O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
14.01.2020

IShONCh VA MASULIYaT

Bugun viloyatdagi qaysi sohani olmang, qaysi hududda bo‘lmang, quvonishga arzigulik ozgarishlarni korasiz. Kim bilan suhbatlashmang, ertangi kun bilan bogliq ezgu niyatlarini eshitasiz. Kimdir yangi savdo majmuasi qurmoqchi, boshqasi oz biznesini yolga qoymoqchi, kimdir esa bankdan olgan krediti asosida oz xususiy korxonasini kengaytirmoqchi. Ular — dunyoqarashi kundan-kunga rivojlanayotgan, zamon bilan birga qadam tashlayotgan, inson sifatida qadri yuksalayotgan Yangilanayotgan Ozbekiston farzandlaridir!

OzXDPning eng yosh deputati Sherzod Rahmonov ham “Yangi Ozbekiston –yangi saylovlar” shiori ostida otgan muhim siyosiy jarayonda xalq ishonchiga sazovor bolib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan yoshlardan biri.

Sh. Rahmonov 1993 yilda Buxoro shahrida tugilgan. Bolaligidan qishloq xojaligi, chorvachilik va parrandachilikka ishtiyoqi baland edi. Shu qiziqish uni Peshku qishloq xojaligi kasb-hunar kolleji, songra Buxoro davlat universitetida tahsil olishga undadi. Uning faoliyatiga nazar solgan kishi yutuqlari kolamini korib, havas qilishi tabiiy. U parrandachilik mini-fabrikalari uchun juda zarur bolgan, qol mehnatini yengillashtiruvchi parrandalarga moljallangan ozuqalarni qoshib beruvchi ORZU-1, ORZU-2 uskunalari yaratuvchisi. Shuningdek, Sherzod Rahmonov 2013 yilda Yosh tadbirkor elga madadkor respublika tanlovi golibi. 2014 yilda Yilning eng faol yosh mutaxassisi tanlovining respublika bosqichida Eng faol yosh tadbirkor nominatsiyasi boyicha taqdirlandi. 2015 yilda Ozbekiston belgisi kokrak nishoni sohibi bolib, 2018 yilda esa Mard oglon davlat mukofotini oldi. Shu yildan buyon Yoshlar kelajagimiz jamgarmasining Buxoro shahar filiali rahbari hamda viloyat koordinatori vazifalarida ishladi. Shuningdek, Shuhrat-mashservis agro sahovati MChJ va Hamro Rahmon chorva fermer xojaligi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritdi. U xonadonlarda, fermer va yordamchi xojaliklarda kichik parrandachilik fermalarini tashkil qilish boyicha ommabop qollanma kitobining muallifi. Shuningdek, Yosh mutaxassislar II- Respublika forumi doirasida otkazilgan «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovi golibligini ham qolga kiritgan.

U 2014 yilgi saylovda xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi deputati sifatida saylovchilar ishonchini oqladi.

2019 yil 22 dekabrda bolib otgan saylovda 29- Jilvon saylov okrugidan Sherzod Rahmonov Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylandi.

Yoshlik insonga cheksiz imkoniyat, shijoat va gayrat beradigan davr. deydi u biz bilan suhbatda. Ana shu davrning har bir daqiqasidan unumli foydalangan inson katta yutuqlarga erishishi tayin ekan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylanganim xalq ishonchi, degani. Menga bildirilgan bu ishonchning mas’uliyat zalvori ogir. Bunga munosib bolish uchun yanada gayrat bilan ishlashga togri keladi.

Shahlo BAQOYeVA,

OzXDP Buxoro viloyat kengashi

matbuot kotibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: