O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
21.05.2020

OzXDP raqamli tizimga moslashyapti

Hozir turmushimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin. Raqamli tizim har qanday masofa va makondagi tafovutni qamrab olmoqda. Istalgan joydan turib qator davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lyapti. Elektron tijorat orqali esa mahsulotlar sotib olish, buyurtma qilish muammo emas.

Davlatimiz rahbari 11 may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari boyicha otkazgan yigilishida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi. Pandemiya sharoitida raqamli texnologiyalarning naqadar muhimligi isbotini topgani, ta’lim, davlat xizmatlari, davlat boshqaruvi tizimi, savdo va xizmat korsatish, umuman, barcha soha istiqboli raqamli iqtisodiyot bilan bogliqligi yaqqol korinib qolgani alohida takidlandi. Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish orinlari internet texnologiyalari yordamida yaratilishining oziyoq raqamli tizimni rivojlantirish vazifasi dolzarb masala ekanini yaqqol korsatib turibdi.

Xalq demokratik partiyasi ham oz tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga, xodimlar va deputatlarning konikmalarini mustahkamlashga alohida etibor qaratmoqda. Xususan, otgan yilgi saylov kampaniyasi boshlanishidan buyon partiyaning respublika darajasidagi barcha yigilishlari videomuloqot tarzida tashkil etilyapti. Ilgari mahalliy partiya kengashlari vakillari, faollar va deputatlar poytaxtda otkaziladigan yigilishlarda ishtirok etish uchun vaqt sarflab, uzoq masofa bosib kelgan bolsa, endi bularga hojat qolmadi.

Yana bir ahamiyatli tomoni, bunday tadbirlar keng auditoriyani qamrab olishi bilan ham ahamiyatga ega. Bitta majlislar zalida qatnashuvchilar soni cheklangan boladi, albatta. Videoselektor shaklidagi yigilishlarda studiyalardan koplab xohlovchilar ishtirok etib, oz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bolmoqda.

Shuningdek, partiya tizimida barcha hududiy tashkilotlarni qamrab olgan elektron hujjat almashinuv yolga qoyildi. Murojaatlarni korib chiqishda tezkorlik va aniqlik yanada oshdi.

Otgan yili bolib otgan saylov jarayonida ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Siyosiy texnologiyalarga ixtisoslashgan xorijdagi bir qator institutlar bilan bir necha marta internet orqali videomuloqot otkazildi. Muloqotlarda nafaqat partiya Markaziy Kengashi, Qoraqalpogiston respublikasi va barcha viloyatlardan minglab deputatlikka nomzodlar ishtirok etish imkoniyatiga ega boldi.

Tan olish kerak, yaqin-yaqingacha partiya yopiq tashkilotday bolib faoliyat yuritar edi. Hozir axborot texnologiyalari yordamida muloqot uchun, fikr almashish uchun ochilyapti. Bu jarayonni yangi darajaga olib chiqish dolzarb masalaga aylandi.

Albatta, tizimni takomillashtirishning eng muhim yonalishlaridan biri partiya tashkilotlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash va tezkor internet tarmoqlariga ulash hisoblanadi. Otgan yili viloyat partiya kengashlari zarur texnologiyalar bilan taminlangan edi, hozir tuman partiya kengashlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetkazib berish, zarur infratuzilmani toliq shakllantirish ishlari olib borilyapti.

Pandemiya sharoitida fraksiya faoliyati, qonun loyihalarini korib chiqish va muhokama etish, asosli takliflar berish jarayonlari ham masofadan videokonferensiya shaklida olib borilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Xalq demokratik partiyasi deputatlarining fuqarolar bilan togridan-togri onlayn muloqoti tashkil etilyapti. Saylovchilar ozlarini qiziqtirgan savol yoki masala boyicha deputatga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy muhim masalalarda aholi vakillarining munosabati, nuqtai nazari videotasvirga yozib olinib, partiya sayti, telegram kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga berib borilyapti. «Boyinbogsiz suhbat» loyihasi yolga qoyilyapti, qisqa va yengil savol-javoblar yordamida deputatlarni ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilikka tanitishga, muhim mavzularda rasmiylikdan holi tilda muloqot qilishga etibor qaratilyapti.

Albatta, barchamiz raqamli iqtisodiyotga, raqamli dunyoga, raqamli axborot va muloqot vositalariga tezroq moslashishimiz kerak. Bu borada partiyamiz tizimida qilinishi zarur bolgan ishlar oz emas va ular reja asosida izchil davom ettiriladi. Partiyaning barcha darajadagi tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining oziga xos infratuzilmasini mustahkamlash, ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama va muloqot muhitini yaratish muhim vazifa bolib qolmoqda.

Elektorat vakillarini oylantirayotgan, joylarda yechimini kutib turgan muammolarni aniqlash va ularni hal etishda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish vaqti keldi. Shuning uchun partiyamiz deputatlariga video, audio va elektron matn shakllarida murojaat va savollar yollash imkoniyatini yaratishga tayyorgarlik korilyapti.

Raqamli texnologiyalar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda malumotlarni tez taqdim eta oladi. Dunyo juda shiddat bilan ozgaryapti, uning yangi qoida va tartiblariga moslashgan tashkilotgina jamiyatda oz orni, tasir kuchiga ega boladi.

Laziza ShEROVA,

OzXDP Markaziy Kengashi masul xodimi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: