O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
01.09.2019

NAVBATDAGI VIDEOMULOQOT

kam ta’minlanganlik darajasini belgilash mezonlari muammolar va yechimlar masalasiga qaratildi

Muloqotda partiyaning markaziy, mintaqaviy kengashlari masullari, Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi azolari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Sog‘liqni saqlash, Iqtisodiyot va sanoat, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari vakillari, ekspertlar ishtirok etdi.

Yigilishda asosiy etibor kopchilikni oylantirib kelayotgan, dolzarb ijtimoiy masalalarga qaratildi. Xususan, oxirgi paytlarda koplab tushunmovchiliklarga sabab bolayotgan «kam taminlanganlik» darajasini belgilash boyicha aniq mezonlar mavjud emasligi bilan bogliq masala atroflicha muhokama qilindi. Mazkur holat ijtimoiy nafaqalarni belgilash, moddiy yordam korsatish jarayonlarida qator chalkashliklarga sabab bolayotgani takidlandi. Bu masalada xalqaro amaliyotni organish, yashash minimumi va istemol savatchasi kabi meyorlarni mamlakatimiz qonunchiligida mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Aytish kerakki, yashash minimumi korsatkichlari davlat tomonidan ijtimoiy siyosat yuritishda qollaniladi. Xususan, aholining turmush darajasini baholash uchun yashash minimumidan past, teng va yuqori daromadli aholi salmogi aniqlanadi. Shu asosda aholining kam taminlangan qatlamini qollab-quvvatlash uchun aniq yetib boradigan manzilli ijtimoiy yordam korsatiladi. Eng kam ish haqi, ijtimoiy nafaqa va pensiyalar miqdorini asoslashda foydalaniladigan ushbu korsatkich kam taminlanganlik mezoni hamdir. Videomuloqotda ana shular haqida soz borar ekan, qonunchilik talabi toliq bajarilmayotgani, undagi ayrim chalkashliklar sababli turli muammolar yuzaga kelayotgani aytib otildi. Joriy etilgan meyorlar bugungi davr talabiga mos kelmayapti. Natijada kam taminlanganlik, ijtimoiy qollab-quvvatlashga muhtojlikni aniqlashda qator anglashilmovchilik va tushunmovchiliklar kuzatilyapti, deyildi yigilishda.

Mehroj DARXONOV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— Bu muammoni bartaraf etish uchun qonunchilikni mustahkamlash zarur. Masalan, haqiqatdan ehtiyojmand va davlat komagiga muhtoj bolgan kam taminlangan, jumladan, turli sabablarga kora, oilaning birinchi navbatdagi ehtiyojlarini taminlay olmaydigan kam daromadli oilalar va yolgiz fuqarolar bor. Balogatga yetmagan bolalari bolgan kop bolali, boquvchisi nogiron yoki mehnat qobiliyatini qisman yoqotgan surunkali kasal oilalarga ham komak berish lozim. Shuningdek, vaqtincha ishsizlar, yolgiz pensionerlar va boshqa ota muhtoj oilalarni aniqlash kerak. Ularga doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi boyicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash tartibini belgilashda qulayliklar nazarda tutuvchi meyorlar kiritish zarurati paydo bolgan.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qollab-quvvatlash, kam taminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan amalga oshiriladi. Shunga kora, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tomonidan kam taminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish ishlari 3 yonalishda olib borilmoqda. Yani, bular – 14 yoshgacha bolalari bolgan oilalarga nafaqa tayinlash, bola ikki yoshga tolgunga qadar bola parvarishi boyicha nafaqa tayinlash hamda kam taminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va tolash tartibini nazarda tutadi. Biroq amaldagi nizomda kam taminlanganlik, ijtimoiy qollab-quvvatlashga muhtojlikni aniqlashda qator anglashilmovchilik va tushunmovchiliklar kuzatilyapti. Demak, yangi tahrirdagi qonunga ehtiyoj sezilmoqda.

Maqsadimiz bugun muammolar haqida gapirish emas, ularga yechim topish yollarini izlash, organish va fikr almashishdan iborat. Qisqa qilib aytganda, istemol savatchasini hisoblashda yurtimiz va jahon tajribasi, Oziq-ovqat mahsulotlari royxati va ularni istemol qilishning kunlik ortacha minimal tibbiy meyorlari togrisida takliflar, fikr-mulohazalar biz uchun muhim sanaladi.

Yigilishda, shuningdek, mutaxassislar istemol savatida minimal oziq-ovqat savati muhim orin tutishini alohida takidlashdi. Minimal istemol savatini belgilash bilan bogliq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Qayd etildiki, aholining munosib hayot kechirishi yashash minimumi va istemol savatchasi asosida daromadlarni aniqlash yoli bilan taminlanadi. Xalqaro tajribada yashash minimumi odam organizmi normal faoliyat korsatishini taminlash va uning salomatligini saqlash uchun yetarli bolgan oziq-ovqat mahsulotlari toplamining, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bolgan nooziq-ovqat tovarlari minimal toplamining qiymat miqdori hisoblanadi. Istemol savatchasi esa odam yoki oilaning oylik (yillik) ehtiyojining odatiy darajasi va tuzilmasini tavsiflovchi tovarlarning hisoblanadigan namunaviy toplamidir.

Istemol savatchasini joriy qilish bugungi kunda aholi turmush farovonligini oshirish, mamlakatimizda mehnatga haq tolashning minimal chegaralarini belgilashda eng dolzarb masala hisoblanadi.

Aholining minimal ijtimoiy standartlarini oshirib borish, eng kam miqdordagi ijtimoiy standartlarni ishlab chiqish, yashash uchun kerak bolgan mablagning eng kam miqdorini aniqlash tizimini joriy etish masalalari katta ahamiyatga ega.

Qolaversa, istemol savatini belgilashda issiq yoki sovuq tabiiy-iqlim sharoiti, aholining asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar istemol qilinishidagi milliy ananalar, mahalliy xususiyatlarni hisobga olish muhimligi takidlandi.

Shuning uchun Xalq demokratik partiyasi inson salomatligini saqlash, uning hayotiy faoliyatini taminlash uchun zarur bolgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarning namunaviy minimal turlari royxatini ishlab chiqish boyicha takliflarni organmoqda.

Videomuloqotda muhokama etilgan masalalar boyicha oldinda turgan vazifalar aniq belgilab olindi.

Avvalo, yashash minimumi va istemol savatchasi hamda ularni qollash tartibi yuzasidan xalqaro amaliyotni chuqur organib chiqish boyicha mutaxassislar, olim va ekspertlardan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi. Guruh azolari xalqaro amaliyotni organib, taklif va xulosalarini tayyorlaydi. Shu asosda Xalq demokratik partiyasining aniq pozitsiyasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, yashash minimumi va istemol savatchasi bilan bogliq meyorlarni qonun darajasida mustahkamlab, amaliyotga joriy etish vazifasini partiyaning yangi Saylovoldi dasturiga kiritish, ikkita muhim yonalishda Yashash minimumi togrisida va Istemol savatchasi togrisida qonun loyihalari konsepsiyalarini tayyorlash masalasi koriladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: