O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.07.2019

OZIMIZNI OZGARTIRMASAK, ISHIMIZ HAM OZGARMAYDI

Toshkent shahar partiya tashkiloti faoliyatining tanqidiy tahlil natijalari qanday bo‘ldi?

Mamlakatimiz muhim siyosiy jarayon ostonasida turibdi. Ma’lumki, shu yilning dekabr oyida parlament va xalq deputatlari Kengashlariga navbatdagi saylovlar bolib otadi. Har bir siyosiy partiya tom manoda imtihondan otadi. Albatta, bunday pallada qaysi partiya aholi manfaatlari himoyasi yolida qanday tashabbuslar bilan chiqayotgani, qanaqa amaliy ishlar qilayotgani haqidagi savollar keng jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq boladi.

Tan olish kerakki, jamiyat miqyosidagi turli omillar tasirida siyosiy partiyalar faoliyati haqida qoproq tanqidiy fikrlar saqlanib qolmoqda. Bu munosabatni ijobiy tomonga ozgartirish zarurati kundan-kun oshib borayotgani ham sir emas. Oz faoliyatiga chuqur tahliliy va tanqidiy yondashib, ish tutmagan siyosiy partiya ijobiy natijalarga erisha olmasligini hayotning ozi korsatib turibdi.

2017 yil 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar vakillari bilan otkazilgan videoselektorda belgilangan ustuvor yonalishlar boyicha qabul qilingan chora-tadbirlar Dasturi asosida Ozbekiston XDP tizimida muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, saylovchilar va elektorat vakillari bilan muloqotni son hamda sifat jihatidan yaxshilash, deputatlik birlashmalarining hududlardagi muammolarni hal etishda tashabbuskorligini oshirish, mintaqaviy partiya tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini boyitish kabi yonalishlarda ozgarishlar kozga tashlandi. Lekin tahlillar partiyamiz tizimida masuliyat va talabchanlikni kuchaytirish kerakligini yaqqol korsatmoqda. Boisi, ayrim partiya tashkilotlari belgilangan vazifalar ijrosiga sovuqqonlik bilan qarab kelmoqda. Partiya dasturiy maqsadlarini targib qilish, elektorat manfaatlarini himoya qilish, deputatlik guruhlari orqali joylarda yechimini kutayotgan otkir muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda hali-hamon dadillik, qatiyatlilik yetishmayapti. Mulohazalarimizni Toshkent shahar partiya kengashi faoliyati misolida davom ettiramiz.

2019 yil 1 yanvar holatiga kora, shaharning doimiy aholisi soni 2 510 ming kishini tashkil etgan. Bu yerda partiyamizning 42 538 nafar azosi bor. Mamlakat poytaxti bolgani uchun bu shaharda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boshqa hududlarga qaraganda ancha ildamroq, imkoniyatlar esa koproq.

Ozbekiston XDP tizimida olib qaraydigan bolsak, Toshkent shahar partiya kengashi ham katta kuch va salohiyatga ega. Partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining poytaxt ijtimoiy-siyosiy hayotidagi orni va ahamiyati haqida uzundan-uzoq gapirish shart emas.

Tahlillar Toshkent shahar partiya kengashida kadrlar qonimsizligi odatiy holga aylanib qolganini korsatmoqda. Partiyaning tuman kengashlarida hali-hamon dasturlar ijrosiga etiborsiz qarash hollari uchrab turibdi. Kadrlarni tanlash boyicha ishchi guruhning faoliyati, partiya tizimi uchun munosib kadrlar tanlash, oqitish va ularning zaxirasini yaratish masalalarida ham sustkashlikka yol qoyilgan. Partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholiga yetkazish, partiya safiga yangi azolarni qabul qilish hamda boshqa masalalar borasida ham bir qator kamchiliklar kozga tashlandi.

Shuningdek, hududda siyosiy-marifiy oquvlar otkazishga tuman partiya kengashlari birdek masuliyat bilan yondashmagan. Xususan, Olmazor, Yakkasaroy va Sergeli tuman partiya kengashlari tomonidan bunday oquvlar boshlangich tashkilotlarda otkazilmagan. Shuningdek, mazkur tumanlarda tashkil etilgan ommaviy targibot tadbirlarida elektorat manfaatlari ifoda qilinmagan.

Tadbirlarga deputatlarni jalb etish, boshlangich partiya tashkilotlari azolari ishtirokini muntazam taminlash ishlari ham sust olib borilgan. Buning oqibatida aksariyat faol boshlangich partiya tashkilotlari bilan aloqalar susaygan. Targibot tadbirlari orqali bor-yogi 30 foiz boshlangich partiya tashkilotlari qamrab olingan.

Bundan ikki yil oldin, yani 2017 yilning dekabr oyida Toshkent shahrining tumanlarida xalq deputatlari Kengashlari tashkil qilinib, saylovlar bolib otgan edi. Unda 330 ta deputatlik ornidan 49 tasini (15 foiz) partiyamiz vakillari egalladi, xolos. Ayniqsa, Bektemir, Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur tumanlarida 30 ta orindan bor-yogi 3 nafar deputat partiyamizdan saylangani achinarli holdir. Demak, saylovoldi targibot tadbirlarida tasirchanlik bolmagan, elektorat ishonchini qozonish, saylovchilar bilan yelkama-elka turishda sustkashlikka yol qoyilgan. Bu esa partiyaning imidjiga, obrosiga qanday tasir qilgani hammaga ayon.

Oradan qariyb ikki yil vaqt otdi. Partiyadan saylangan ushbu deputatlar ham elektorat manfaatlariga qaratilgan masalalarni organib, partiya guruhlari, doimiy komissiya yigilishlarida muhokama qilib, sessiyaga olib chiqish vakolatlaridan yetarli darajada foydalanishmayapti. Masalan, partiyamizning amaliy Harakat dasturi boyicha birinchi yarim yillik uchun belgilangan 22 masalaning aksariyati deputatlik guruhlari yigilishlarida korilishi bilan cheklanilgan.

Shu orinda savol tugiladi. Masalalarni doimiy komissiyalar va sessiya muhokamasiga olib chiqishga nima tosqinlik qildi? Partiyadan saylangan deputatlarimiz boshini qovushtirib, ularning salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanish birinchi navbatda shahar partiya tashkiloti rahbariyati zimmasidagi vazifa edi.

Bugungi kunda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashida partiyamizdan saylangan 16 nafar, tuman kengashlarida 47 nafar deputat faoliyat olib bormoqda. Partiya guruhlari joriy yilda 27 masalani oz yigilishlarida korib chiqqan, shundan 5 masala doimiy komissiya va sessiyalar kun tartibiga kiritilgan. Ushbu korsatkichlar boshqa hududlardagi deputatlik birlashmalari natijalari bilan taqqoslansa, Toshkent shahridagi partiya guruhlari 12-orinda turibdi.

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan ijro organlariga fuqarolar murojaatlari asosida 89 ta deputatlik sorovi yuborilgan. Shundan 80 tasi hal etilgani, qolganlari esa nazoratga olingani qayd etilgan. Ammo sorovlarning asosiy qismi tor doiradagi masalalarga qaratilgan. Ijro organlari rahbarlarining 5 marotaba hisoboti eshitilgan. Ammo, bu raqamlar qoniqarli natijalarni aks ettirayotgani haqida ijobiy fikr bildirish qiyin.

Murojaatlarga befarq qarashga hech birimizning haqqimiz yoq. Shu boisdan mahalliy partiya tashkilotlari qoshidagi Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatiga beetibor qarab bolmaydi. Negaki, elektorat vakillarini tashvishga solayotgan masalalarni oz vaqtida organish, muammolar ildiziga yetib borish, partiya guruhlarimiz orqali hal etishda qabulxonalar faoliyati alohida ahamiyatga ega.

Ozbekiston XDP Toshkent shahar va tuman kengashlarida 13 ta Jamoatchilik qabulxonasi tashkil etilgan. Ularga joriy yilning 6 oyi davomida 216 murojaat kelib tushgan va 155 tasi, yani 72 foizi hal etilgan. Qolgan 61 murojaatning taqdiri nima bolgan? Hech kim birovning eshigini shunchaki taqillatmaydi. U ming bir hadik, andisha, istihola bilan murojaat etadi. Bunday holatlarga befarq qarash partiya tashkilotining obrosiga putur yetkazadi.

Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi Jamoatchilik qabulxonalari faoliyati bugungi kun talabiga umuman javob bermaydi. Jumladan, 6 oy davomida Mirobod tumanida 8, Olmazor tumanida 17, «Yoshlik» talabalar shaharchasida 8, Yashnobod tumanida 16 murojaat qayd etilgan. Eng qizigi, Toshkent shahar kengashiga 15 nafar fuqaro murojaat etgan. Afsuski, bu raqamlar azolarimiz va keng jamoatchilikning hududdagi partiya tashkilotlariga munosabatini korsatib turibdi.

Otgan olti oy mobaynida partiyaning Toshkent shahar kengashi tomonidan yoshlar masalasiga oid bir qator amaliy ishlar qilingan.

Dastlab bir tahlilga etiboringizni qaratamiz. Yoshlar — kelajagimiz Davlat dasturi doirasida partiyamiz tizimida targibot tadbirlari otkazilishi rejalashtirilgan edi. Poytaxtimizda birinchi yarim yillik davomida jami 8 marotaba ana shunday tadbir tashkil etilib, ularda 1910 nafar yigit-qiz qatnashgan. Agar poytaxtda bir yarim million nafardan ortiq yoshlar borligi hisobga olinsa, erishilgan natijaning katta yoki kichikligi yaqqol kozga tashlanadi. Bugungi kunda Toshkent shahar partiya kengashi safida 12500 nafarga yaqin yigit-qiz bor. Bu hududdagi yoshlarning 1 foizini ham tashkil etmaydi. Ushbu raqam ham partiya tashkilotlari yoshlar ortasida dasturiy maqsad va goyalari targibotini tashlab qoyganini isbotlaydi. Vaholanki, poytaxtdagi 44 oliy talim muassasasida ikki yuz mingga yaqin yoshlar tahsil olmoqda. Targibot ishlari samarali olib borilganida, minglab tashabbuskor yoshlarni partiya safiga qabul qilish imkoniga ega bolish mumkin edi.

Xotin-qizlar bilan ishlash, ularning manfaatini himoya qilish yonalishi boyicha joriy yilning birinchi yarmida Har bir insonga mehr-muruvvat korsatish burchimiz!, Ijtimoiy komak tashabbuskorlikka yol ochmogi kerak! loyihalari doirasida Fargona viloyatida 500, Surxondaryo viloyatida 400 nafardan ortiq nogironligi bolgan ayollar holidan xabar olingan. Biroq Toshkent shahrida faqatgina 63 nafar nogironligi bolgan ayol xonadoniga borilib, suhbatlashilgan. Etibor bering, borilgan. Organilgan muammolarning yechimiga kelganda, quruq vadalar bilan cheklanilgan.

Toshkent shahrida partiyaning 12 ta tuman kengashi mavjud bolib, bu korsatkich 1 ta tuman 6 oy davomida 3 nafar, 2 oyda 1 nafar nogironligi bolgan ayollar holidan xabar olinganligini korsatmoqda. Vaholanki, mazkur loyihalar Prezidentning otgan yil 2 fevraldagi farmonida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan. Loyihalardan kozlangan maqsad nogironligi bor xotin-qizlarni manzilli qollab-quvvatlash, muammolarini organib, bartaraf etishga komaklashishdan iborat edi.

Partiyamiz Saylovoldi dasturi asosida ishlab chiqilgan ushbu loyihalar Toshkent shahrida faqat 6 tumanda tashkil etilgan. Qolgan 6 ta, yani Bektemir, Chilonzor, Mirzo Ulugbek, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hamda Yoshlik talabalar shaharchasida nogironligi bolgan ayollar holidan xabar olinmagan. Partiya elektorati manfaatlarini taminlashga masuliyatsizlik bilan yondashilgan.

Bundan tashqari, 6 oyda Ozbekiston XDP Sergeli, Yakkasaroy, Yunusobod, Mirobod tuman kengashlari, Yoshlik talabalar shaharchasi kengashi tomonidan xotin-qizlar bandligini taminlash boyicha birorta ham tadbir tashkil etilmagan.

Joriy yilning 10-16 iyul kunlari OzXDP Markaziy Kengashi tomonidan ishchi guruh tuzilgan holda, Toshkent shahar partiya kengashi faoliyati boyicha keng qamrovli tahlil otkazildi. Organish natijalaridan shu narsa malum boldiki, shaharda partiya tashkiloti bino va inshootlarining holati, ularni saqlab turish, tasarruf etish hamda boshqarishda koplab muammolar, oz yechimini kutib turgan masalalar bor.

Bundan tashqari, Toshkent shahar partiya kengashi joriy yilda moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar mavjud bolsa-da, ular ishga solinmagan. Azolik badallari hisobiga moliyaviy barqaror bolish imkoniyatidan foydalanilmagan.

Organish jarayonida ozibolarchilik va sustkashlikka yol qoygani uchun Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi Haydar Boboxonov, partiyaning Yakkasaroy, Olmazor, Sergeli tuman kengashi raislari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar shu yilning 23 iyul kuni Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi otkazgan navbatdagi videomuloqotda atroflicha korib chiqildi. Ayrim tuman kengashlariga vaziyatni tez fursatda tubdan ozgartirish boyicha aniq topshiriq berildi. Unda har bir mintaqaviy kengash oz faoliyatini chuqur tanqidiy tahlil asosida organishi va natijalarga qarab xulosalar chiqarilishi uqtirib otildi.

Agar kuzatib borayotgan bolsangiz, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida siyosiy partiyalar faoliyati haqida koplab tahliliy, tanqidiy maqolalar chop etilyapti. Ularda partiyaviy faoliyat asosan markaziy partiya idoralarida olib borilib, boshlangich partiya tashkilotlari oz holiga tashlab qoyilgani qattiq tanqid ostiga olinyapti. Biz buni inkor etmaymiz. Qachonki, boshlangich partiya tashkilotining ishi jonlansa, amaliy harakatlar quyidan, yani mahalliy partiya tashkilotlaridan boshlansa, shunda siyosiy kuch ishida aniq samara kozga tashlanadi. Saylovchiga yaqin turgan tashkilot ular bilan ishlamasa, natijani boshqa joydan qidirishdan foyda yoq.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: