O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
01.07.2020

MUQADDAS ORAZALIYeVA: DEPUTATNING VAKOLATI ChEKSIZ EMAS

Rostgo‘ylik, dadillik, jonkuyarlik va albatta, onalarga xos mehribonlik — bularning barchasi bugungi suhbatdoshimizda mujassam. Asosiysi, vazmin koringan chehraning ortida qattiqqollik, uzoqni kora bilish, haqiqatni ayta olish jasorati ham uygunlashgan. Oz ishini tibbiyot sohasidan boshlagan Muqaddas ORAZALIYeVA bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati. Uning aytishicha, xalqning turtkisi bilan saylovda oz nomzodini qoygan hamda ular bildirgan ishonch, qollab-quvvatlashi natijasida ushbu maqomga erishgan. Endilikda saylovchilar ishonchini oqlash suhbatdoshimizning bosh maqsadlaridan biridir.

Muqaddas opa, deputatlikkacha bolgan faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz.

Bolaligimda oyimning ota-onasining, ya’ni buvilarimning yoniga tez-tez borib turardim. U yerda ikki holam tibbiyot xodimi hamshira bolib ishlardi. Xolalarimning oppoq xalatda, ozoda yurishlari, ishdan charchab kelganda ham kimdir yordam sorab kelsa, rad etmasliklari xotiramga, yuragimga muhrlanib borgan.

Maktabni bitirib, shahodatnomani qolimga olgan kunim dadamning yoniga borib, shifokor bolmoqchi ekanimni aytdim. Shunda dadam “Buncha baland dorga osilding, qizim. U yerga kirgizishga, oqitishga bizning kuchimiz yetmaydi” dedi. Nasib qilgan ekan oqidim, oq xalatni ham kiydim, shifokor boldim. Dastlab Toshkentdagi poliklinikada, 1998 yilda Zomin pediatriya shifoxonasida ish boshladim, oradan 6 oy otib, bosh immunolog lavozimiga tayinlashdi. Bu soha osha paytlari yangi edi. Zomin tumanidagi 0 yoshdan 16 yoshgacha bolgan bolalarni emlash ishlarini rejalashtirish kerak. Bildirilgan ishonchni oqlash niyatida kechalari bilan ishlashimga togri kelardi. Keyinchalik bosh pediatr, bosh shifokor orinbosari lavozimlarida ishladim.

Bugungi kun tibbiyot sohasida qanday islohotlar amalga oshirilishi kerak yoki qaysi ozgarishni keraksiz, deb hisoblaysiz?

Tibbiyot sohasidagi islohotlar kun sayin kengayib, dadil tus olmoqda. Hududlarda yangi shifo maskanlari barpo etilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan taminlanmoqda. Natijada onalar va bolalar olimi kamayib, xizmat korsatish sifati oshib bormoqda.

Biroq meni tashvishga solgan masalalar ham oz emas. Bir misol, optimallashtirish natijasida Zomin tumanidagi 24 ta QVPning 7 tasi qolib, qolgani qisqartirildi. Ozim qishloqda yashayman, osha yerda tugilib, osganman. Shuning uchun qishloq sharoitini, aholining turmush tarzi, topish-tutishini yaxshi bilaman.

Togri, qaysidir qishloqda, mahallada shifokor bolsa, aholi u qadar qiynalmaydi, birinchi tibbiy yordam yoki maslahatni oladi. Shaxsan bizning uyimiz kecha-yu kunduzi hamma uchun ochiq bolgan. Kechalari ham odamlar yordam sorab kelardi. Lekin uy sharoitida bajarib bolmaydigan ishlar ham bor. Ana shunda tibbiy yordamga ehtiyoj sezgan odamning holi nima kechishini oylab, qolim kaltaligidan afsuslanaman.

Men yashaydigan qishloq tuman markazidan 5 chaqrim uzoqda. Biroq markazdan 30-35 kilometr masofada joylashgan hudud aholisi nima qiladi? Hammada ham avtotransport yoq. Kimningdir yuragi xuruj qilsa, homilador ayolda erta tolgoq boshlansa, zudlik bilan yordam korsatish imkoni yoq-ku, bemorning hayoti xavf ostida qoladi-ku. Uzoq masofaga tez yordam mashinasi yetib borishi uchun vaqt talab etiladi. Yollar tamirtalab yoki aylanma bolsa, tabiiyki, u vaqtida yetib bora olmaydi. Tez yordam mashinasi haydovchi yoki tibbiy xodimga bogliq bolmagan holatda kechikkan chogda bemor xonadonidagilar janjal kotaradi. Hatto mushtlashishgacha borilyapti. Chunki yaqinining hayot-mamoti bilan bogliq muammo paydo bolgan paytda odamning koziga hech nima korinmay qoladi.

Shu sababli parlamentdagi fuqarolarning sogligini saqlash masalalari bilan bogliq. qomitada QVPlarni qayta tiklash masalasini muhokama qilib, sogliqni saqlash vazirligi etiboriga havola qilmoqchimiz. Ayniqsa, tumanlar markazlaridan uzoqda bolgan tibbiyot muassasalarini qisqartirilishiga mutlaqo qarshiman. Umuman olganda, QVPlar faoliyatini davom ettirish kerak, deb oylayman.

Tuman markazidan 35 kilometr olisda joylashgan Qoramozor degan QVP bor edi. Mana shu qisqartirish masalasi kotarilgan vaqtda Sogliqni saqlash vazirligidan olis hududdagi 2 ta QVPni qisqartirish masalasi bilan ishchi guruhi keldi. Shunda tugish yoshdagi ayollar soni, necha foizining avtomashinasi borligiyu yosh bolalarda uchraydigan xavfli hastaliklar haqida aytdim. Kechasi kozi yoriydigan ayol yoki isitmasi kotarilib, talvasaga tushib qoladigan bolaning hayotini saqlab qolish darajasi pasayib ketishi haqida ogohlantirildi. Shunga qaramasdan 2ta QVP opitimallashtirish sababli qisqartirildi.

Qishloq aholisi kamdan-kam hollarda shifoxonaga borib davolanadi. Shuning uchun ham QVPga borib, davolansa, ukol-dorilarini qildirib, biroz dam olib, uyiga qaytsa, ijtimoiy komakka ehtiyojmand, kam taminlangan aholi vakillari uchun ancha yengillik bolardi.

Deputat sifatida qanday takliflaringiz bor?

Fan, talim, madaniyat va sport masalalari qomitasi azosiman. Biz joylarga chiqib, aholi vakillari bilan uchrashganimizda koproq tibbiyotga aloqador savollar bilan murojaatlar qilishmoqda. Joylarda tibbiyot xodimlari yetishmasligi, borlarining malakasi, bilimini oshirish kerakligini aytishadi.

Yaqinda bir yoshi ulug otaxon yonimga kelib, ayrim tibbiyot xodimlari ishidan qoniqmasligini, ularda yetarli tajriba, bilim va malaka yoqligini aytdi. Masalan, mavsumiy kasalliklar, surunkali davolanuvchi bemorlar bor. Ular butun dunyoda tan olingan standartlar asosida davolanadi. Ayrim hollarda bir hudud shifokorlari davolay olmagan ogirroq bemorlarni boshqa tumanga kochirilishi holatlari uchrab turadi. Bu ham aholida norozilik kayfiyatini yuzaga keltiradi. Shu kabi holatlarni misollar bilan aytgan otaxonning gapida jon bor. Sababi vrachlar malakasini oshirib borish masalasi doimiy va tizimli yolga qoyilishi zarur. Togri, oylab oilasidan, uyidan uzoqda oqish imkoniyati bolmagan mutaxassislar ham bor. Lekin hech bolmaganda ogir kasalliklarni davolash, kam uchraydigan yoki mavsumiy xastaliklar haqida onlayn tizimi orqali oqitib borish lozim.

Deputatlarga aholining murojaati koproq qaysi masalalarda bolmoqda?

Joylarga chiqqanimizda ish sorab, yollarni tamirlash kerakligini aytib kop murojaat qilishadi. Tan olib aytish kerakki, ijtimoiy sohadagi muammolar oz emas. Biroq noorin talablar, murojaatlar bilan deputatni ham, turli idoralarni ham ovora qilayotgan fuqarolar ham uchraydi.

Saylovoldi uchrashuvlar paytida qay bir hududga borsam, osha yerdagi aholiga telefon raqamimni yozdirib kelgan edim. Shu bois kopchilik togridan-togri qongiroq qilib, muammosini aytadi. Baholi qudrat masofadan turib bolsa ham yordam berishga, masalani yechishga harakat qilaman. Yaqinda Yangiobod tumanida yashovchi aholi vakillari qongiroq qilib, 5 nafar fuqaro kredit ololmayotganini aytishdi. Tuman hokimligiga qongiroq qildim, masalani tushuntirdim, mutasaddilar darhol uni yechishga kirishdi. Bir necha kun ichida 5 nafar emas, 20 nafar fuqaro kredit olishga erishdi va minnatdorlik bildirishdi. Lekin bazida juda noorin, noqonuniy talablar bilan qongiroq qiluvchilar ham boladi.

Misol uchun, bir saylovchi oglimni milliy gvardiyaga ishga joylashtirib qoying desa, yana boshqasi mening farzandim oliy malumotli bolishi kerak, oqishga kirgizib bering, deydi. Bu ishlar qolimizdan kelmaydi. Shunday bolsa-da, farzandi qaysi sohaga qiziqishini sorayman, tayyorlov kursida oqishida yordam qilishimiz mumkinligini aytaman. Buni qarangki, bolasining oqishga qiziqishi yoq, lekin oliy oquv yurtida oqishi kerak.

Axir har bir masalaning oz tartib-qoidasi bor. Oliy talim muassasasiga oqishga kirishni istagan bola yetarli bilimga ega bolishi zarur. Huquq-tartibot idoralarida ishlash uchun ham jismoniy tayyorgarlik, oziga yarasha bilim va konikmalar lozim. Bularni tushuntirishga harakat qilaman. Ammo deputat bolib, nega yordam bermaysan, deydiganlar topiladi. Deputat, masalan, Qonunchilik palatasi deputatining vazifasi, vakolatlari hamda majburiyatlari nimalardan iborat ekanini tushuntirishga togri keladi.

Bir necha yil davomida kollej direktori bolib ishlagansiz. Yaxshi rahbarga tarif bersangiz.

Eng avvalo, xodimlari uchun sharoit qilib bergan rahbarni yaxshi ishlayapti, deb aytish mumkin. Ikkinchidan, rahbar halol bolishi shart. Oshanda uning hech kimdan tili qisiq bolmaydi. Xohlagan idorasiga bemalol kira oladi, qonuniy talablariga munosib javob oladi. Korrupsiyaga yol qoymagan rahbarning xodimlari hamisha undan minnatdor boladi hamda unga murojaat qilgan fuqaroning muammosi oson hal etiladi.

Maqtanishga kirsa ham bir misolni aytmoqchiman. Kollejlardagi shtatlar qisqartirilganda 96 nafar xodimni ishdan boshatishga togri keldi. Ulardan kimdir oila boquvchisi, 3-4 nafar farzandning otasi bolsa, yana boshqasi otasiz farzand katta qilayotgan ayollar edi. Har birini ishga joylashtirish uchun ular bilan birga yurdim. 96 nafar xodimning barchasi ishli bolgachgina konglim taskin topadi. Bu bilan demoqchi bolganim, yaxshi rahbar xodimlarining yashash tarzi bilan qiziqadi, barchaga birdek muomalada boladi, ozi ham, qol ostidagilarini ham korrupsion holatga aralashishiga yol qoymaydi.

Deputat bilan yana boshqa masalalarda ham suhbatlashdik. Uning dilidagi gaplariga quloq tutdik. Boshdan kechirganlarini oshkor qilmaslik sharti bilan sozlab berdi. Shu sabab bazilarini ozimizda olib qolishni maqul topdik. Zero, inson shani va qadr-qimmati, xohish-istagi har narsadan ustundir. Muqaddas Orazaliyevadan blits-savollarimizga quyidagi javoblarni oldik.

Ayolga tarif bering.

Nozik gul, albatta.

Oilada tinchlikni asrash, baxtli bolish uchun nima talab etiladi?

Sabr.

Deputat va ayol ortasidagi bogliqlik.

Hamma ayol oz oilasida siyosatchi, lekin har biri deputat emas.

Deputatlik siz uchun nima?

Burch va masuliyat.

Sizning konglingizni kotaruvchi, eng yaxshi gaplar qaysi?

Rahmat, baraka toping.

Biz ham sizga xuddi shunday, deymiz. Vaqt ajratganingiz uchun rahmat, baraka toping...

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Zilola UBAYDULLAVA suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: