O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
10.03.2020

AYOL BAXTLI BOLSA, TURMUSH FAROVON, JAMIYAT MUSTAHKAM BOLADI

Xalqimiz azaldan Ona zotiga, xotin-qizlar sha’niga doimo yuksak ehtirom ko‘rsatib kelgan. Ayolga bolgan hurmat – bu avvalo oilaga, jamiyat kelajagiga bolgan etibor ifodasi hamdir.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, “Er yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga nisbatan munosabati bilan belgilanadi”, degan hikmatli sozlarda albatta chuqur mano bor.

Hozirgi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanmoqda.

Bugungi Ozbekistonda inson huquqlari, ayniqsa, ayollar huquqlarining himoyasiga, ularning jamiyatdagi nufuzini oshirishga alohida etibor qaratilayotganiga hammamiz guvohmiz.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Prezidentimiz ayollarni bayram bilan tabriklab ayol zotiga, uning oiladagi, jamiyatdagi orni, farzandlar yani kelajak tarbiyasidagi ishtirokiga yuksak baho berdi.

Mazkur tabrik yurt rahbarining mamlakat ayollariga nisbatan chuqur hurmat- ehtiromi namunasi boldi deya olamiz.

Suyukli qizlarimizni tariflab Muhammad Yusufdan keltirilgan satrlar kongillarimizning tub-tubiga yetib bordi:

Qiz bor uyning fayzi bolak,

deydilar,

Jannat yoli qiz bor yolak,

deydilar.

Bugungi kunda Ozbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tolaqonli ishtirok etishiga erishish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni taminlash boyicha olib borilayotgan davlat siyosatiga jahon hamjamiyati, BMT, Xalqaro mehnat tashkiloti, YuNISEF, Jahon sogliqni saqlash tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baho berilmoqda.

Barchamizni ruhlantirib, yangi kuch-quvvat bagishlaydigan bunday ijobiy ozgarishlarga, avvalambor, yurtimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotida munosib orin egallashi, ularning ijtimoiy nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan salmoqli ishlarimiz mustahkam poydevor bolayotganini takidlash lozim.

Bugungi jamiyatda ayol mavqei mehribon ona va uy bekasi doirasidan tashqariga chiqib, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotining faol ishtirokchisiga aylandi. Jamiyatda ayolning orni juda muhim va faxrlidir. Chunki ayol ozining qalb mehri bilan erkaklarning cheksiz qudratini ijobiy yonalishga burish xususiyatiga ega.

Agar biz ayol mavqeini kotarsak, uning jamiyatdagi imkoniyatlarini kengaytirsak bugungi koplab muammolarimiz hal boladi. Ozbekistonda ayollar ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va gumanitar sohalarda ota muhimm masalalarni hal qilishda faol ishtirok etmoqdalar.

Har bir ona oz farzandlarini farovon, rivojlangan, oz iqtidorini toliq namoyon etish uchun imkoniyatlar yaratilgan jamiyatda yashashini istaydi.

Prezidentimiz tabrigida ana shu niyatga yetish yollari va bu jarayonda ayollar ishtiroki va masuliyati aniq korsatib berildi.

Xalq demokratik partiyasi oz prinsiplariga sodiq qolgan holda oz faoliyatida har bir oila, har bir ayol baxtli hayot kechirishi uchun barcha jabhalarda Davlat dasturi va Prezident korsatmalari asosida saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni bajarishni maqsad qilgan.

Biz deputat ayollar xalqimiz ishonchini qozonib shunday ulug, masuliyatli ishga kirishar ekanmiz, albatta farzandlarimiz, oilalarimiz, Vatanimiz farovonligini taminlash, jahon maydonida uning har sohada munosib orin egallashi uchun bor kuch gayratimiz, bilimimizni sarflaymiz.

Maqsuda VORISOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: