O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.07.2019

PENSIYA HAM DAROMADMI?..

O‘zXDP Markaziy Kengashi pensiyani hisoblash tartib-taomillari haqida seminar otkazdi.

— Mamlakatimizda 3,5 millionga yaqin fuqaro har oy pensiya va ijtimoiy nafaqa oladi, dedi OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov. Millionlab oilalarga moddiy hamda ijtimoiy yordam beriladi. Buning uchun byudjet mablaglaridan salmoqli xarajat qilinadi, ijtimoiy himoyaning zarur infratuzilmasi shakllantirilgan va u samarali ishlab kelmoqda. Bu sohada maxsus vakolatga ega markaziy va mahalliy davlat organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyat yuritayotgani ishlar kolami naqadar keng ekanini korsatib turibdi.

Aytish kerakki, pensiya yoshidagi aholining soni osish tendensiyasiga ega. Masalan, 2010 yildagi 5,9 foizdan 2018 yilga kelib 7,4 foizga osgan. Demak, fuqarolarning umr korish darajasi oshgan. Statistik ma’lumotlarga kora, 2019 yildan boshlab pensiya yoshidagi aholi soni 9,0 foizdan ortadi va 2025 yilga borib 11,0 foizga yetadi. Umuman olganda, 2018-2025 yillarda pensiya yoshidagi aholining ulushi 1,2 million kishiga oshishi kutilmoqda. Natijada pensiya tayinlash uchun murojaatlar soni ortib boradi, 2017 yilning 12 oyida 206 ming kishiga, 2018 yilning 9 oyida esa 205,5 ming kishiga pensiya tayinlangan.

Jahon amaliyotining korsatishicha, pensiya tizimlarini isloh etishdan maqsad pensionerning minimal turmush darajasini taminlab bera oladigan pensiyani joriy etish, mehnat faoliyati davomida tolangan badallar va pensiya miqdori ortasida uzviy bogliqlikni taminlashdan iborat, – dedi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi bolim boshligi Shuhrat Otaganov. Mamlakatimizda ham pensionerlarni qollab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish boyicha keng kolamli islohotlar olib borilmoqda. Eng muhimi, bu masalalar qonunchiligimizda ham oz aksini topyapti.

Bosqichma-bosqich yangi tizimga otib borilmoqda. Zamon talablari hamda aholining taklif va istaklaridan kelib chiqib, yangi usullarni amaliyotga tatbiq etib borish kerak. Bu orqali muammolarga yangicha yondashuv asosida yechim topishga erishiladi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yilning 12 dekabrida fuqarolarning pensiya tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qollab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoni qabul qilindi, dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligi Aleksandr Navodniy. Unda 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga nafaqalar toliq miqdorda tolanishi, uni hisob-kitob qilish uchun ish haqining eng yuqori miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan on barobarigacha oshirish belgilandi. Shu bilan birga, mehnatga haq tolash miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish boyicha farmon qabul qilindi. Unga asosan, 2019 yil 1 sentabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori orniga, 634 880 som miqdorida mehnatga haq tolashning eng kam miqdori va 223 000 som miqdorida bazaviy hisoblash miqdori hamda 223 000 som miqdorida pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori joriy etilmoqda.

Yigilishda, shuningdek, hamkor tashkilotlar vakillari ham sozga chiqdi. Nogironlar jamiyatlari azolari belgilanayotgan yangi tartib boyicha oz fikr-mulohazalarini bildirdi. Qayd etildiki, pensiya va nafaqalarning qayta belgilanishi soliq boyicha imtiyozlarga tasir korsatmasligi lozim. Bir qol bilan berib, ikkinchi qol bilan olib qoyish aholining noroziliklariga sabab boladi. Yani, pensiya va nafaqalarni hisoblashda oshirilgan meyor soliq va boshqa tolovlar oshishiga ham sabab bolsa, bu islohotdan kopchilik rozi bolmaydi. Odamlarning etirozlari va tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun joriy etilayotgan 3 bosqichli tizimni qayta korib chiqish hamda uni aholiga tushuntirish lozim.

Konstitutsiyaning 39-moddasida barcha pensiya va nafaqalar yashash minimal miqdoridan kelib chiqib belgilanishi qayd etilgan, dedi Ozbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi rahbari Oybek Isoqov. Lekin, afsuski, 27 yildan beri ushbu modda bajarilmay kelinmoqda. Mana, uchta bazaviy tizim ishlab chiqildi, ertaga beshta bazaviy korsatkichlarni oylab topamiz. Bu esa turli tushunmovchiliklar, odamlarning etirozlari va noroziliklarga sabab bolmoqda. Eng maquli va qulayi esa Bosh qonunimizda belgilanganidek, yashash minimalini belgilash va shundan kam bolmagan miqdorda pensiya hamda nafaqalarni joriy etish kerak. Ana shunda hech bir savolga orin qolmaydi.

Tizimda ozgarish qilish vaqti keldi. Masalan, fuqaroning umri davomida ishlagan vaqtning oxirgi 10 yilligidan bitta besh yili tanlab olinadi. Axir inson qarigan chogida emas, yoshligida kop va yaxshi ishlaydi. Ozimiz ozimizni aldab nima qilamiz. Agar imkoni bolmasa, byudjet yetmayapti, kutib turing, deyilsin. Konstitutsiyamizni toliq bajaraylik, ana shunda barcha xalqaro standartlarga javob beradigan tizim yaratiladi.

Togri, yashash minimali ishlab chiqilyapti. Lekin bazi moliyachilar pensiyani ham daromad, deb hisoblamoqda. Yoki mahalladan moddiy yordam soralsa, ular daromad sifatida nogironlik uchun tayinlangan pensiyani kiritishadi. Aslida pensiya daromad emas. Bu nogironlar sogligining kompensatsiyasi. Mazkur masala ham organib chiqilishi kerak, deb oylayman.

Kozlangan natijaga erishish uchun partiya oz dasturiga shu va boshqa masalalarni kiritishi lozim. Vaholanki, ushbu masala partiyaning 5 yil oldingi dasturida ham bor edi. Partiyaning goyasi edi bu. Lekin negadir ushbu masalani boshqa organlar kotarmoqda. Partiya oz dasturida ilgari surayotgan yaxshi-yaxshi goyalarga ozi egalik qilsa, tashabbus korsatsa, nur ustiga nur bolardi.

Seminarda ijtimoiy hamkor tashkilotlar bilan pensiya tizimini isloh etishga qaratilgan qonun hujjatlari, qaror va farmonlar ijrosini monitoring qilish boyicha hamkorlikdagi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, yangidan ishlab chiqilayotgan partiya dasturi va Saylovoldi dasturiga pensiya va ijtimoiy nafaqalar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni qollab-quvvatlash masalalari boyicha takliflar berildi.

Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi azolari, partiya Markaziy Kengashi masullari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Pensiya jamgarmasi, Nogironlar, Kozi ojizlar, Karlar jamiyatlari vakillari, xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari ishtirok etdi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: