O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
15.07.2020

ShOISTA TUROUNOVA: QIZLARGA HAQ-HUQUQNI, YIGITLARGA MASULIYaTNI ORGATISh, UQTIRISh ShART

Yoshlar ta’lim-tarbiyasi, hamisha eng nozik masalalardan biri bo‘lib kelgan. Bunda ota-onalar bilan birga oqituvchilarning mehnati ham muhim ahamiyatga ega. Tasavvur qiling, pedagog biror-bir tashkilot rahbari bolsa, osha joyda tarbiya va manaviyat masalalari ustunlik qiladi.

Sahifamizning bu galgi mehmoni Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi azosi, oqituvchilik kasbining mashaqqatini yaxshi biladigan inson Shohista Turgunovadir.

Deputat bilan suhbatimiz ayol huquqlari, talim-tarbiya, aholi murojaatlari kabi masalalarga bagishlandi.

— Keling, siz bilan, avvalo, xotin-qizlar huquqlari, xususan, jamiyatda gender tengligi masalasida suhbatlashsak.

Gender siyosati xotin-qizlar va erkaklar tengligini taminlashga harakat qiladi, avvalo, aytish kerakki, buning huquqiy asoslari milliy qonunchilikda oz aksini topgan. Xotin-qizlar huquqlarini taminlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari togrisida»gi, Xotin-qizlarni tazyiq va zoravonliklardan himoya qilish togrisidagi qonunlar qabul qilingan. Albatta ayollarimizni ezozlash, ularga yuksak mehr-muhabbat korsatish lozimligi muqaddas dinimizda, xususan, hadislarda kop bor takidlangan. Ayolni ezozlash, onaga sajda qilish milliy qadriyat hisoblanadi. Biz bundan faxrlanamiz.

Ayollar xususida gap ketganda, ularning onalik masalasi, ona va bolaning huquqlarini himoya qilishga toxtalmasak bolmasa kerak. Ushbu masalalar boyicha qonunchilikda belgilangan talablar amalda qay darajada ijro etilmoqda?

Bu borada soz ketganda, albatta qaygurmaslikning iloji yoq. Sababi umrimning katta qismini bola tarbiyasi, talim jarayonlarida otkazdim. Bu borada har bir bolaga befarq bolmagan ayol sifatida oilaviy sharoitlar, turli xil onalar, tayziq va zoravonliklarga uchragan xotin-qizlar bilan ish olib borishga togri keldi. Tumanda 35 ming oquvchi bolsa, barchasining oilaviy sharoiti, oziga yarasha ota-onalar ham har xil. Bir-biriga umuman oxshamaydigan insonlar bilan ishlaganman.

Afsuski, xotin-qizlarning haq-huquqlarini taminlash boyicha sudlar qarorlar chiqargan bolsa-da, ularning ijrosi bilan bogliq muammolar oz emas. Masalan, aliment boyicha qaror chiqarilgan, biroq mol-mulki yoki aliment undirishga bolgan daromad manbai yoq, deb xulosa berib qoyiladi. Bizda muqim bir joyda ishlamay, kocha-kuyda daromad topadigan erkaklar kop. Masalan, hunarmand, “taksist”lik ortidan kun kechiradigan yoki turli xil yakka tadbirkorlik bilan shugullanadigan shaxslar ham talaygina. Ularning daromadini ochiq-oydin hisob-kitob qilishning imkoni yoq. Shundan foydalangan ayrim erkaklar ishsiz yoki biror fermer xojaligidan kam daromad topadi, deb malumotnoma topshiradi. Bir ayolni taniyman. Farzandi uchun hozirda ham atigi 45000 som aliment oladi. Qarang, bu summa farzandning ehtiyojitga yetarlimi? Bu maktabdagi ijara darsligi uchun ham yetmaydi.

Yuqoridagi kabi holatlarga qarshi qatiy choralar korilishi kerak, deb oylayman. Yolgiz qolgan ayol bolasini tarbiyalashi, boqishi uchun yetarli mablagga ega bolishi zarur. Uyda otirib, farzand tarbiyasi bilan band bolgan onalarning huquqlarini himoyalash uchun qonunchilikka tegishli ozgartirishlar kiritish talab etiladi. Faqat hayotga togri kelmaydigan meyorlardan voz kechish lozim. Ona va bola huquqlarini taminlaydigan aniq choralar belgilanishi shart.

Sizningcha, qonunchiligimizga opa-singillarimizning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yana qanday qoshimchalar kiritilishi lozim?

Mehnat kodeksida nogiron farzand tarbiyalayotgan ayollarga berilgan imtiyozlar faqat jamoa shartnomasida qolib ketyapti. Kop hollarda amalda tadbiq etilmaydi. Pensiya yoshini belgilashda ham ayrim kasblarga imtiyozli pensiyaga chiqishni belgilash lozim. Avvallari oqituvchi yoki shifokor ayollar 5 yillik imtiyoz bilan nafaqaga chiqishiga imkon berilardi. Umuman olganda, ayollarga yaratilgan huquqiy asoslarning hech biri qogozda qolib ketmasligi kerak.

Shuningdek, ayollar oz huquqlarini yaxshi bilmasligi oqibatida ham turli tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Demak, ularning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, targibot-tashviqot ishlarini esa tasirchan usullarda olib borish talab etiladi.

Biz xotin-qizlarga turli uchrashuvlarda huquqiy maslahat berdik, deb kop takrorlaymiz. Aslida bir tadbir doirasida bir insonning fikrini, dunyoqarashini ozgartirib bolmaydi. Suhbatlar tizimli bolishi lozim. Aytishingiz mumkin, bir ayolning hayotida burilish yasash, jamiyatni ozgartirolmaydi. Yoq. Biz bugun komaklashgan opamiz yoki singlimiz ertaga yonidagi dugonasiga yelka tutadi. Bu zanjirdek bir-biriga boglanib, davom etib ketishiga ishonaman.

Aholi murojaatlari bilan ishlashda eng muhim jihat qaysi, deb oylaysiz?

Yuqorida aytganimdek, ayollar bilan suhbatlashilganda ularning aksariyatida huquqiy savodxonlik yetarli darajada emasligini kuzatish mumkin. Oddiygina uy-joy masalasida yoki aliment boyicha ham kimga murojaat qilishni bilishmaydi. Keyin masalasi hal bolmayotganidan shikoyat qilishadi. Vakolatli organ bir chetda qolib, boshqa idoralarga murojaat qilingan.

Aholi murojaatlari bilan ishlashda asosan masalalar tezroq yechim topishga koproq etibor beryapmiz. Lekin ayrim murojaatlar ijrosi taminlanmagani sababli qayta murojaatlar soni ham talaygina. Ijro hokimyati mutasaddilarini bu boradagi masuliyatini yanada oshirish zarur. Yurtimizda xalqni rozi qilishga qaratilgan mexanizm yaratib berilgan. Biroq ayrim murojaatlarni hal qilishda ishni togri tashkil etyapmiz, deb ayta olmayman. Bu borada ham masuliyat va madaniyat kerak. Aslida, bizning xalqimiz murosasoz, ularga vaziyat togri tushuntirilsa, quloq tutadi, sabr qiladi, kutadi. Birovning eshigini ming istihola bilan taqillatadigan hamyurtlarimiz ayrim mutasaddilarning qopolliginidan arz qiladi, hafa bolishadi. Biror masala yuzasidan davlat idoralariga borganda, ularga nisbatan qilingan muomala sabab ikkinchi marta osha yerga qaytib bormasliklarini aytishadi. Oz lavozimini suiistemol qilayotgan rahbar va masullarning hali hanuz borligi juda xunuk holat, deb bilaman. Ana shunday shaxslarga nisbatan chora korilishi lozim.

Misol uchun, ayollarning murojaatlarini joyida taminlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish boyicha har bir mahallaga yurist biriktirilgan. Biroq ularning faoliyati natijasini qoniqarli, deb bolmaydi. Sayyor qabullar, uchrashuvlar umuman otkazilmadi. Biror bir yurist onlayn tarzda bolsa ham ayollarning dardi bilan qiziqmadi. Mahallangizdagi xotin-qizlardan sorab koring, yurist borligidan xabari ham yoq. Hatto ozini-ozi himoya qila olmay, turli boshi berk kochalarga kirib qolayotgan ayollar oz emas. Shuning uchun avvallo, farzandlarni emas, onalarni tarbiyalash lozim. Xotin-qizlarning savodxonligini oshirish, ularga togri yol korsatish, kasb-hunarga orgatish shart. Aks holda, vaziyat ozgarmaydi.

Xotin-qizlar bandligini taminlashda qaysi yonalishlarda oqsoqliklar sezdingiz?

Ota-onalarimiz qizlarini faqat yaxshi oila bekasi qilib tarbiyalash yoki yaxshi joyga turmushga chiqarishni orzu qilishi notogri. Ularni bilimli, hunarli, odob-axloqli tarbiyalash lozim. Ayollar ilmli yoki hunarli bolsa, oz himoya qorgonini yarata olsa, albatta hayotda yashashi osonroq boladi.

Umumiy orta talim maktablarida hunar orgatishga, oquvchilarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ahamiyat berilmoqda. Ayollar bandligini taminlash, avvalo, bugun maktabgacha talim muassasalarida, maktab partalarida otirgan qizlarimizga etibor qaratilishi bilan amalga oshiriladi.

Afsus bilan aytish kerakki, bugun oilaviy ajrimlar soni kamaymayapti. Yolgiz qolgan onalar farzandlari bilan qiynalib, komakka muhtoj bolib yashamoqda. Bunga qanday baho berasiz?

Agarda oilani bir qorgon, deb olsak, albatta, ushbu qorgonda moddiy himoya asosan erkak kishining, manaviy himoya esa ayol kishining zimmasiga togri kelmoqda.

Ajrashgan ayolning farzandlarini boqishi, sogligini taminlashi, tarbiyalashi oson emas. Ayrimlari esa uysiz qolib, aka-ukasining oilasida yashashiga togri keladi va yana boshqa muammolar girdobida qoladi. Bolasining hayotidagi muhim masalalarga ajrashgan ayolning vaqti ham, ruhiy holati ham yetarli bolmaydi.

Shuning uchun maktablardagi darsliklarni yaratishda koproq hayotiy mavzularni kiritish kerak. Masalan, Yaponiyada Yapon jamiyati fani orqali qadriyatlar, oiladagi otaning, onaning, farzandning vazifalari, umuman jamiyat togrisida tushunchalar beriladi. Taklifim, oquv dasturlariga kiritiladigan tarbiya darslarida gender tengligi, ayolning haq-huquqlari, oilaning muqaddasligi boyicha hayotiy mavzular joy olishi ayni muddao bolardi. Ayniqsa, yigitlarga milliy gururni, masuliyatni singdirishga alohida etibor qaratilishi kerak, deb hisoblayman.

Ayni paytda sizning qomitangiz qanday qonunlar loyihalari ustida ishlanyapti va ularda Ozbekiston XDP elektorati manfaatlari qay darajada ifoda etilmoqda?

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qomitasi azosiman. Qomitada Xususiy bandlik agentliklari togrisidagi qonun loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, har bir qomita azolariga qonunlar biriktirilgan bolib, ularni takomillashtirish boyicha takliflar tayyorlash yoki ijrosi taminlanishining nazorati boyicha ish olib borilishi yolga qoyilgan. Har qanday qonun loyihasida biz, albatta, partiyamiz elektorati manfaatini oylaymiz. Zarur bolsa, bahslashamiz, tortishamiz.

Deputat bir yoqlama ishlasa, adashadi. U har sohada ilgor va tashabbuskor bolishi juda ham muhim sanaladi. Buning uchun ishimizni rejalashtirishimiz shart. Vaqtimizni togri taqsimlay olmasak, unum bolmaydi, tartib bolmaydi. Har kuni qilgan ishlarimiz boyicha ozimizga hisob berishni odatga, burchga aylantirish muhimdir. Ana shunda boshqalar oldida, ayniqsa, bizga ishonch bildirgan saylovchilar qarshisida uyalib qolmaymiz, aytar sozimizga ega bolamiz.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYeVA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: