayd etildi.

Prezidentimizning parlamentga qilgan murojaatnomasida Byudjet mablaglarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish borasida aniq vazifalar qoyilgan edi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Hisob palatasining yillik hisoboti, Davlat byudjetining har choraklik ijrosi deputatlar tomonidan qizgin muhokama qilinayapti.

Mana shu muhokama jarayonlarida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi azolari, deputatlar yangi byudjet loyihasi boyicha aniq taklif va tashabbuslar bilan chiqishgan edi. Ushbu takliflar umumlashtirilib, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, boshqa tegishli vazirliklarga doimiy ravishda kiritib borilmoqda. Bazi vazirliklarning samarasiz faoliyatiga tanqidiy baho berildi, ayrim vazirlik va tashkilotlar tomonidan byudjet mablaglaridan samarasiz foydalanganlik holatlari nisbatan choralar korish boyicha hukumat organlariga tegishli sorovlar yuborildi.

Aytish lozimki, bundan 5 yil avval tuman va shaharlar byudjetlarini shakllantirish va ijrosini taminlashda mahalliy Kengashlarning ishtirokiga formal qaralar edi. Davlatimiz rahbarining shaxsan tashabbuslari bilan mahalliy Kengashlarning byudjetni shakllantrirish va ijrosini nazorat qilib borishiga oid amaldagi qonunchilikka ozgartirishlar kiritildi. Natijada mahalliy hokimiyat organlarining byudjet daromadlarini orttirish, xarajatlarni esa togri va tizimli yolga qoyishga bolgan qiziqishi va manfaatdorligi ortib bormoqda. Byudjetga qoshimcha jalb qilingan mablaglardan hudud aholisining manfaatlari, talab va takliflaridan kelib foydalanish imkoniyati paydo bolmoqda. Endilikda bunday mablaglar qayerga va qanday ishlatilishini mahalliy deputatlar, kopning maslahatini olgan holda yonaltirish ulardan bu ishga katta masuliyat bilan yondashishni talab etadi.

Buning uchun mahalliy kengash deputatlari byudjet parametlarini ochiq-oydin muhokama qilishi, hududdagi real ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor bolishi, loyiha va dasturlarga oid malumotlarni chuqur tahlil qila olishi, saylovchilar va aholi vakillari, nodavlat tashkilotlari bilan doimiy muloqotda bolishlari talab etiladi. Byudjet ijrosi boyicha jamoatchilikni faollashtirmasdan parlament va mahalliy kengashlar tasirchanligiga erishib bolmaydi.

Kelgusi yilgi davlat byudjeti loyihasida ijtimoiy sohaga xarajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15 foizga oshirilishi rejalashtirilganligi ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar yanada chuqurlashtirilishini anglatadi. Ijtimoiy nafaqa oluvchi muhtoj oilalar soni joriy yil boshiga nisbatan 2 baravarga oshirilishi kutilmoqda. Kelgusi yildan boshlab yagona ijtimoiy reyestrni barcha hududlarda ishga tushirib, ijtimomiy nafaqalar ajratish tizimini toliq avtomatlashtirish zarurligi vazifa etib qoyilmoqda.

Ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablaglardan togri foydalanish va uning natijadorligini taminlash masalasiga Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi katta masuliyat bilan yondashishi talab etiladi. Ushbu maqsadlarni royobga chiqarish, elektorat manfaatlarini himoya qilishda partiyamiz deputatlari parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi, har bir hududda aniq reja asosida ish tashkil qilishi zarur.

Buning uchun hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tanqidiy tahlil qilish, partiya faoliyatida mahalliy kengashlar bilan yaqin hamkorlikni ornatish, shuningdek mahalliy byudjetlarni shakllantirish va ijrosini taminlashda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, keng jamoatchilik bilan ishlarni tizimli tashkil etish oldimizdagi asosiy vazifalardan bolib turibdi.

Ulugbek INOYaTOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Spikerining orinbosari,

OzXDP fraksiyasi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: