O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
03.06.2020

SAXOVATPEShA INSONLAR

ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

Bugungi kunda, koronavirus pandemiyasi butun dunyo boylab tarqalishda davom etmoqda. Har kuni koronavirus kasalligining tarqalishi hamda uning oldini olishga qaratilgan keskin choralar korilmoqda. Qanchalik qiyin bolmasin, karantin qoidalari joriy etilib, vaziyat qolga olinmoqda. Mamlakatimizda qariyb ikki oydirki, juda katta kuch safarbar qilinib, qanchalik ogir bolmasin, barcha zarur sharoit yaratilmoqda. Bu pandemiyaga agar e’tiborsizlik qilinsa, qanchalik xavf tugdirishini shifokor sifatida yaxshi bilaman. Shu bois ushbu ofatga qarshi kurashni bir lahza ham toxtatmasligimiz kerak. Bu odamlar, aholi sogligi, hayoti bilan bogliq ota muhim masaladir.

Aytish kerakki, xalqimiz birlashib, uyda qolish talabiga qatiy amal qildi. Bu bilan nafaqat ozini balki butun jamiyat barqarorligini taminlashga hissa qoshdi. Dastlab koronavirus, undan keyin Buxoro, Navoiy viloyatlarida kuchli tabiiy ofat roy berdi. Endi, hududlar infratuzilmasini yaxshilash uchun choralar korilayotgan bir paytda, Sardoba suv ombori fojeasi bilan toqnashdik. Xalqimizning irodasi mustahkam. Ushbu sinovlarni mardonavor yengib otishiga shubha yoq.

Qanchadan-qancha odamlar uysiz, joysiz qolgan edi. Qishloq xojaligi ekinlarini aytmaysizmi? Eh-he, yetgan zararlar juda katta. Mazkur suv omborini qurish jarayonlari ham oson kechmagan edi. Uni qurishdan maqsadimiz katta edi. Ushbu hududlardagi paxta, bugdoy va boshqa ekinlarga suv aynan shu ombordan yetkazilayotgandi.

Favqulodda vaziyatdan song boshpanasidan, daromadidan, bor budidan ayrilgan aholini hech kim etiborsiz qoldirmadi. Hozirgacha saxovatpesha insonlar qalb amri bilan jabr korganlarga mehr ulashmoqda. Asrlar davomida shakllangan mehr-muruvvat, saxovat korsatish, kongli oksik insonlar holidan xabar olishda tadbirkorlar bosh-qosh bolishdi.

Pandemiya sabab ishlolmay qolgan hamyurtlarimiz boshpanasini ham yoqotdi. Bunday sharoitda birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz qatlam koproq jabr koradi. Tasavvur qiling, bir milloindan ortiq fuqaro bir martalik, mavsumiy ishlarda ikki millionga yaqin aholi mehnat qilayotgandi. Ular koproq qiynaldi, ogir ahvolda qoldi.

Shunday vaziyatda Prezidentimizning yordam va komakka muhtoj aholi qatlamini aniq, manzilli asosda qollab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va komak” umumxalq harakatini yolga qoyish haqidagi tashabbusini jamoatchilik samimiy, qizgin kutib oldi. Ochigi, saxovatpesha insonlar anchagina kop ekan. Kimdir oziq-ovqat, kimdir dori-darmon, hatto, ozgina imkoni borlar ham savob yolida uyidagi chorvasigacha sotib, qiynalgan insonlarga yordam bermoqda.

Ozim saylangan okrug aholisining holidan xabar olish uchun borganimda, 60 yoshlar atrofidagi otaxonni uchratdik. U ziyoli va ortahol oiladan ekan. Mahalla raislaridan biri, otaxon oglini toyiga boqayotgan molini sotib, qiynalib qolgan oilalarni oziq-ovqat bilan taminlaganini aytdi.

Aslida, saxovat korsatish ham oriyatli, qalbi pok, oqibatli, imoni but insonlar amalidir. Mana shunday insonlar xalqimizni chinakam muruvvatli ekanini isbotlaydi. Bunday samimiy, mehr-muruvvatli insonlar minglab ehtiyojmandlar ruhini kotarmoqda, ularning boshiga ish tushgan qiyin damlarda yelkadosh bolmoqda. Bir-biriga etibor va gamxorlik korsatish kabi eng olijanob fazilatlar xalqimizning yuragida, qalbida azaldan mujassam. Faqat bugun ular yanada balandroq boy korsatmoqda.

Takidlash kerakki, hech bir xayrli ish etibordan chetda qolmaydi. Davlatimiz rahbarining Mehr va saxovat kokrak nishonini tasis etish togrisidagi farmoni buning yaqqol isbotidir. Bu orqali saxovatpesha insonlar qadrlanadigan boldi, ular yurt boshiga tushgan sinovli kunlarda mehr-oqibat, saxovat, himmat korsatgani uchun munosib taqdirlanadi. Etiborli jihati, ushbu farmonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qollab-quvvatlash borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga kotarishga katta hissa qoshgani uchun taqdirlash nazarda tutilmoqda. Mana shunday insonlar, ozining yuksak xislatlari, olijanoblik fazilatlari bilan qarindosh-urugi, mahallasi, atrofdagilarga ornak boladi. Farmonda koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini korsatganlarni taqdirlash belgilandi. Ular orasida jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, begaraz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan kopchilikka alohida ornak bolayotgan yurtdoshlarimizning borligi ayniqsa, quvonarlidir.

Kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan, haqiqiy qahramonlik korsatib, ushbu kasallikka qarshi kurashayotgan shifokorlar, tinchlik-osoyishtalikni taminlayotgan huquq tartibot idoralari hamda saxovatpesha insonlarni bugunning qahramonlari, desak mubolaga bolmaydi. Ayniqsa, murakkab va ogir sharoitda jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, birlik va ozaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash eng ustuvor vazifa sanaladi. Shu jihatdan ular har qanday etirofga munosib sanaladi.

Albatta, saxovatpesha insonlar nimadir ilinjida yaxshilik qilmaydi. Ularga savob, xalqimiz duosi eng katta sovga hisoblanadi. Shunday bolsa-da, davlatimiz qoli ochiq, kongli ochiq hamyurtlarimizni yuksak mukofotga munosib hisoblaydi. Zero, saxiylik, komakka shaylik, begaraz va beminnat yordam qolini chozish kabi qadriyatlarni ezozlash, qadrlash muhimdir.

Qizilgul QOSIMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: