O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
06.08.2019

TAYYORLANAYOTGAN SAYLOVOLDI DASTURI

hayotga, xalqimiz ehtiyojlariga qanchalik yaqin?

Har haftaning seshanba kuni O‘zXDP Markaziy Kengashida videomuloqot tashkil etilmoqda. Otgan haftadagi muloqotda partiya Dasturi va Saylovoldi dasturini takomillashtirish masalalari hamda bu boradagi takliflar muhokama etildi.

Videomuloqotni partiya Markaziy Kengashi raisi Ulugbek Inoyatov boshlab berdi: — Ma’lumki, 9 iyul kuni otkazilgan videoselektor yigilishimizda partiyamizning Dasturi va Saylovoldi dasturi loyihalari faollar, ekspertlar va deputatlar ishtirokida qizgin muhokama etilgan edi.

Muhokamalar davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar ishchi guruh azolari tomonidan atroflicha organib chiqilib, etiborga olindi. Ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar masalalariga alohida etibor berildi.

Bundan tashqari, partiyaning yangi Dasturi hamda Saylovoldi dasturi loyihalari muhokamasi boyicha ekspert, olimlar, keng jamoatchilik vakillari, boshlangich tashkilotlar, tuman (shahar), viloyat kengashlari hamda deputatlar ishtirokida turkum davra suhbatlari otkazildi, qator takliflar olindi.

Oylaymanki, say-harakatlar natijasi olaroq dasturiy hujjatlarimiz jozibadorligi yanada oshadi.

Yigilishda joylardan olingan takliflar korib chiqildi, fikr-mulohaza almashildi.

Ulugbek Vafoyev, Partiya Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

– 9 iyul kuni bolib otgan videoselektorda partiyadoshimiz Sharbat Abdullayeva Dastur loyihasi boyicha fikr bildirib, “dasturda partiya mafkurasi aniq bolishi kerak”, deb takidlab otgan edi. Men ushbu fikrga toliq qoshilaman. Haqiqatan ham, partiyaning Dasturida uning mafkurasi aniq belgilanishi kerak.

Chunki biz oldingi saylovlardagi tajribamizda partiyamiz mafkurasi togrisida gap ketganda, juda qiynalganmiz. Partiyamiz mafkurasini har birimiz turlicha talqin qilganmiz. Shuning uchun Dastur loyihasida partiyamiz mafkurasi qisqa, londa va tushunarli shaklda berilyapti.

Partiyamiz mafkurasi uchta asosiy goyadan iborat bolyapti. Bular ijtimoiy tenglik va adolat, ijtimoiy birdamlik hamda ijtimoiy demokratiya goyalaridir.

Nega aynan ushbu goyalar, nega aynan ushbu maqsad tanlangan? Mazkur goyalar hayotga tatbiq etilishi jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni taminlaydi. Islohotlarni amalga oshirish, rivojlanish uchun barqaror ijtimoiy vaziyatni taqdim etadi. Ijtimoiy demokratik davlat qurish insoniyatning azaliy orzularidan hisoblanadi. Eng muhimi, ushbu goyalar, partiyamiz himoya qilayotgan ijtimoiy qatlam manfaatidan kelib chiqib belgilangan.

Barcha uchun faravonlikni taminlaydigan, ijtimoiy-iqtisodiy barqaror davlatni barpo etish uchun, avvalo, ijtimoiy zaif qatlam manfaatlarini himoya qilishimiz lozimdir.

Demak, partiyamiz Dasturini muhokama qilish orqali goyalarimiz, maqsadlarimiz va unga eltuvchi yollarimiz hamda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga nisbatan siyosiy pozitsiyamizga aniqlik kiritib oldik.

Endi mazkur goyalarga asoslanib, yaqin besh yil ichida oldimizda qanday vazifalar turibdi, biz nima ishlar qilishimiz kerak? Ushbu savollarga partiyamiz Saylovoldi dasturida javob topishimiz kerak.

Ochigini aytish kerak, partiya Dasturi va Saylovoldi dasturini tayyorlashda jamiyatimizdagi barcha muammolarni qamrab olish imkoniyati yoq. Barcha muammolarni kiritadigan bolsak, dasturlarimiz hajm jihatdan juda katta bolib ketadi va saylovchilarga yetkazish, targibotda foydalanish uchun noqulay boladi. Lekin, shunga qaramay, biz saylovchilarni qiynayotgan muammolarga koz yuma olmaymiz. Bugun odamlarni quruq goyalar emas, balki hayotiy muammolarning yechimi qiziqtiradi.

Shuning uchun taklif qilamizki, partiyamizning asosiy Saylovoldi dasturidan kelib chiqib, har bir viloyat, har bir tuman, hududlar sharoitiga mos ravishda oz saylovoldi dasturlarini ishlab chiqishi lozim.

Bu orqali har bir hududga xos bolgan, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni aniqlab, ularning yechimini topishga kirishish imkoniyatiga ega bolamiz. Keng qamrovli saylovoldi dasturini tayyorlash holati tushunarli bolishi uchun ushbu jarayonni piramida shaklida keltirganmiz.

Piramidaning boshida Partiya dasturi turibdi, undan kelib chiqqan holda Saylovoldi Dasturi, Saylovoldi dasturidan pastda hududiy dasturlar, undan song tuman (shahar) dasturlari, piramidaning eng oxirida har bir tuman kengashi deputatining oz hududi boyicha dasturi turibdi.

Agar partiyamizning dasturiy xujjatlar tizimini shu tarzda shakllantira olsak, mamalakat hududini qamrab olgan, partiya himoya qilayotgan ijtimoiy qatlamning barcha muammolarini ozida aks ettirgan mukammal va yaxlit partiya rejasiga ega bolamiz.

Partiya Dasturi va Saylovoldi dasturi loyihasi:

kim qanday taklif berdi?

Videomuloqot qizgin bahs-munozaralar, takliflar asosida otdi.

Maqsud Nurullayev, Ozbekiston XDP Navoiy viloyat Kengashi raisi:

Avvalo, takidlash kerakki, Dastur va Saylovoldi dasturi piramida shaklida tushuntirilgani barchamiz uchun yangilik boldi. Taklifim haqida gapiradigan bolsam, partiya dasturi va Saylovoldi dasturi loyihasini vidioselektor korinishida muhokama etishdan tashqari hududlar kesimida, masalan, 3 ta viloyatni birlashtirib, muhokama etilsa, yanada keng auditoriya jalb qilinadi, deb oylayman. Bu keng qamrovli takliflar shakllanishiga ham xizmat qiladi, nazarimda.

Rashid Murtazoyev, Ozbekiston XDP Qarshi shahar kengashi raisi:

Maruzalarni tinglab, partiyamiz siyosiy mafkurasi hamda Dasturiy ustuvorliklari nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilgan, saylovchiga tushunarli bolishi uchun sodda, ravon holda tayyorlanganiga guvoh boldim.

Shundan kelib chiqib, partiyamiz elektorati manfaatlarini yanada kengroq himoya qilishga qaratilgan goya va fikrlarga alohida etibor qaratish lozim. Jumladan, kam taminlangan oilalar, nogironlar va ijtimoiy xizmat sohasida band bolgan kishilar manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat sharoitlari va mehnat haqi, maishiy xizmatlardan foydalanishi bilan bogliq masalalarda takliflar ishlab chiqish lozim boladi. Nogironlarga jamoat transportidan foydalanishda qulayliklar yaratish, aloqa tizimidan foydalanishda imtiyozlar berish borasida takliflar orin olsa, maqsadga muvofiq bolar edi.

Shuningdek, inson va uning oilasi uchun eng kam daromad miqdori, yani, eng kam istemol savatchasiga kiruvchi oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy joy, tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan iborat turmush darajasini taminlovchi, umumetirof etilgan inson huquqlarining mamlakatimizda ruyobga chiqarilishi bilan bogliq masalalar ham Saylovoldi dasturimizda oz ifodasini topishi lozim. Zero, bu masala juda kop kun tartibiga chiqayapti, ammo hali-hanuz amaliyotga joriy etilgani yoq.

Tashqi siyosat faoliyat masalalari ham partiyamiz dasturiy hujjatlarida bolishi lozim.

Zulfiya Toyyeva, Buxoro viloyat partiya kengashi raisi:

Ijtimoiy sharoiti ogir ayollarni qollab-quvvatlash, xotin-qizlar ortasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni ish bilan taminlash masalalari yuzasidan ham muhim vazifalarni belgilab olishimiz zarur.

Bugun mamlakatimiz aholisining deyarli teng yarmi hali ham qishloq xojaligi sohasida mehnat qilib kelishmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarimiz. Biz qishloq xojaligida, fermer xojaliklarda ishlayotgan xotin-qizlar mehnati kafolatlanishi masalasini ham dasturlarimizga kiritsak, aniq mexanizmlarni ishlab chiqsak, oylaymanki, tarafdorlarimiz soni anchayin ortgan bolar edi.

Biz aholining ehtiyojmand qatlamini kam taminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, yana boshqa joyda yakka-yolgiz, deb ataymiz. Bularning hammasini bitta mezonga solish kerak, nazarimda.

Yana bir masala. Yolgiz onalar masalasi bor. Bu eng ogriqli nuqtalarimizdan. Ular ish bilan taminlanmasa, yordam korsatilmasa, farzandlari tarbiyasida muammoga uchrashi aniq. Demak, yolgiz onalar masalasini ham esdan chiqarmasligimiz kerak.

Taklifingiz dastur loyihasidan joy oldi

Videomuloqotda OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov partiya Dasturi va Saylovoldi dasturi loyihalarini takomillashtirish boyicha joylardan yuborilayotgan takliflarning tahlili togrisida malumot berdi.

Viloyatlardan 120 dan ortiq taklif kelgan bolib, ular Markaziy Kengash qoshida tashkil etilgan ekspertlar guruhi ishtirokida korib chiqildi. Takliflarning 43 tasi ishchi guruhi tomonidan maqullandi. Muhim takliflar Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyat kengashlari tomonidan yuborildi. Masalan, Navoiy viloyat partiya kengashi Saylovoldi dasturiga bergan taklifi shunday izohlanadi: Ayrim oilalarning ikki va undan ortiq farzandi oliy talim muassasalariga tolov shartnoma asosida oqishga qabul qilinadi. Bunday holatda daromadi past oilalar shartnoma tolovlarini amalga oshira olmaydi. Shunaqa sharoitda kam daromadli oilalarga malum miqdorda chegirmalar berilishi kerak. Harakatchan yoshlar oqish imkoniyatiga ega bolishi zarur. Buning uchun aniq mexanizm ishlab chiqish va dasturga kiritish taklifi berilgan.

Buxoro viloyat kengashi odam azolari va toqimalari transplantatsiyasi bilan bogliq masalani kiritish boyicha taklif bergan. Respublikamizda bu yonalishda yetarli imkoniyatlar mavjud emasligi aholiga qiyinchiliklar tugdiryapti. Bu borada sifatli va arzon tibbiy xizmat korsatish imkoniyati yaratilishi kerakligi masalasi dasturdan orin olishi lozim.

Saylovoldi dasturi loyihasida 2019-2024 yillar davomida 20 dan ortiq qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish boyicha aniq vazifalar ilgari surilmoqda. Saylov kampaniyasi boshlanganligi elon qilingandan keyin nomzodlarimiz saylovchilar bilan uchrashganda Saylovoldi dasturimizning afzal jihatlarini tushuntirishi, saylovchilarni ishontirishi kerak, dedi OzXDP Markaziy Kengashi raisi Ulugbek Inoyatov.

Partiyaning Dasturi va Saylovoldi dasturini takliflar asosida takomillashtirish jarayoni davom etmoqda.

OzXDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: