O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
08.07.2020

DEPUTATLIK SOROVIGA MUNOSABAT

Aholini o‘ylantirayotgan masalalar tezda hal etilishida, partiya elektorati manfaatlari himoya qilinishida deputatlik sorovining orni beqiyos. Shuningdek, mas’ullar etiboridan chetda qolayotgan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar yechim topishida, hududlarda qonun va farmonlarning ijrosi ustidan nazorat ornatishda ham sorovlarning ahamiyati katta. Shu boisdan Ozbekiston XDPdan saylangan deputatlar mazkur masalaga alohida etibor qaratib kelmoqda. Turli tashkilot va idoralarga sorovlar yuborib, ularning ijrosini nazoratga olishmoqda.

— Bugun hayot har birimizdan ishga ozgacha yondashishni, har bir masalada daxldorlik hissi bilan harakat qilishni talab etadi. Xususan, deputatlardan ham, dedi OzXDP Markaziy Kengashi xodimi Sherzod Sodiqov. Oldingi davrdagidek muammoni masullarga yetkazish kamlik qiladi. Avvalo masalani chuqur organish, tahlil qilish, mutaxassislarning fikrini bilish kerak. Songra deputatlik sorovini aniq-ravshan tayyorlash, idora yoki tashkilotga yuborish lozim. Navbatdagi vazifa masala yechim topmaguncha halovat bilmaslik. Shundagina saylovchida partiyaga, ozi ovoz bergan nomzodga nisbatan ishonch mustahkam boladi.

Joriy yilning otgan olti oyida mahalliy Kengashlardagi OzXDP guruhlari azolari tomonidan tegishli tashkilot rahbarlariga 2889 deputatlik sorovi yuborilgan. Shundan 2037 tasi ijobiy hal etilgan, qolganlari nazoratga olingan. Sorovlarni sohalar boyicha tahlil qilganda, bandlik, kommunal, ichki yollarning tamirtalabligi va boshqa sohalarga aloqadorligini korish mumkin. Faol va tashabbuskor deputatlar boshchiligida muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

Biroq barcha hududlarda ham ahvol birdek, deb bolmaydi. Masalan, Jizzax viloyatida partiya guruhida 105 deputat faoliyat olib bormoqda. Ular joriy yilning olti oyida bor-yogi 71 sorov yuborgan. Savol tugiladi: bu korsatkich viloyatda muammo yoqligi, hammasi kongildagidek bolgani uchunmi yoki deputatlar oz vazifasini tolaqonli bajara olmaganidanmi?

Ayni vaqtda Buxoro viloyatida partiyamizdan nomzodi korsatilgan 92 nafar deputat faoliyat olib bormoqda, dedi OzXDP Buxoro viloyat kengashi bolim mudiri Feruza Tursunova. Shundan 15 nafari viloyat, 77 nafari tuman va shahar kengashlari deputatlaridir. Bu raqamlar partiya va uning goyalariga saylovchilar tomonidan katta ishonch bildirilganini korsatadi, albatta. Lekin bugun odamlar partiyamizga deputatlarning soniga emas, ularning ishiga qarab, baho berishini unutmaslik lozim. Shu bois qolimizdagi imkoniyatdan samarali foydalanish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biridir.

Takidlash kerakki, yangi saylangan deputatlarimiz tomonidan joylarda muammolar organilyapti, deputatlik sorovlari jonatish tizimi ham takomillashmoqda. Sessiyalar kun tartibiga kopchilikning manfaatlari aks etgan masalalar kiritila boshlangan.

Joriy yilning otgan 6 oyida xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlaridagi partiya guruhi va azolari tomonidan jami 142 ta deputatlik sorovi ijro organlari mansabdor shaxslariga yuborilgan bolib, shundan 128 tasi ijobiy hal etilgan. Biroq deputatlarning 3 foizi hali birorta ham deputatlik sorovi chiqarmaganini hech qanaqasiga izohlab bolmaydi.

Deputatlarda faollik yetishmayapti, deb kop aytamiz. Aksariyat hollarda deputatlik sorovlariga asoslantirilgan tushuntirishlar, aniq javoblar berilmayotganini ham rad etolmaymiz. Masalan, “...soragan masalangiz keyingi yilda organiladi..”, yoki ... falon yolni tamirlash xususidagi sorovingizga kora, mazkur masala keyingi yilda davlat dasturiga kiritiladi kabi umumiy javoblardan deputat qoniqmasligi kerak.

Har bir murojaat ortida onlab insonlar taqdiri yotadi, deydi xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Rahimbergan Yusupov. Biz deputatlar buni unutmasligimiz lozim.

Bugungi kunda Xorazm viloyat, shahar va tuman Kengashlarida partiyamizdan nomzodi korsatilgan 112 nafar deputat faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan joriy yilning otgan davrida turli masalalarda 334 deputatlik sorovlari yuborilgan, 215 tasi ijobiy hal etilgan.

Rosti, deputatlik sorovi yuborishda ayrim kamchiliklar ham kozga tashlanmoqda. Xususan, sorov yuborishda aholini qiynayotgan masalani chuqur organmaslik holatlari kuzatilyapti. Deputatlik sorovi predmeti, yuborish subyekti, qoyiladigan masalaga munosabat barcha deputatlarda ham talab darajasida emas. Buning oldini olish uchun har bir sorovni deputatlik guruhlari yigilishlarida muhokama etishimiz, maqbul yechimlarni birgalikda izlashimiz yaxshi samara beradi, deb oylayman. Shuningdek, viloyat, tuman va shahar partiya kengashlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlar koproq tashabbus korsatishi, elektoratga yaqin bolishi, zamon bilan hamqadam yurishi zarur. Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi azolariga muammolar yuzasidan asosli takliflar berishimiz kerak.

Bugun mamlakatimizda har bir sohada siyosiy partiyalarning ishtiroki sezilarli darajada kuchayib borayotganini barchamiz korib, bilib turibmiz. Deputatliklar jamiyatdagi eng kichik muammolardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga molik masalalargacha etibor qaratishga harakat qilishyapti.

sorovlari ham vaqtida egasiga yollansa, mutasaddilarning beparvoligiga barham beriladi, elektorat manfaati samarali himoya qilinishi taminlanadi.

Mahliyo ALIQULOVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: