O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
15.07.2020

MEHNAT MUNOSABATLARIMIZ ChET EL ETIROFIDA

Dunyoning qaysi mamlakatida bo‘lmasin, qaysi sohada bolmasin, Ozbekistonning yutuqlari haqida gap ketsa, hamyurtlarimizdan kimningdir iste’dodi, mehnati etirof etilsa, barchamiz birdek quvonamiz.

Kuni kecha G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, Ozbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Qalandar Abdurahmonovning “Mehnat iqtisodiyoti. Nazariya va amaliyot” darsligining Londondagi Scientific Publishing Hous IVG nashriyotida Labour Ekonomics. Theoryand Practice nomi bilan ingliz tilida chop etilganini eshitib, yashirmayman, xursand boldim, gururlandim. Bu yangilik mamlakatimiz ilm ahli hayotida muhim voqea desak, mubolaga bolmaydi.

Avvalo, takidlash kerakki, ushbu kitobning chet elda chop etilishi, yani tan olinishi bejiz emas. Chunki mamlakatimizda keyingi yillarda mehnat munosabatlarida yuz berayotgan ijobiy ozgarishlar, majburiy mehnatga barham berish, yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy ish joylari va barqaror daromad manbalari bilan taminlash va mehnat bozorini erkinlashtirishda kozga korinarli natijalarga erishildi. Ayniqsa, mamlakatimizda kambagallikni ochiq tan olinishi va uning hajmini kamaytirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani chet ellik olimlar halqaro tashkilotlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib borilayapti.

Pandemiya sharoitida Prezidentimizning global iqtisodiy inqirozning Ozbekistonga salbiy tasirini kamaytirish va iqtisodiyotda barqarorlikni saqlab qolishga qaratilgan bir qancha farmon va qarorlari qabul qilindi. Tezkor korilgan choralar mana shunday sinovli damlarda aholini ijtimoiy muhofazalash, eng avallo, ishsiz qatlamni daromad manbai bilan taminlash maqsadida oilaviy biznesni rivojlantirish, tadbirkorlarga imtiyoz va preferensiyalar berish orqali mamlakatda biznes faolligini taminlash imkoniyatlarini ochib berdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va hozirgi vaqtda izchil amalga oshirilayotgan beshta muhim tashabbus jamiyatimizdagi mehnat munosabatlarining mano-mazmunini tubdan ozgartirib yubordi. Bir soz bilan aytganda, keyingi uch-tort yilda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli mehnat munosabatlarida inson va uning manfaatlari chuqur aks eta boshladi. Bu munosabatlar oz navbatida xalqimiz hayoti farovonlashib borishiga xizmat qilmoqda.

Mana, jarayonlarning faol ishtirokchisi, mehnat bozorida kechayotgan murakkab jarayonlarga xolis va haqqoniy baho berish imkoniga ega bolgan ozbek olimining bu boradagi fikr va xulosalari, hech shubhasiz, xorijlik mutaxassislarda katta qiziqish uygotadi.

Haqiqatan ham, akademik Qalandar Abdurahmonovning Rossiyada bir necha bor, shuningdek, Qozogiston, Qirgiziston va Tojikistonda ushbu mamlakatlarning davlat tillarida nashr etilgan oliy oquv yurtlari talabalari uchun moljallangan Mehnat iqtisodiyoti. Nazariya va amaliyot darsligi ilmiy-nazariy bilimlar, tahliliy materiallar, hayotiy misollarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ayni vaqtda u Ozbekiston hududida qadimgi davrlardan boshlab bugungi kungacha mehnat munosabatlari sohasida yuz bergan tadrijiy rivojlanish bosqichlari, ularning oziga xos xususiyatlari, inson kapitalining jamiyat taraqqiyotiga korsatadigan tasiri chuqur tahlil qilinib, ilmiy-konseptul xulosalar chiqarilgani, prinsipial baholar berilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega, deb oylaymiz.

Muallif inson kapitali tushunchasiga Sharq va Garb tafakkur olamida nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda, ayni vaqtda, ozining kop yillik ilmiy kuzatish va tahlillaridan kelib chiqib tarif beradi. Eng muhimi, Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz, davlat arboblarining ilmiy merosi, amaliy faoliyatida mehnat munosabatlariga, inson kapitaliga alohida etibor berilganini aniq dalil va misollar bilan ilmiy tahlillar asosida tushuntiradi. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishga, tarixda Temuriylar renessansi degan noyob hodisaga sabab bolgan hal qiluvchi zamin ham aynan inson omili, adolat tamoyillari asosida yolga qoyilgan mehnat munosabatlari ekani muallif tomonidan haqli ravishda etirof etilib, ilmiy kategoriyalar asosida atroflicha yoritib berilgani oziga xos yangilikdir.

Haqiqatan ham buyuk Sohibqiron bobomizning tuzuklarida, ayniqsa, undagi Tajribamda korilgankim, azmi qatiy, tadbirkor, xushyor, jang korgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir, degan hikmatli sozlari zamirida inson omili va kapitali bilan bogliq katta konseptual qarash va falsafa mujassamdir. Darslik muallifi tariximiz, milliy merosimizdagi ana shunday noyob nuqtalarni oz tadqiqoti orqali ilmiy istemolga olib kirib, mehnat iqtisodiyoti fanining tolaqonli materialiga, tadqiq obyektiga aylantiradi.

Olim moddiy va manaviy hayotning ozaro tasiri, tabir joiz bolsa, hamkorligi mehnat munosabatlari sohasida ham oziga xos tarzda kozga tashlanishini alohida takidlab otadi. Ayniqsa, adabiyot, sanat, madaniyatga oid mumtoz asarlar inson ruhiy-manaviy salohiyatini kuchaytirib, mehnat iqtisodiyotining insonparvarlashuviga xizmat qilishini yangicha yondashuvlar bilan isbotlab beradi. Muallif ozbek sheriyatining atoqli namoyandalari, Ozbekiston qahramonlari Abdulla Oripov va Erkin Vohidov asarlariga shu nuqtai nazardan munosabat bildirib, ularning badiiy-falsafiy merosidagi hali kopchilikka nomalum bolgan jihatlarni ochib berishga harakat qiladi. Chindan ham Abdulla Oripovning Genetika, Asrimiz odami, Ishonch kopriklari, Erkin Vohidovning Bizlar ishlayapmiz, bu – mehnat, xolos, Bizlar arra tortamiz singari sherlarida oz davridagi hukmron ijtimoiy-siyosiy kayfiyatga, jumladan, mehnat munosabatlariga nisbatan achchiq, ham haqqoniy, ham shoirona, ham falsafiy qarashlar mavjud. Qalandar Abdurahmonov bu haqiqatni xalqimiz, yoshlarimiz yanada teran tushunib olishiga turtki beryapti.

Yuqorida qayd etilganidek, xorijiy ilmiy jamoatchilik tomonidan munosib baholangan mazkur darslikda Prezidentimiz rahbarligida Ozbekistonda amalga oshirilayotgan beshta muhim tashabbus doirasidagi ishlar inson kapitali tushunchasi nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilinadi. Keling, ana shu tashabbuslarni yana bir bor esga olaylik: yoshlarning musiqa, badiiy adabiyot, teatr va boshqa sanat turlariga qiziqishini kuchaytirish; yoshlarni sport bilan qamrab olish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; aholi va yoshlarning komputer texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishini tashkil etish; yoshlar manaviyatini oshirish, kitobxonlikni keng targib etish, xotin-qizlar bandligini taminlash. Ushbu tashabbuslarning nomlanishidanoq korinib turibdiki, ularning barchasi mohiyat etibori bilan bevosita inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, mamlakatimizda bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Prezidentimizning yaqinda Ozbekiston yoshlariga yollagan tabrigida bu fikr alohida takidlandi: Yoshlarimizni ona Vatanimizga, mustaqillik goyalariga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning istedod va qobiliyatini, ezgu intilishlarini royobga chiqarish yolida boshlagan katta ishlarimizni bundan buyon ham qatiyat bilan davom ettiramiz.

Bugun yoshlarimiz ilm-fan sohasida erishayotgan yutuqlar zamirida ana shu etibor va gamxorlik mujassam albatta, deydi akademigimiz. Qalandar Abdurahmonovning ushbu darsligidagi masalalar yosh olimlarimizni yangi ilmiy izlanishlarga ruhlantirdi, deb oylaymiz.

Bu darslik ustida juda katta mehnat qilingani uning mundarijasidan ham korinib turibdi.

Mutaxassislar takidlaganidek, mazkur darslikdagi masalalar nafaqat Ozbekiston, balki jahon bozori kenyukturasi keskin ozgarib borayotgan, bandlik va munosib mehnat «istemol savatchasi» ni belgilash dolzarb bolib turgan hozirgi sharoitda koplar uchun qimmatli qollanma buladi, deb oylaymiz.

Sharofiddin NAZAROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Byudjet va iqtisodiy islohatlar qomitasi raisi,

iqtisodiyot fanlari doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: