O'zb  
 
05.08.2020

AHOLINI DORI VOSITALARI BILAN UZLUKSIZ TAMINLAShGA KIM MASUL?

Hozirgi sinovli davrda ayrim dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning narxi asossiz oshirilgani ko‘pchilikning noroziligiga sabab bolmoqda. Fuqarolar bu haqda oz fikr-mulohazalarini ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirmoqda, mas’ullarga shikoyat qilmoqda. Mazkur vaziyat kishini oyga toldiradi. Bugungi ogir kunlarda soglom fikrli, diyonatli kishilar bir-birini qollab-quvvatlamoqda. Saxovatpesha insonlar elning ogirini yengil qilib, duosini olmoqda. Afsuski, mushkul vaziyatdan oz manfaati yolida foydalanib qolishga urinayotganlar ham uchramoqda. Odamlarning dardi, tashvishi hisobidan momay pul topishni oylayotganlar bahosini xalq biladi. Bu gunohning badalini ham biladi, deb oylaymiz.

Xabaringiz bor, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati togrisida»gi qonun va boshqa hujjatlarga muvofiq, yuqorida takidlanayotgan mahsulotlarning ulgurji va chakana realizatsiyasi, aholini xavfsiz va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan taminlash munosabatlari tartibga solingan.

Biroq koronavirus pandemiyasi, ayniqsa, uyda davolash va profilaktika masalasi jiddiylashgani sari dorilarga bolgan talab keskin ortib bormoqda. Natijada sifatsiz, qalbakilashtirilgan, respublikamizda royxatdan otkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarning gayriqonuniy tarzda mamlakatimizga olib kirish holatlari ham kuzatilyapti. Eng achinarlisi, ayrim uddaburon “tadbirkor”lar dori vositalarining suniy taqchilligini keltirib chiqarmoqda. Narxlarni ozlari istagan darajada, hattoki, 15-20 baravarga oshirish holatlari kuzatilyapti.

Korinib turibdiki, mamlakatimizda aholining dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan taminlanishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni kuchaytirishga bugun har qachongidan koproq zaruriyat sezilmoqda. Buning uchun avvalo, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz taminlash, suniy taqchillik hamda narxlarning oshirib yuborilishiga yol qoymaslik zarur. Mazkur mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda import qilinadiganlarini yurtimizga olib kelish jarayonini ishchi guruhlar tuzgan holda monitoring qilish, tanqidiy organishimiz lozim.

Ikkinchidan, monitoring va organish jarayonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boyicha davlatning tegishli idoralariga takliflar kiritish maqsadga muvofiq boladi, deb oylayman. Shu bilan birga, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning royxatiga kiritilgan mahsulotlar ustidan deputatlik hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz shart. Uddaburon tadbirkorlarni insofga chaqarish uchun keng jamoatchilik va deputatlar faol ishtiroki talab etiladi.

Bundan tashqari, oramizda xalq manfaatini ozinikidan yuqori qoyayotgan farmatsevt va tadbirkorlarimiz ham talaygina. Oylaymanki, bunday fidoyi insonlarga oz minnatdorchiligimizni bildirishimiz, boshqalarga namuna qilib korsatishimiz zarur.Shuningdek, xalq dardi bilan yashayotgan adolatli va halol farmatsevt hamda tadbirkorlarni qoshimcha ragbatlantirishni ham oylab korsak, foydadan holi bolmasdi.

Baxtiyor ABDULLAYeV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi masul xodimi.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: