O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
13.08.2019

MOYNOQDA SAYYOR QABUL OTKAZILDI

Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qoyish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlarni korib chiqib, samarali hal etish boyicha choralar korish partiyamizning nufuzini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Zamon bilan hamqadam bolish, kerak bolsa, undan bir qadam ilgari yurish – bugungi kun talabi. Bu siyosiy partiya uchun ayniqsa dolzarb masaladir.

Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika Kengashi tashabbusi bilan Moynoq tumani «Qazaqdarya» ovul fuqarolar yigini hududida sayyor qabul tashkil etildi. Aholi bilan muloqot: muammo, yechim va samara deb nomlangan tadbirda tuman darajasidagi barcha boshqarma va tashkilot rahbarlari, prokuratura, MIB, IIB hamda sektor rahbarlari ishtirokida murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlar har bir soha va yonalish boyicha organildi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, nogironligi bolgan shaxslar muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Mahallalarda yechimini kutayotgan masalalar, xususan, yollarni tamirlash, elektr energiyasi va suv taminotini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish orinlari yaratish, yoshlar bandligini taminlash masalalari yuzasidan murojaatlar tushdi.

Sayyor qabulda 40 dan ziyod murojaat qabul qilindi. Murojaatlarning 20 dan ortigi hududning ozida yechim topadigan boldi. Qolgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda organib chiqilishi togrisida tushuntirish berildi. Bu jarayon deputatlar tomonidan nazoratga olinadigan boldi.

OzXDP Qoraqalpogiston respublika kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: