O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
20.08.2019

AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOTDA

20 dan ortiq masala ijobiy hal qilindi

O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi Termiz shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Madaniyat va istirohat bogida «Aholi bilan muloqot: muammo, yechim va samara» mavzusida ochiq muloqot tashkil qildi. Mutasaddilar, faollar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda asosiy diqqat-e’tibor aholini qiynab kelayotgan muammolarni organish va ularni bartaraf qilishga qaratildi.

— Uchrashuvni tashkil qilingani ayni muddao boldi, deydi Baynalmilal mahalla fuqarolar yigini raisi Akram Rahmonov. Hududimizda 4 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi, ikki kun elektr energiyasi taminotida uzilish bolgandi. Kopchilikni qiynagan masala qisqa fursatda yechim topganidan xursandmiz.

Men ham Baynalmilal mahallasida yashayman, dedi Anora Nomozova. Suv quvuri yorilganidan aziyat chekayotgandik. Muammo yuzasidan bir necha marta mutasaddilarga murojaat qildik. Afsuski, foydasi bolmayapti.

Qurilish-tamirlash ishlari olib borilayotgani uchun haqiqatan ham uzilishlar boldi, deydi Termiz shahar Suvoqova unitar korxonasi bosh muhandisi Atham Jorayev. Bir hafta ichida quvurlar toliq tamirlanadi hamda aholi ichimlik suvidan bahramand bola boshlaydi.

Tadbir davomida shu kabi 30 ga yaqin murojaat qabul qilindi, ularning asosiy qismiga joyida yechim topildi. Uchrashuv yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj bir guruh elektoratimiz vakillariga qoltiqtayoq, nogironlik aravachalari hamda viloyat partiya kengashining sovgalari topshirildi.

Abdumalik HAYDAROV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: