O'zb  
 
05.08.2020

ShAROFIDDIN NAZAROV: VAZIYaT OZGARIShINI KUTISh EMAS, UNGA MOSLAShISh KERAK

Odamlar yangi parlamentdan juda katta o‘zgarishlar kutyapti. Aytish kerakki, yangi parlament boshlangan XXI asrning ikkinchi 10 yilligi yangi Ozbekistonni qurish bilan bir davrga togri keldi. Deputatlar oldida turgan eng asosiy vazifa davr talabidan kelib chiqqan holda yangi qonunlar qabul qilish, mavjud huquqiy hujjatlarni bugungi kunga, zamonga moslashtirish, modernizatsiyalashdan iborat. Biroq yangi parlament oz faoliyatini koronavirus pandemiyasi karantini sharoitida boshlashiga togri keldi. Shu sababli belgilab olingan ish rejalariga jiddiy ozgartirish kiritilishiga majbur bolindi.

Xususan, hayotning ozi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qomitasiga pandemiya sharoitida iqtisodiyotni barqarorlashtirish, aholi daromadlari kamayib ketishining oldini olish, tadbirkorlarni qollab-quvvatlash, ijtimoiy himoya bilan bogliq qonuniy asoslarni takomillashtirish vazifasini yukladi. Ushbu vazifalar qay darajada amalga oshirilmoqda?

Sahifamiz mehmoni qomita raisi, Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Sharofiddin NAZAROV boldi.

— Otgan vaqt davomida qonun ijodkorligi yonalishida qomitamiz 8 ta qonun loyihasi uchun masul boldi. Shundan 5 qonun loyihasi qabul qilindi, 3 tasi ikkinchi oqish muhokamasiga tayyorlanmoqda. Shuningdek, qomita masul bolgan qonun loyihalari muhokamasi boyicha 32 marta ishchi guruhlar va 3 ta ekspertlar guruhi yigilishi tashkil etildi. Ana shu yigilishlardagi muhokama va munozaralar natijasida qomitaga kelib tushgan qonun loyihalarining 5 tasi konseptual jihatdan qayta ishlandi. Ulardan 2 tasi qariyb 60-70 foizgacha ozgartirildi.

Parlament azolarining yana bir muhim vazifasi nazorat tahlil ishlarini olib borish hamda eshituvlarini tashkil qilish hisoblanadi. Vazirlik va idoralar, ijro organlarining olib borayotgan faoliyati haqidagi axborotlarini eshitish yolga qoyilgan. Xususan, makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash, yashirin iqtisodiyotni kamaytirish boyicha qomitamiz bevosita eshituv tashkil qildi. Unda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi axborotini eshitdik.

Pandemiya ayrim sohalarda murakkabliklarni yuzaga keltirgan bolsa, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiya tushunchalarini tez suratlarda rivojlantirib yubordi. Bu bizning faoliyatimizda ham aks etmoqda. Eshituvlarda turli ilmiy muassasalarning olimlari, ekspertlarini ham keng jalb qilish imkoni yuzaga keldi. Natijada eshituvlar qizgin bahs-munozaralarga boy tarzda otdi. Aynan bugungi pandemiya sharoitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklarning yechimi bilan bogliq tanqidiy tahliliy masalalar ortaga tashlandi. Mamlakat ichida aholi daromadlari pasayib ketishining oldini olish, inflatsiyani jilovlash bilan birga, tashqi iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish va yanada mustahkamlash yuzasidan ham fikr almashildi. Eksport masalasi, chetdan kelayotgan investitsiyalar kolamini kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Bugungi vaziyat qonunchilikka qanday ozgartirishlar kiritish kerakligini korsatdi? Umuman, ayni paytda qomita qozoni nimalar bilan qaynamoqda?

Davlatimiz rahbari parlament oldiga bir qancha masalalarda, xususan, milliy strategiyani ishlab chiqish vazifasini qoydi. Yashirin iqtisodiyotga barham berish maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda milliy strategiya ishlab chiqishimiz lozim. Har bir sohada bu tizimni joriy etish davr talabi hisoblanadi. Yana bir muhim masala bor. Yani, hududlarni rivojlantirish konsepsiyasi, dasturi, strategiyasi va ularning uzviyligini tartibga solish bilan bogliq vazifa kim tomonidan amalga oshiriladi? Ushbu tashabbusni boshlash, qonunlar ishlab chiqish, tegishli hujjatlarni tayyorlash va muhokamaga qoyish, qabul qilish kabi dolzarb savollarga javob topish kerak. Shuningdek, ijroga yonaltirish ham nazarda tutilishi lozim. Shu manoda tegishli davlat organlari, birinchi navbatda Vazirlar Mahkamasi vakolati yangi ishlab chiqilayotgan qonun loyihasida belgilanmoqda. Vakolatli davlat organi sifatida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi oldiga aniq funksiyalar qoyilmoqda. Sababi ushbu tashkilot jarayonning katta muvofiqlashtiruvchisi sifatida faoliyat olib boradi.

Biz togridan-togri investitsiyalar jalb qilamiz, hamkorlar izlab topamiz. Lekin ularning yuqori darajadagi, zamon talablariga mos bolgan auditorlik xizmatiga talabi bor. Savol tugiladi: bugun biz buni qay darajada qanoatlantira olyapmiz? Buni biz davra suhbatlari, videokonferensaloqa asosida xalqaro hamda milliy ekspertlar ishtirokida muhokama qildik.

Bu birinchi navbatda, Ozbekistonda auditorlik bozorini rivojlantirishga turtki beradi. Hozir bor yogi 96 ta auditorlik tashkilotiga egamiz. Auditorlar esa 2 millionni tashkil qilyapti. 34 milliondan oshiq aholisi bor mamlakatimiz uchun bu juda ham kam, degani. Talabni qondira olmaydi. Navbatdagi masala esa korsatilayotgan auditorlik xizmati sifati bugungi kun talabiga javob beradimi yoki yoq? Shu nuqtai nazardan tegishli qonun loyihasida meyorlar belgilanmoqda. Unga kora, auditorlar xalqaro andozalarga har tomonlama mos ravishda faoliyat olib borishi talab etiladi. Yana bir muhim jihati shundaki, qonun amaliyotga tatbiq etilsa, turli tosiqlarga barham beriladi va auditorlik faoliyati mustaqil ravishda yolga qoyiladi. Natijada ichki auditorlik bozorida raqobat yuzaga keladi va soglom raqobat asosida soha rivojlanadi, imkoniyatlar kengayadi.

Bundan tashqari, aksionerlik jamiyati va aksiyadorlarning takidlashicha, sohada bazi muammolar bor. Ana shularni yechish maqsadida tuzilgan yol xaritasiga muvofiq qonunlar mavjud. Biz ularni qayta korib chiqayapmiz. Ichki tadbirkorlik muhitini yanada takomillashtirish, yurtimiz ishbilarmonlari nufuzini yuksaltirib, chet ellik investorlarga jozibadorlikni oshirish nuqtai nazaridan yondashilmoqda. Oylaymanki, chuqur va puxta oylangan masala yuzasidan tayyorlanayotgan loyihalar kelgusida albatta samara beradi.

Parlament eshituvi masalasida qanday yangiliklar bor?

Monopol korxonalar grafigini tuzib chiqqanmiz va shu asosda eshituvlarni yolga qoyganmiz. Monopoliyaga qarshi kurashishda bu muhim sanaladi. Chunki biz masalaning ichiga kirib bormasdan uning mohiyatini tushunishimiz qiyin. Qonunchilikka ozgartirish kiritish ham aynan shu bilan bogliq. Shunday ekan, muammolar qachon va qanday hosil boldi, qay tariqa yechim topishi zarur ekani haqida tasavvurga ega bolish, masalani togri anglab olishda eshituvlarning ahamiyati katta.

Bundan tashqari, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, yashirin iqtisodiyot masalalarida har chorakda eshituvlar rejalashtirganmiz. Aholining kambagal qatlamini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish maqsadida qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish boyicha imkoniyatlar yaratib berildi. Fermerlarga kooperatsiya yoli bilan bosh yotgan, zahiradagi yerlar berilyapti, kreditlar ajratilyapti, davlat mablaglari evaziga suv yetib bormagan joylarga suv chiqarilyapti, tomchilatib sugorish tizimigacha yetkazilyapti. Yirik xojaliklar mana shunday sharoitda yetishtirilayotgan mahsulotlarni belgilangan shartnomalari asosida realizatsiya qilmoqda. Lekin oddiy dehqon, uy xojaligi, tomorqa, kichik issiqxonadan olingan mahsulotlarni sotishga qiynalmoqda. Agar hamma ichki bozorga olib borsa, isrofgarchilik boladi, dehqon kasodga uchraydi, katta talofat koradi. Chet bozorni topish kerak. Biroq hamma ham chetga chiqib savdo qilish imkoniga ega emas. Demak, mahsulotni tayyorlash, saqlash va logistika xizmati korsatish bilan bogliq muammolar bor. Shu nuqtai-nazardan masala qoyganmiz va Qonunchilik palatasida eshituv tashkil qilishni moljallayapmiz.

Karantin paytida ijtimoiy komak borasida byudjet va homiylik mablaglari sarflanyapti. Ularning qanchalik darajada samarali ishlatilayotgani, egasiga yetib borishi va qanday natija berishi bilan bogliq savollar hamisha etiborimizda. Avgust oyida bolib otadigan byudjet va byudjetdan tashqari jamgarmalarning yarim yillik ijrosi quyi palatada muhokama qilinadi. Masalaga kengroq yondashish maqsadida Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda eshituv tashkil qilinyapti. Hisobot tolaqonli va keng qamrovli taqdim etilishiga masullar ham tayyorgarlik kormoqda.

Masalan, hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati qandayligi organilmoqda. Pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolgan aholi qatlami bilan yanada koproq ish olib borilyapti. Tuzilgan “temir daftar” asosida tanlov kuzatuv otkazyapmiz. Daftardan haqqoniy joy oldimi, nima va qanday yordam berilyapti, kabi masalalar Qonunchilik palatasidagi barcha deputatlarning kundalik bajarib kelayotgan vazifasiga aylangan.

Shuningdek, sogliqni saqlash tizimiga yuklamalar nihoyatda ortib ketdi. Tibbiyot xodimlarini moddiy va manaviy ragbatlantirish boyicha choralar yolga qoyilgan. Asosiysi, ragbatlar oz egalariga vaqtida yetib borishida. Fuqarolardan murojaatlar bolyapti, parlament sorovlari yuboryapmiz, eshituvlarni kun tartibiga kirityapmiz. Kop hollarda muammolar joyida hal bolyapti.

Deputatning ozi uchun ozi qoyadigan talablari qanday bolishi kerak, deb hisoblaysiz?

Yangi qonunlar, qaror va farmonlar boladimi, har bir deputat bundan xabardor. Ular saylovchilarni yangilik bilan tanishtirishi kerak. Masalan, tadbirkorlikni muvofiqlashtirish bilan bogliq 54 ta yirik qonun bor. Ayni paytda ularning inventarizatsiyasi muhim sanaladi va biz shu yonalishda ish olib boryapmiz.

Yaqinda korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi va unga qator vazifalar yuklatildi. Ularning ishini togri va samarali tashkil qilish uchun qonunchilikka ozgartirishlar kiritish talab etiladi. Shuningdek, yangi qonunlarni ishlab chiqish, mavjudlarini modernizatsiya qilish borasida oz takliflarimizni berishimiz lozim.

Pandemiya koplab rejalarimizni ozgartirishga sabab boladi. Mana shu vaziyatda yilning ikkinchi yarmida qomitaning rejalari qanday?

Bu vaziyat qachon ozgaradi, deb kutsak, kop narsani boy beramiz. Vaziyatga moslashish eng togri yol, nazarimda. Masalan, kambagallikni qisqartirish, ayniqsa, hozir juda muhim va buning yechimiga yol ochildi. Vazirlik tizimli ravishda ish olib boryapti. Bizning vazifamiz ijtimoiy tadbirkorlik bilan bogliq qonun loyihasini tezroq ishlab chiqishdan iborat. Qonunni tayyorlash masala yechimiga katta turtki boladi va bu ikkinchi yarim yillikdagi muhim vazifalarimizdan biri sifatida belgilangan.

Sugurta faoliyati ham mamlakatimizda yaxshi yolga qoyilmagan. Pandemiya sharoitida, ayniqsa, bu sezilib qoldi. Ayrim tadbirkorlar faoliyati yurmayapti. Sugurta togri tashkil qilinganida, ular avvalgi holiga qayta olmasa ham, oyoqqa turib olib, ishlashda davom etardi. Sugurta bozor talabiga qanchalik javob beradi, raqobat qanday yoki dehqon, tadbirkor, ishlab chiqarish egasi ulardan qay darajada manfaat kordi, degan savollarga aniq javob berish qiyin. Buning uchun rasmiy statistika bilan bogliq qonun loyihasini ham tezroq ishlab chiqish va joriy etish kerak. Yangi qonun yashirin iqtisodiyot hisobini olish, togri baholash masalalarida va boshqa yonalishlarda zamonaviy statistika kuzatuvini yolga qoyish imkonini beradi. Muammolarga qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olishda qonuniy asos paydo boladi.

Shu bilan birga, maxsus ishchi guruh hukumatda davlat moliyaviy nazorati haqidagi qonun loyihasi ustida ishlayapti. Togri, mazkur loyiha hukumat tomonidan hozircha rasmiy ravishda parlamentga yuborilmadi. Lekin biz jarayonning ichidamiz. Qanchalik ertaroq, tezroq jarayonga kirishilsa, qonun loyihasi shunchalik sifatli boladi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Zilola UBAYDULLAYeVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: