O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
21.01.2020

Kelajak bizniki, biz Vatanimizniki!

— deydi yosh deputat Farrux Bekmurzayev

Buxoro viloyatida yaxshi an’ana shakllangan. Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev tez-tez tuman va shaharlarda bolib, barkamol avlod vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularni tashvishlantirayotgan muammolarni joyida organib, hal qilishga harakat qiladi.

Qoravulbozor tuman “Neftchilar saroyi”da tashkil etilgan Hokim va yoshlar uchrashuvi avvalida viloyat rahbari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar, shuningdek, tuman yoshlarining ijodiy va texnik korgazmasini kozdan kechirdi.

Tadbir yangilikka och tashabbuskor va tirishqoq yigit-qizlarga kuch-gayrat bagishladi. Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlar ozlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolar yuzasidan viloyat hokimiga togridan-togri murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi.

Qorovulbozor Sanoat va transport kasb-hunar kollejini tamomlagan Zavqiddin Polatov tuman markazida mojaz sartaroshxonasini ochgan. Mijozlar talabidan kelib chiqib, u sartaroshxonasini kengaytirishga qaror qilgan. Biroq sarmoyaga muhtoj. Shu maqsadda 40 million som kredit mablagi soragan yosh hunarmandning talabi tijorat banki orqali qondiriladigan boldi.

«Kelajak bizniki, biz esa Vatanimiznikimiz!», deydi 14-Qorovulbozor saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati Farrux Bekmurzayev. Buxoro muhandislik-texnologiya institutini bitirganimdan song tadbirkorlikka qol urganman. Dastlab Nigora Feruzi xususiy firmasini, keyin esa Sifatli sut mahsulotlari, Qorovulbozor Nurobod, Qorovulbozor issiq non, Golden Platinum design, Azia Fructis Garden kabi MChJlarni ochib, turli sohalarda faoliyatni yolga qoyganmiz. Qishki mavsumda ham qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida 20 gektarli issiqxonani barpo etib, yuz kishini ish bilan taminladik. Bundan tashqari, parrandachilikni rivojlantirish maqsadida tovuqlar omuxta yemini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sex barpo etdik. Mahalliy aholi xonadonlariga 150 boshgacha tovuq berib, parvarishini tashkil etmoqchimiz. Uning ozuqasi va yemini ozimiz taminlaymiz. Faqat biz bilan hamkorlik qilgan xonadon ana shu tovuqlarni boqib, topshirsa, kifoya.

Tadbirkor xonadon boquvchilariga oylik maosh ham tayinlagan. Hisob-kitobga kora, parrandani ijaraga olib, parvarish qilib topshirgan oila oyiga ortacha 1,5 million som daromad qilarkan. Mutasaddilar tomonidan bu taklifni ommalashtirish talabi qoyildi.

Sabrina Egamberdiyeva 8-sonli umumtalim maktabi 9-sinf oquvchisi. Sportning muay-tay turi boyicha bir necha marotaba mamlakat chempioni. Hademay, respublika turnirida navbatdagi musobaqada viloyat sharafini himoya qiladigan bu istedod sohibasi yosh sportchilarni moliyaviy qollab-quvvatlashda komak soradi. Uning talabi qondirilib, yosh sportchilar uchun moliyaviy taminotchi biriktirildi. Muloqot paytida nafaqat Sabrina, balki songgi bir yilda viloyat va respublika sport turnirlarida ozini korsatgan 15 nafar yosh mahorat egalarining har biriga viloyat hokimining esdalik sovgasi noutbuklar topshiriladigan boldi.

Umuman, shu kuni ottizdan ortiq murojaat yuzasidan oz dunyoqarashi, tashabbusi va loyihasiga ega bolgan yigit-qizlarni har jihatdan qollab-quvvatlash boyicha amaliy chora-tadbir, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Biz esa ana shunday iqtidorli, kopning nazariga tushgan partiyadoshimiz, Buxoro viloyat Kengashi deputati Farrux Bekmurzayev faol yoshlar safidan joy olgani, kopchilikka ornak bolayotganidan gururlandik. Deputatlik faoliyatida ham aholi manfaatlari yolida ogishmay harakat qilishiga, saylovchilarga bergan vadalarini ustidan chiqishiga ishonamiz.

Shahlo BAQOYeVA,

OzXDP Buxoro viloyat kengashi

Matbuot kotibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: