O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
25.02.2020

YeVROOSIYo DAVLATLARI BILAN HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Ma’lumki, mamlakatimiz o‘zining tashqi siyosiy faoliyatini xalqimiz va yurtimiz manfaatlaridan kelib chiqib, ochiq, dostona va pragmatik tamoyillarga asoslangan holda olib bormoqda. Xususan, songgi uch yilda Ozbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblangan Turkiya davlati bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari mustahkamlanib, ikki davlat ortasidagi madaniy-gumanitar, talim va turizm sohalaridagi aloqalari izchil rivojlanmoqda.

Bundan atigi yarim asr oldin ancha qoloq agrar mamlakat hisoblangan Turkiya — bugungi kunda ornak bolsa arzigulik darajada rivojlangan mamlakatga aylandi. U ozining iqtisodiy qudratiga kora, dunyoda kuchli 20 talik guruhiga kirgan davlatlardan biri sifatida tobora industriallashib borayotganini alohida takidlash lozim.

Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning ulushi 28 foizni, qishloq xojaligi 15, qurilish 6, xizmatlar 51 foizni tashkil etadi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta ishlash sanoati eng katta ulushga ega.

Mamlakatimiz bugungi kunda Turkiyani eng asosiy sheriklaridan biri hisoblanadi. Bu ikki hamkor davlat xalqaro maydonda ham, ozaro aloqalarda ham bir-birini doimo qollab-quvvatlab kelmoqda. Yurtimizning ulkan bozori, tobora liberallashib borayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhiti, tarixiy shaharlari, muqaddas diniy qadamjolari Yevroosiyoning yirik va kuchli davlatlaridan biri – Turkiyada katta qiziqish uygotmoqda.

Hamkorligimiz, ayniqsa, oxirgi uch yilda ancha jonlandi. Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil oktabrda Turkiyaga hamda Rejep Tayyip Erdoganning 2018 yil aprelda Ozbekistonga davlat tashriflari ozaro siyosiy ishonchni mustahkamlab, samarali hamkorlikka keng yol ochdi.

Izchil muloqotlar va mushtarak intilishlar natijasi hamkorlik rivojida yaqqol namoyon bolmoqda. Masalan, 2019 yilda ozaro tovar ayirboshlash hajmi 2,5 milliard dollardan oshdi. Yaqin yillarda ushbu korsatkichni besh milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Joriy yilning 19-20 fevral kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga tashrifida ikki davlat ortasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport, logistika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish kelishib olindi. Uchrashuvda ozaro manfaatli imkoniyatlarni ishga solish, yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun Savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiya yigilishlarini muntazam otkazishga kelishilganligi muhim ahamiyatga ega boldi. Yaxshi bilamiz, Turkiyada toqimachilik, konchilik, oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika sohalari, energetika, metallurgiya, kemasozlik, avtomobilsozlik va elektr maishiy tovarlar ishlab chiqarish keng rivojlangan.

Ayniqsa, turizm dinamik tarzda rivojlanayotgan tarmoq hisoblanadi. Otgan asrning 70-yillari oxirida 300 ming sayyoh qabul qila olgan Turkiyaga 2019 yilda qariyb 52 million sayyoh kelgan. Demak, shuncha chet el fuqarolari Turkiyaning boy madaniyati, davlatchilik tarixi, urf-odatlari bilan tanishish barobarida, davlat iqtisodiyotiga yaxshigina daromad keltirgan. Bu tajribani mamlakatimiz turizmida qollash, sohani rivojlantirishda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash juda muhim. Bilingki, turizm hamma joyda ham rivojlanavermaydi eng avvalo, turizm salohiyatiga ega bolgan hududni togri tanlay bilish lozim. Shunchaki, shaharning bir chetida mehmonxona qurish, restoran ochish yoki savdo shoxobchasi barpo etish bilan turizm rivojlanib qolmaydi. Buning uchun faqatgina taraxiy obidalar bilan cheklanmasdan, madaniy, gastronomik, tibbiyot, eko, agroturizm, ziyorat turizm kabi tarmoqlarni ham rivojlantirish zarur.

Turkiya toqimachilik sanoati dunyoga mashhur. Dunyoning istalgan davlatida Turkiya trikotaj mahsulotlariga talab yuqori. Ana shunday qudratli davlat bilan hamkorlik qilish mamlakatimizning milliy manfaatlariga toliq mos tushadi. Shu manoda bugungi kunda mamlakatimizda toqimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati milliy iqtisodiyotning strategik muhim va jadal rivojlanayotgan tarmogi hisoblanadi. Ushbu sanoatning yirik istemolchilari Rossiya, Xitoy, Qozogiston, Turkiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hisoblanadi. Ularga eksportni 55 davlatda joylashgan yetkazib beruvchi korxonalar amalga oshiradi.

Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan toqimachilik korxonalari tashkil etish va yetishtirilayotgan paxtani toliq qayta ishlab, tayyor mahsulot uchun sertifikatlashni joriy qilish va jahon bozoriga yonaltirish boyicha kelishuvlar, iqtisodiyotimiz rivojida tekstil sohasining ulushi yuqori suratlarda osishida muhim ahamiyatga ega boladi. Yana bir muhim masala, transport aloqalarini kengaytirish, Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yolga qoyishga kelishildi. Intensiv bogdorchilik, baliqchilik, chorvachilik, naslchilik yonalishlarida Turkiyaning ilgor tajribasini ozlashtirish, universitetlar va ilmiy markazlar bilan qoshma tadqiqotlar olib borish masalalariga toxtalib otildi.

Izchil muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasi hamkorlik rivojida yaqqol namoyon bolmoqda. Ikki mamlakat ortasidagi munosabatlar togrisida soz ketganida, madaniyat va talim sohasidagi hamkorliklar haqida alohida toxtalib otish joiz. Chunki, mamlakatlarimiz ortasidagi dostlik rishtalarini madaniy-gumanitar tadbirlar, turli festivallar yanada mustahkamlaydi. Turkiya madaniyati va sanati vakillari Samarqandda otadigan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalida muntazam ishtirok etadi. Shuningdek, turk amaliy sanati va folklori namoyandalari yurtimizda ilk bor otkazilgan Xalqaro maqom sanati anjumani, Hunarmandchilik festivalida ham oz sanati va madaniyati namunalarini taqdim etdi.

Muzokaralarda sogliqni saqlash va tibbiy talim sohalarida, yetakchi tadqiqot markazlari ortasida tajriba almashish hamda professional kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik masalalariga alohida etibor qaratildi. Prezidentlar Ozbekistonda onkogematologiya, kardiojarrohlik, oftalmologiya yonalishlarida zamonaviy qoshma klinikalar va diagnostika markazlari tashkil etish, kichik biznes, toqimachilik kabi yonalishlarda qoshma talim dasturlarini amalga oshirish, klasterlar uchun mutaxassislar tayyorlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Ikki davlat rahbarlarining har galgi uchrashuvi samimiy ruhda otib, tomonlarning siyosiy muloqot va kop qirrali hamkorlikni mustahkamlashga intilishi qatiy ekanini korsatadi.

2018 yili 29 aprel kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoganning davlatimizga tashrifi chogida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish boyicha kelishuvga erishilgan edi. Davlatimiz rahbari mazkur strategik hamkorlik kengashining birinchi yigilishida ishtirok etib, unda siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport va tranzit, qishloq va ormon xojaligi, madaniyat, talim, fan va texnika, innovatsiyalar, sogliqni saqlash va boshqa ozaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi belgilab olindi.

Muzokaralar xalqlarimiz ortasidagi azaliy dostlik va qardoshlik ananalariga mos holda, ochiq, sermazmun va samarali boldi. Hamkorlikning bugungi holati xolisona baholanib, uning ustuvor yonalishlari va istiqboldagi vazifalari aniq belgilab olindi.

Mehrojiddin DARXANOV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: