O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
01.09.2019

SHUKUHLI KUNLAR SHUKRONASI

Bugun buyuk bunyodkorlik sari tashlayotgan qadamlarimizda o‘zgacha shiddat bor, ot-olov bor. Odamlar kayfiyatida ajib bir kotarinkilik, ertangi kunga ishonch, eng muhimi, islohotlarga daxldorlik tuygusi bor. Bu ruh saylovchilarim bilan yuzma-yuz muloqotlarda, uchrashuvlarda yaqqol aks etyapti. Axir kechagina suhbatimiz mavzusi tamomila boshqacha edida. Rosti, bundan 3-4 yil ilgari saylovchilar bilan bolgan uchrashuvlarda plastik kartochka, naqd pul muammolari, elektr energiyasidagi uzluksiz uzilishlar, uy-joy tanqisligi, bandlik masalalari kotarilar edi. Saylovchilarimning savollari, e’tirozlari asosan quyidagicha bolardi:

— Bir oilada 5 rozgormiz, 1 xona bolsa-da uy qurishga yer ajratishni sorab, bosh urib bormagan idoram qolmadi...

Kollej 3 kilometr uzoqda. Transport yoq. Bu haqda ham oylaydiganlar bormi?

Kollejni tugatganlarga ish masalasi...

Uchrashuvlarda qayta-qayta ana shu muammolar tilga olinar, muammolarning yechimi bormi ozi, degan savollar kondalang edi.

Bugun esa suhbatimiz mavzusi oldingilariga oxshamaydi. Yuqoridagi kabi dilni ortar savollar deyarli kotarilmaydi. Goyo, kechagi uchrashuvlarda kotarilgan masalalarni, savollarni bugun hamma unutgandek. Shunday savollar berilgani yoddan ham chiqqandek. Chunki ular ozining ijobiy yechimini topdi. Bugun eng olis xududda ham chiroq ochmaydi. Plastik, naqd pul muammosi faqat xotiralarda qoldi. Ota-onalarning maktablarda 11 yillik majburiy talimni qayta joriy etish xaqidagi niyatlari ham amalga oshdi. Prezidentimizning umumiy orta, orta maxsus va kasb hunar talimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni tizimdagi muammolarga yechim topdi. Joylarda yol-transport infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmagani tufayli ota-onalar farzandining uzoq kollejdan piyoda uyga qaytishini ming xavotirda kutmaydi endi.

Bugun eng katta muammo bolib kelgan uy-joy masalasi hal bolayotganidan aholining quvonchi cheksiz. Ozining uyi-joyi bolishini orzu qilganlarning niyati amalga oshmoqda. Kam taminlangan oilalar, yakka yolgiz qariyalar, boquvchisini yoqotganlar ham bugun davlat, fuqarolarning tinchini oylaydigan xalqparvar siyosat olib borilayotganini yurakdan sezishmoqda.

Darhaqiqat, Prezidentimiz va hukumat koradigan asosiy himoya choralari eng avvalo nogironlar, yetim-esirlar, qariyalar, kop farzandli onalar, talabalar va maktab oquvchilari manfaatiga xizmat qilmoqda. 2018 yilning 24 noyabrida qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaror, «Obod qishloq», Obod mahalla dasturlarining ijrosi davomida koz quvonadigan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Muhimi, odamlarning uy-joy sharoiti yaxshilandi. Shahar, tumanlarda infratuzilmani rivojlantirishga katta etibor berilmoqda. Bu esa qator muammolarga barham beradi. Oilalar yashash tarziga, farovonligiga ijobiy tasir korsatadi. Yosh oilalarning mustaqilligi, mustahkamligini taminlash bilan birga, turli nizolar va ajrimlarning oldini oladi. Farovon turmush esa avvalo tinchlik bor joyda kafolatlanadi. Aynan tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik rivojlanishni taminlaydi. Hamma sohada muvozanatni saqlaydi. Har bir insonga ertangi kunga ishonch va umid bilan qarashni orgatadi.

Ozbekiston ilk bor ochiq xususiyatga ega bolgan Mudofaa doktrinasini qabul qilib, harbiy sohada mamlakat milliy xavfsizligini taminlashga doir usullar va yondashuvlarni butun dunyoga elon qildi. Nomidan korinib turibdiki, yurtimizning tashqi siyosati mudofaa ruhida tinchlikparvar siyosat yuritadi. Yani Ozbekiston Respublikasi hech bir davlatni ozining dushmani, deb hisoblamaydi va barcha mamlakatlar bilan munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi asosida xalqaro huquqning umumetirof etilgan tamoyillari va meyorlarini inobatga olgan holda, teng huquqlilik hamda ozga davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik, barcha nizolarni tinch vositalar va muzokaralar yoli bilan hal qilish asosida quradi. Biz tinchlikparvar siyosatimizni dunyoga elon qildik.

Shuningdek, bugun Qonunchilik palatasida mudofaa togrisidagi qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi, fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki togrisidagi va boshqa qonun loyihalari muhokama etilmoqda. Qonun nomlarining oziyoq, tinchlikni saqlash har bir fuqaro uchun sharafli burch ekanini anglatadi. Shubhasiz, bu tinchligimiz, osoyishtaligimiz, mudofaa qobiliyatimizni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bugun saylovchilarimiz bilan bolayotgan uchrashuvlarda aholi qonun ijodkorligi faoliyatimiz, qabul qilinayotgan qonunlar haqida koproq bilishni istashyapti, olib borilayotgan islohotlar haqida sozlashayapti. Quvonarlisi, saylovchilarimiz uy toylariga, yangi maktab, mahalladagi yangi bogcha ochilishi tadbirlariga takliflar kopayib bormoqda. Axir kechagina uzoq yillar navbat kutib turgan ona bugun bu bolasini oz xohishi va imkoniyatiga qarab, bolalar bogchasiga bermoqda. Xususiy tadbirkorlar davlat sherikchiligi asosida maktabgacha talim muassasalarini bunyod etmoqda. Mahallada bir nechta bogchaning borligi tufayli navbat, degan tashvishga chek qoyilmoqda. Demak, bu muammo ham oz yechimini topmoqda.

Saylovchilarim bilan bolgan bayram arafasidagi uchrashuvlarda 85 yoshli Ergash otaning gurur bilan aytgan sozlarini esladim:

Kecha Afrosiyob poyezdida Toshkentga borib keldim. Tezyurar poyezd degani yurmas ekan, ucharkan. Yaqin-yaqingacha kunimiz, tunimiz yolda otar edi. Toshkentdan Qarshigacha 10-12 soatlab yurardik, bugun yoshlar bunga ishonmaydi...

Darhaqiqat, bugun mamlakatimizdagi ozgarish va yangiliklarni har bir yurtdoshimiz korib, his etib, quvonib turibdi. Xalqimizda bir ajoyib maqol bor: Ortingga qarab, bugunga boqib shukr qil, oldinga qarab fikr qil. Shukronalik hissi ertangi ezgu ishlarimizga zamin hozirlaydi. Har birimiz masuliyat va fidoyilik bilan mehnat qilsak, yangi marralar bizniki boladi, yurtimiz yanada gullab yashnaydi. Vatan obod, bolalarimiz baxtli yashaydi.

Komila KAROMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: