O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
20.08.2019

OZBEKISTON XDP SAYLOVOLDI DASTURIGA TAKLIFLAR OLINMOQDA

Shu yilning dekabr oyida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea — parlament va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar bo‘lib otadi. Yangi tashkiliy-huquqiy sharoitda otkazilayotgan mazkur saylov siyosiy partiyalar zimmasiga har qachongidan katta mas’uliyat yuklamoqda.

Shu kunlarda siyosiy partiyalar yangi dasturi va Saylovoldi dasturini ishlab chiqmoqda. Ushbu muhim hujjatlarning hayotiyligini taminlash maqsadida elektorat muammolari organilmoqda, hududlar rivojiga tosiq bolayotgan muammolar tahlil etilib, ularning yechimiga alohida etibor qaratilyapti. Oz navbatida ushbu muhim vazifalar boyicha partiya dasturi va Saylovoldi dasturiga takliflar berilyapti.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi ham faollar, deputatlar va azolari bilan otkazilayotgan uchrashuvlarda partiya dasturi va Saylovoldi dasturini yanada mukammallashtirish, hududlarning rivojlanish holatidan kelib chiqib, muhim vazifalarni belgilash etibor markazida turibdi.

Boymurod YUSUPOV, OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri:

– Hammamiz yaxshi bilamizki, partiyamiz dasturiy maqsadlarida ozgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bolgan shaxslar va ularning oila azolarining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish masalasiga alohida etibor qaratilgan. Shundan kelib chiqib, tayyorlanayotgan yangi Saylovoldi dasturiga nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlash, ularning hayotga qiziqishini oshirish, huquqlarini taminlash boyicha yana bir qator vazifalar belgilanishi kerak, deb oylayman. Togri, Saylovoldi dasturi loyihasida bu masalaga etibor qaratilgan. Lekin nogironligi bolgan shaxslarning hayotiy ehtiyojlari bilan bogliq muhim yonalishlar diqqat markazidan chetda qolmasligi kerak.

Masalan, bunday shaxslarning ishga joylashish darajasini orttirish maqsadida «Ijtimoiy mehnat orinlari togrisida» qonun qabul qilish lozim, deb oylayman. Aytaylik, kimdir ozi yurolmasa ham qol mehnati orqali hunarmandchilikning qaysidir turi bilan shugullanadi. Biz ana shunday insonlarga yaqindan komak berishimiz, mehnatini qadrlashimiz, buning qonuniy asoslarini mustahkamlashimiz kerak. Oilasi farovonligiga ulush qoshish ularning konglini kotaradi, hayotga umidi, qiziqishini oshiradi.

Xalila YESHIMBETOV, OzXDP Qoraqalpogiston Respublika Kengashi raisi:

Kishilarning yaxshi yashashi va munosib turmush sharoitiga ega bolishida kommunal soha rivoji muhim orin tutadi. Bu masala bevosita dasturiy maqsadlarimizga hamohang bolgani uchun Saylovoldi dasturida shu yonalishga ham alohida etibor qaratilgan. Mening fikrimcha, bu boradagi vazifalar kolamini yanada kengaytirish lozim. Masalan, kommunal sohada malumotlarning ochiqligini taminlash, ushbu xizmatlarga ornatilgan tariflar ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish kerak. Aholi bilan ochiq muloqotlar otkazganimizda kommunal soha bilan bogliq koplab murojaatlar boladi, savollar berishadi. Agarda tizimda malumotlar ochiqligi toliq taminlansa, bu kommunal xizmatlar taminotchilarining masuliyatini oshirish, ishlab chiqarish bilan bogliq bolmagan yoqotishlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Abdulhamid NURMATOV, OzXDP Andijon viloyat kengashi raisi:

Avvalo, takidlash kerakki, partiyamizning yangi dasturida ijtimoiy himoya masalalari alohida orin olganini kopchilik qollab-quvvatlamoqda. Chunki bular eng dolzarb hayotiy vazifalar bolib, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, iqtisodiy daromadlarini kopaytirish masalalari bilan uygundir.

Shu orinda Saylovoldi dasturiga bir taklif aytmoqchi edim. Menimcha, davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlami uchun qabul qilingan barcha meyoriy hujjatlarni bir tizimga solib, ularni kodeks shaklida bir toplamga birlashtirish vaqti keldi. Bu hujjatda ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam, kam taminlangan oila sifatida royxatga olish tartibi, nogironlik va tibbiy xizmat korsatish tartibini belgilash, huquq, imtiyoz va majburiyatlarni aniq korsatib otish lozim, deb hisoblayman.

Maqsud XOLOV, Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputati, OzXDP guruhi azosi:

Partiyamiz Saylovoldi dasturiga taklif bermoqchiman. Tibbiyot sohasida aholini qiynayotgan eng ogriqli masalalardan biri odam azolari va toqimalarini transplantatsiya qilish boyicha respublikamizda yetarli imkoniyatlar mavjud emasligidir. Bu esa aholini katta mablag evaziga xorijga chiqib, davolanib kelishiga sabab bolmoqda. Shuni inobatga olgan holda partiyamiz aholiga mazkur yonalishda sifatli va arzon tibbiyot xizmatini korsatish boyicha imkoniyatlar yaratish vazifasini ham oz oldiga maqsad qilishi kerak. Bu aholiga korsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish barobarida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taminlashga xizmat qiladi.

Bahriddin TOSHMAMATOV, OzXDP Navoiy viloyat kengashi bolim boshligi:

Hukumat qarori asosida nogironligi bolgan bolasini tarbiyalayotgan onalarga pensiyaga chiqayotganda kamida 7 yillik ish stajiga ega bolishi shartligi amaliyoti bekor qilindi. Endilikda nogironligi bolgan bolasini tarbiyalayotgan onalarga ular 55 yoshga tolganlarida ish staji bolmasa ham ijtimoiy nafaqa tayinlanmoqda. Lekin bu borada etibor qaratish kerak bolgan bir masala bor. Bizning fikrimizcha, nogironligi bolgan bolasini tarbiyalayotgan onalarning pensiyaga chiqish tartibini qayta korib chiqish, bu masalani partiyamiz Saylovoldi dasturida nazarda tutish kerak.

Sherzod SODIQOV, OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri:

Menimcha, respublikada faoliyat yuritayotgan oliy talim muassasalarida tolov-shartnoma miqdoridagi nomutanosiblikni yoqotgan holda, barcha talim muassasalarida talim tolovlari miqdorini tenglashtirish kerak. Masalan, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlari hamda tibbiyot oliygohlarida talim tolovlari miqdori boshqa oliy talim muassasalarinikiga nisbatan ancha yuqori. Lekin barcha oliy talim muassasalari talabalari uchun tolanadigan stipendiyalar miqdori bir xil. Kam taminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari tolov-shartnoma miqdori yuqori bolgan oliy talim muassasalariga kontrakt asosida oqishga qabul qilinganda tolov masalasida qiyinchilikka duch kelmoqda.

Gulshan ASATOVA, OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri:

Avvalo, biz eng muhim bir masalaga etibor qaratishimiz kerak. Yani, tayyorlanayotgan dastur hamma tushunadigan oddiy, xalqchil tilda yozilishi, qoyilayotgan vazifalar ham aniq bolishi kerak.

Fikrimcha, partiya Saylovoldi dasturida siyosiy bilimi yuqori, masuliyatli xotin-qizlarni aniqlab, ularni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish masalasi orin olishi joiz, deb oylayman. Bu jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirishda katta ragbat vazifasini otaydi, deb oylayman.

Bundan tashqari, ogir ijtimoiy vaziyatga tushib kolgan xotin-qizlarga, nogironligi bolgan, kam taminlangan, farzandlarini toliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj ayollarga arzon uy-joylar berilishi ustidan parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalasi haqida ham jiddiy oylab korish lozim.

Qishloq va mahallalarda xotin-qizlar bilan kop uchrashuvlar, yuzma-yuz muloqotlar otkazamiz. Suhbatlar davomida bir narsaga kop guvoh bolaman: qoligul, hunarli, istedodli qizlarimiz juda kop. Faqat ularning ish boshlashiga komaklashish, qobiliyatini togri yonaltirish lozim. Bunga, ayniqsa, ota-onalar ham bosh bolib, oilaviy tadbirkorlikni yolga qoyishsa, koplab xotin-qizlarimizning bandligi taminlanadi.

Yana bir masala. Ayollar bilan uchrashganimizda bola boqish tatili nima uchun pensiya yoshiga qoshilmaydi, degan savollar kop boladi. Bizningcha, bu masalani kengroq oylab korib, taklif tayyorlash lozim.

Ravshan HOMITOV, OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri:

Aholi ijtimoiy himoyasini taminlash, xususan, nogironligi bolgan shaxslar oqib-organishi uchun sharoit yaratish masalasi ham dolzarbdir. Saylovoldi dasturimizda shu yonalishni etiborga olsak, yaxshi ish bolardi, deb oylayman.

Masalan, kozi ojiz yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida brayl yozuvidagi kitoblarni kopaytirish, respublikaning yirik mintaqalarida maxsus tipografiyalarni tashkil etish lozim, deb oylayman...

Albatta, yuqoridagi takliflarning hammasi ham chuqur tahlillarga asoslanmagan bolishi mumkin. Partiya Markaziy Kengashidagi ekspertlar guruhi har bir taklifni chuqur organib, tahlil qilib xulosa chiqaradi.

Bugungi kunda partiyamiz Dasturi va Saylovoldi dasturi loyihalari takliflar uchun ochiq. Loyihalarni takomillashtirish jarayoni davom etomqda.

Hurmatli yurtdoshlar, partiyamiz azolari va faollari, qadrli olimlar va mutaxassislar, takliflaringiz, fikr-mulohazalaringizni kutamiz.

Elektron manzil: uzxdp@mail.ru

OzXDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: