O'zb  
 
29.07.2020

KALTAK YaNA TIBBIYoTNING ETIM BOOINI BOShIDA SINADIMI?

Butun dunyoda bo‘layotgani kabi mamlakatimizda ham kozga korinmas dushman — koronavirus pandemiyasi tinch hayotimizni izidan chiqarib, oz hukmini otkazmoqda. Har bir oilada koronavirus asosiy mavzu bolib qoldi.

Karantin bilan bogliq masalada har kim oz fikrini bildirmoqda. Kimdir tanqid qilsa, kimdir aholi jon boshiga pul tarqatilishini talab etadi. Yana kimdir karantin choralari uzaytirilishi shart desa, boshqa biri karantindan foyda yoqligini ta’kidlaydi.

Butun dunyoda, aytish mumkinki, «urush» ketmoqda. Agar dushman qaysi tomondan hujum qilishini bilsangiz, shunga yarasha tayyorgarlik korasiz. Afsuski, bunda front chizigi yoq, yov gir atrofimizni orab olgan, u katta-kichik, deb ayamay barchaga hamla qilmoqda. Himoya chizigining old qatorida esa tibbiyot xodimlari turibdi. Hozir ularga ikki karra ogir. Barcha kabi ular ham virusdan zararlanmoqda. Shu bilan birga, aholining tana-dashnomlarini ham eshitmoqda.

Togri, barcha sohada bolgani kabi tibbiyot tizimida ham salohiyati, bilimi, vijdoni turlicha insonlar ishlaydi. Lekin bu bizni kengroq mulohaza qilishdan toxtatmasligi, vaziyatga xolis baho berishimizda tosiq bolmasligi lozim, deb oylayman.

Xosh, biz tushib qolgan ogir holat uchun tez tibbiy yordamdagi yoki poliklinikalardagi vrach va hamshiralar qanchalik aybdor?

Yuqorida hozir jangga kirishganimizni aytdik. Malumki kurashda golib bolish uchun tajribali rahbar har bir askarining qaysi joydan harakatlanishi, vazifasi nima ekanligini aniq belgilaydi. Eng muhimi, qatnashchilarning har biri zarur qurollar bilan toliq taminlanadi. Agar askarga har tomondan har xil buyruq berilsa, uning imkoniyati hisobga olinmasa, taminoti oylanmasa, galabadan umid qilib boladimi?

Aholiga, bemorlarga na vazirlik, na sogliqni saqlash boshqarmalari xodimlari robaro kelyapti. Yana osha hudud vrachi, patronaj hamshiralari, ?03 xizmati xodimlarining boshida kaltak sinyapti. Prezident bu xodimlarning zahmatini tan olib, ularga minnatdorlik bildirib turgan vaqtda, mahalliy rahbarlar tomonidan ular bilimsizlik, dangasalik, beparvolikda ayblanmoqda. Kasallik bilan olishib, virusni oziga yuqtirib olganlar ham noshud, degan nohaq nom oldi. Bu qanchalik mantiqqa togri keladi? Axir alangani ochirish uchun olov ichiga kirgan ot ochiruvi ham kuyishi mumkin-ku!

Bir hisoblab koraylik, tort oydan beri amalda faoliyat yuritayotgan shifoxonalar, birlamchi bogin va tez tibbiy yordamdagi tibbiy xodimlar qanday ishlamoqda? Ularning qanchasi kasallikka chalindi? Pandemiya sababli vazifasi kopaygani uchun biz ularni boshqa ishlardan ozod qildikmi? Yetmishga yaqin tibbiy xodim ishlaydigan poliklinikaga berilgan beshta himoya kiyimini taqsimlashning iloji bormi?

Koronavirusga shubha qilingan bemorga 3 mutaxassisdan (epidemiolog, infeksionist, hudud vrachi) iborat mobil brigada borib, uni shifoxonaga yotqizish yoki uyda davolash masalasini hal qiladi, degan korsatma berildi. Ushbu qarorni qabul qilganlar bitta tumanda necha nafar epidemiolog borligini hech hisoblab korishdimikan? Pandemiya davrida ularning vazifalari bir necha bor oshganini, infeksionistlar shifoxonalarda bemorlarni davolash bilan bandligini anglasharmikan? Mobil brigadalar uchun epidemiolog va infeksionist u yoqda tursin (qishloq tumanlarida) umumiy amaliyot vrachi yetishmasligini bilganida, bajarib bolmaydigan qarorni elon qilib, xalq oldida bechora vrachlarni yolgonchiga chiqarmasdilar.

Tez tibbiy yordamda ham xuddi shunday vaziyat. Avvalgi yilning mos davriga nisbatan chaqiriqlar 2-3 barobar kopaygan. Mashinalar va tez tibbiy yordam brigadalari soni oshirilmagani hisobga olinsa, chaqiriqqa 15 daqiqada yetib borishning iloji yoqligi ravshanlashadi.

Shuningdek, eng qiyin vaziyatga yana umumiy amaliyot vrachlari va patronaj hamshiralar qolmoqda. Dori-darmonlarning tanqisligi, reaktivlar, boshqa zarur tibbiy vositalar bilan taminlanishdagi uzilishlar tibbiyotning yetim bolagi sanalgan poliklinika xizmati xodimlarining obrosizlanishiga olib kelmoqda. Aholining haqli etirozlariga sabab bolmoqda.

Xop, ahvolni qanday yaxshilash mumkin? Avvalo, kasallikning yengil shakli bilan ogrigan bemorlarga (oddiy uy bekasi tushunadigan sodda tilda) qadam-baqadam bajarilishi lozim bolgan vazifalar londa bayon qilingan qollanma tarqatilishi kerak. Umumiy amaliyot vrachlari uchun koronavirus bilan ogrigan bemorlarni tasniflash algoritmlari ishlab chiqilishi lozim. Bemorni shifoxonaga yotqizish masalasini algoritmlar asosida UASh hal qilishi shart.

Vrachlar, patronaj hamshiralar bemorning uyiga borganda birinchi yordam uchun dori-darmonlar bilan taminlangan bolishi maqsadga muvofiqdir. Har bir tumanda shifoxonalar va katta poliklinikalar qoshida koronavirusni tekshiruvchi (PSR) laboratoriyalar tashkil qilinishi yaxshi samara beradi, deb oylayman. Laborator tekshiruv natijalarini SMS orqali yetkazish tizimi yolga qoyilsa, kongildagidek ish bolardi.

Poliklinikalardagi davolash-diagnostika ishlarini tashkil qilishda tibbiyotga aloqasi bolmagan tuman mutasaddilarining aralashuviga chek qoyish oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Shuningdek, respublika markazlaridan soraladigan hisobotlar sonini kamaytirish kerak. Koronavirusga test olinganlar va natijalar haqida laboratoriya yagona elektron tizim orqali malumot berilishini yolga qoyish lozim boladi.

Ish yuklamalari xodimlarning real sonidan (bemorlar, homiladorlarni hisobdan chiqarib) kelib chiqib belgilanishi kerak. Shuningdek, tibbiyot xodimlari juda bolmaganda, bir martalik tibbiy niqoblar bilan uzluksiz taminlanishi darkor. Ular aholi oldida aybsiz aybdor bolib qolishining oldi olinsa, adolatli ish bolardi. Tibbiyot xodimlari oz burchlarini sidqidildan bajarishlariga ishonaman.

Maqsuda VORISOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP guruhi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: