O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
23.07.2019

SAYYOR QABUL: AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT VA MUAMMOLAR YECHIMI...

Farg‘ona viloyatida «Aholi bilan muloqot: muammo, yechim va samara» mavzusida sayyor qabul otkazildi. Unda OzXDP faollari, viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, MIB, IIB hamda sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mutasaddilar aholi murojaatlarini qabul qilishdi, mavjud vaziyat, muammolarni har bir soha va yonalish boyicha atroflicha organishdi. Muloqotlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, nogironligi bolgan shaxslar murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi. Kam taminlangan oilalarga moddiy va manaviy komak berildi.

Har bir tashkilot rahbari oz yonalishiga qarab, mahallalarda yechimini kutayotgan masalalar, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish orinlari yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taminlash yuzasidan tushgan murojaatlarni mutaxassislar ishtirokida organib chiqdi. Ularning yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib boriladi.

Qabulda 82 nafar fuqaro ishtirok etdi va xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlariga turli masalada 36 murojaat boldi. Ularning 11 tasi uy-joy bilan taminlash va tamirlash, 5 tasi ishga joylashish, 4 ta bank krediti ajratish, 6 tasi moddiy yordam korsatish va boshqa masalalarni qamrab oldi.

— Sayyor qabul davomida fuqarolar turli masalalarda murojaat qilishdi, deydi OzXDP Fargona viloyat kengashi raisi Dilbar Mamajonova. Bu masalalarni joylarning ozida hal qilish mumkin. Faqat masuliyat bilan yondashilsa, sansalorlikka yol qoyilmasa, odamlarni oylantirayotgan muammolar tez va oson yechim topadi. Otkazilgan qabul natijalari boyicha 11 nafar murojaatchining masalasi ijobiy hal etildi, 6 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi, 19 murojaat amaldagi qonunlarga kora organib chiqish uchun qabulda ishtirok etgan viloyat mutasaddi tashkilotlari rahbarlari etiboriga havola qilindi. Ular boyicha deputatlik nazorati ornatildi.

Fargona shahar Shakarqishloq mahalla fuqarolar yiginida yashayman, deydi Saida Oripova. Sayyor qabul otkazilayotgani haqida eshitib, bu yerga keldim. Chunki buzilgan savdo dokonimiz uchun joy ajratish masalasida murojaatim bor edi. Qabulda bizni xushmuomalalik bilan kutib olishdi. Muhimi, murojaatim etiborsiz qolmadi. Fargona shahar hokimi 1-sektor rahbari tomonidan ijobiy hal etildi.

Fargona shahar Hilol kochasida yashovchi Nargiza Isroilova moddiy yordamga muhtoj ekan. Anchadan beri uyining devorini qurishda qiynalib yurgan ayol umid bilan sayyor qabulga kelgan. Muammosini mutasaddilarga aytdi. Masala ijobiy yechim topdi. Homiylar komagida uyining devori tiklab beriladigan boldi.

Muloqot davomida yana boshqa masalalarda ham koplab murojaatlar boldi. Deputatlar savollarga javob berishdi, muammolarni hal etish boyicha vazifalar belgilab olindi.

Sanjar RAHMONOV,

OzXDP Fargona viloyat kengashi bolim mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: