O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
21.05.2020

YaNGI TAQRIRDAGI TALIM TOORISIDAGI QONUN

farzandlarimiz, xalqimiz kelajagini belgilaydi

Kecha 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘grisida”gi qonun loyihasining ikkinchi oqishdagi muhokamasi qizgin kechdi. Deputatlar 5-6 may kunlari bolib otgan palata majlisida qonun loyihasini moddama-modda, bobma-bob muhokama qilgan edilar. Muhokama davomida bir necha moddalar yuzasidan bir fikrga kelinmaganligi sababli, ular ustida ishlarni davom ettirish hamda kelgusi majlisda ana shu moddalar atrofida toxtalib otishga kelishilgan edi.

Shundan song masul qomita barcha fraksiyalar, deputatlardan tushgan taklif va mulohazalarni jamlab, mutaxassis va ekspertlar ishtirokida qonun loyihasi ustidagi ishlarni davom ettirdi.

Talim olish huquqi insonning eng ustuvor huquqlaridan biridir. Kishining kelajakda qanday inson bolishi, shaxs sifatida kamol topishi, kasb tanlashi, orzu-havaslari royobi aynan qanday talim olishiga bogliq.

Mamlakatimizda talim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, kadrlar tayyorlash sifatini ilgor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Talim sohasida bolayotgan islohotlar samaradorligini tizimda bolayotgan ozgarishlardan ham bilishimiz mumkin. Lekin hayot bir joyda toxtab qolmaydi, ayniqsa, talim sohasi shiddat bilan rivojlanyapti. Shunga hamohang tarzda tizimdagi islohotlar ham yanada chuqurlashib boraverishi zarur. Bu esa oz navbatida sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilishini taqozo etadi.

Amaldagi Talim togrisidagi qonunning qabul qilinganiga 20 yildan oshdi. Tabiiyki, qonun normalari bugungi tezkor islohotlarga mos kelmay qolgan, talim tizimi yangi, aytish mumkinki, zamonaviy qonunga muhtoj bolib kelayotgan edi. Shuning uchun sohadagi barcha yutuq va kamchiliklar, jahondagi tajriba va tendensiyalarni inobatga olgan holda, Talim togrisidagi qonunning yangi tahriri ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasida qizgin muhokamalarga sabab boldi. Ayniqsa, qonun loyihasining ikkinchi oqishdagi muhokamasi qizgin kechdi. Palata majlisida qonun loyihasi moddama-modda korib chiqildi. Bu bevosita mamlakat, farzandlarimiz kelajagi va taqdiriga daxldor masala bolgani uchun ham deputatlar muhokamalarga jiddiy yondashdi, keskin bahs-munozaralar boldi.

Qonun loyihasidan bir qator havola meyorlar chiqarilib, togridan-togri ishlaydigan meyorlar kiritildi. Nihoyat, parlament quyi palatasi Talim togrisidagi qonunning yangi tahririni qabul qildi.

Yangi tahrirdagi qonunda talim olish huquqiga oid bir qator normalar mavjud. Masalan, talim olish huquqida innovatsion faoliyat bilan bogliq masalalar ham kozda tutildi. Endilikda talim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni va talim dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qollagan holda amalga oshirish shakllari qollab-quvvatlanadi. Qonunda fuqarolarning talim olish huquqi bilan bogliq yana bir qator meyorlar mavjud.

Shuningdek, qonunda talim turlari ham belgilandi. 7-moddaga asosan maktabgacha talim va tarbiya, umumiy orta va orta maxsus talim, kasb-hunar talimi, oliy talim, oliy talimdan keyingi talim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda maktabdan tashqari talim turlari belgilandi.

Oqituvchi maqomi oshsa, talimda ham yuksalish boladi. Bu inkor etib bolmaydigan haqiqat. Qonunda pedagog xodimlarning huquqiy maqomi va ular faoliyatining kafolatlari belgilangan. Pedagog xodimlarga oz kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi, ularni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha choralar koriladi, shuningdek, ularning ijtimoiy maqomini hamda obrosini oshirishga doir huquq va erkinliklar beriladi. Pedagog xodimlarning huquqlari, shani, qadr-qimmati va ishchanlik obrosi davlat himoyasi ostida boladi.

Yana bir muhim masala. Qonun loyihasiga inklyuziv talim tushunchasi ham kiritildi. Har bir bolaning ijtimoiy kelib chiqish holatidan qati nazar, talim olishda teng huquqliligini taminlash, har qanday ajratish va kamsitishlarning oldini olishda bu muhim ahamiyatga ega. Bu masalalar partiyamiz Saylovoldi dasturida alohida qayd etilgani, qonunda belgilangan meyorlar muhim ozgarishlarga asos bolishini ham alohida takidlash joiz.

Ulugbek INOYaTOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: