O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
21.05.2020

INSON GUQUQLARI KAFOLATLARI

qanday mustahkamlanmoqda?

Bugun mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shu orqali munosib hayot kechirishi uchun sharoitni yaxshilash dolzarb ahamiyatga ega.

Bu buyuk maqsadga erishish borasida Qonunchilik palatasi tomonidan inson huquqlari sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga munosib tarzda qonunlar qabul qilinganini nufuzli xalqaro tashkilotlar ham etirof etmoqda. BMTning O‘zbekistondagi Barqaror rivojlanish maqsadlari, Xalqaro mehnat tashkiloti, Ozbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, YuNESKO, YuNISEF, xorijiy mamlakatlarning elchixonalari, qator xalqaro jamgarmalarning vakolatxonalari bilan samarali hamkorlik ornatilgan. Xalqaro hamkorlikda respublikamizda inson huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, himoya qilish va ragbatlantirishga yonaltirilgan turli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Ozbekiston inson huquqlari sohasidagi 70 dan ortiq xalqaro hujjatga, jumladan, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qoshilgan. Ushbu xalqaro hujjatlarning bajarilishi boyicha milliy maruzalar BMTning Inson huquqlari boyicha kengashi va shartnomaviy qomitalariga doimiy ravishda taqdim etib borilgan.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev inson huquqlarini himoya qilishda Qonunchilik palatasi rolini oshirish, xalqaro tashkilotlar tavsiyalari ijrosini tashkil etish, «yol xaritalari»ni ishlab chiqish va ijro etish quyi palataning diqqat markazida bolishi kerakligi masalasiga alohida etibor bergan edi.

Ushbu takliflarga muvofiq parlamentimiz tarixida ilk bor Yangi Ozbekiston va inson huquqlari rukni ostida Ozbekiston Respublikasida inson huquqlari boyicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati yuzasidan Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi Axboroti taqdim etildi. Bu axborotning parlamentda korib chiqilishi xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga berilayotgan katta etibordan dalolat.

Mazkur Axborotda 2018-2019 yillarda insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini implementatsiya qilish, inson huquqlari boyicha milliy institutlarni rivojlantirish hamda inson huquqlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, Ozbekistonning xalqaro maydondagi inson huquqlari boyicha tashabbuslari, inson huquqlariga doir xalqaro shartnomalar qoidalari bajarilishi borasidagi davlat siyosatining asosiy yonalishlari yoritib berilgan.

Axborot olti bolimdan iborat bolib, hajm jihatidan uning birinchi bolimida Ozbekiston Respublikasining inson huquqlari boyicha xalqaro shartnomalari bajarilishining qonunchilik asoslari korsatilgan. Bu bolimning oziga xos xususiyati shundan iboratki, u birinchi orinda insonning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, mehnat huquqlari hamda jamiyatning ayrim ijtimoiy guruhlar, jumladan, ayollar, bolalar hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan alohida qonun xujjatlari qabul qilinganligiga etibor qaratilgan.

Sud-huquq sohasidagi islohotlar, jumladan, sudlar mustaqilligi va odil sudlovga bolgan huquqni himoya qilish sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish masalalari chuqur tahlil etilgan.

Iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi islohotlar, Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalar amalga oshirilishiga doir organilgan holat yuzasidan batafsil malumot berilgan.

Xalqaro tashkilotlar tomonidan Ozbekistonda bolalar mehnati, majburiy mehnat va odam savdosi masalalari boyicha berilayotgan tavsiyalar bajarilishi holati ham tahlil qilingan. Axborotda ayollar, bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning huquqlariga oid xalqaro standartlarning bajarilishi ham oz aksini topgan.

Axborotning ikkinchi bolimida Ozbekistonda inson huquq va erkinliklarini taminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari yoritib berilgan. Jumladan, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga muvofiq oxirgi ikki yilda inson huquqlari boyicha milliy institutlar, xususan:

- Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi;

- Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili;

- Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakilning (Biznes ombudsman) huquqiy maqomini takomillashtirish, ularni kadrlar bilan mustahkamlash va faoliyatining moddiy-texnika taminotini kuchaytirish boyicha aniq chora-tadbirlar qabul qilingan.

Fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi va ularni cheklash masalalari boyicha qonun loyihalarini Milliy markaz bilan majburiy ravishda kelishish tartibi joriy etilgan, 15 ta qonun loyihasi ekspertizadan otkazilgan. Otgan davr mobaynida xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida Markaz tomonidan 10 dan ortiq meyoriy-huquqiy hujjat loyihalari boyicha takliflar tayyorlangan bolib, Nogironligi bolgan shaxslar huquqlari togrisidagi, Xotin-qizlarni tazyiq va zoravonlikdan himoya qilish togrisidagi hamda Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari togrisidagi qonun hujjatlari shular jumlasidandir.

Hozirgi kunda Ozbekistonda 10 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizdagi islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki tobora kuchayib bormoqda.

Ozbekistonning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan hamkorligi faollashdi. Ozbekistonga Xyuman Rayts Votch, Amnesti Interneyshnl, Kotton Kampeyn, Norvegiya Xelsinki qomitasi, Xalqaro yuristlar komissiyasi, Inson huquqlari boyicha xalqaro hamkorlik kabi xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari tashrif buyurdi.

2019 yilda Ozbekiston tomonidan inson huquqlari va erkinliklari masalalari boyicha beshta milliy maruza tayyorlanib, taqdim etildi. Xususan, BMT tomonidan Qiynoqlar boyicha konvensiya bajarilishi borasida Ozbekistonning Beshinchi maruzasi hamda Irqiy kamsitishlar barcha shakllarini bartaraf etish togrisidagi konvensiya bajarilishi boyicha Ozbekistonning Oninchi-On ikkinchi maruzasi korib chiqildi.

Ozbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalaridan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning tavsiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni samarali bajarishga erishish maqsadida bir qator takliflar ham oldinga surilgan.

BMT va YeXHT bilan hamkorlikda inson huquqlariga oid adabiyotlar ozbek tilida nashr etilmoqda. Jumladan, BMT va parlamentlararo Ittifoq tomonidan nashr qilingan Inson huquqlari: Parlament azolari uchun qollanma hamda Parlamentlar va Barqaror rivojlanish maqsadlari toplamining ozbek tilidagi nashrlari Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat azolariga taqdim qilindi, bu amaliyotni muntazam ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.

Xulosa ornida aytish mumkinki, inson huquqlarini hurmat qilish – biz barpo etayotgan jamiyatning uzviy xususiyati, milliy va umuminsoniy mezoni hisoblanadi.

Dilbar MAMADJONOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni ozini ozi boshqarish organlari qomitasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: