O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.07.2019

OZBEKISTON XDP YANGI DASTURINI TAYYORLAYAPTI

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida otkazilgan videomuloqotda partiyaning yangi Dasturi va Saylovoldi dasturini tayyorlash ishlari, otgan saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosi haqida soz yuritildi.

OzXDP Markaziy Kengashi raisi Ulugbek Inoyatov partiya Dasturiga kiritilgan vazifalar, ularning bugungi kundagi ahamiyatiga toxtalib otdi. Ta’kidlanganidek, unda ilgari surilgan masalalar davlat miqyosida oz yechimini topgan, ayrimlari esa oz dolzarbligini yoqotgan. Hayot tubdan ozgarmoqda. Yangicha sharoitda mutlaqo yangicha Dastur kerak. Loyiha tayyorlangan, ammo hali uni fikr-mulohazalar, takliflar asosida takomillashtirish lozim boladi.

Partiya Markaziy Kengashi raisi orinbosari Mehrojiddin Darxonov dastur loyihasining asosiy goyalari haqida soz yuritdi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirish, kam taminlanganlar, pensionerlar, nogironligi bolgan shaxslar turmush darajasi va sifatini yaxshilash partiyamizning bosh maqsadi ekanini takidladi. Ularning ijtimoiy faolligini oshirish uchun sharoit yaratish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ornatishdagi ishtirokini qollab-quvvatlash dolzarb masala ekaniga etibor qaratdi.


Yigilishda partiya Markaziy Kengashi raisi orinbosari Maqsuda Vorisova partiyaning 2014 yilgi Saylovoldi dasturi ijrosiga tanqidiy-tahliliy yondashdi. Xususan, mazkur dastur ijrosini taminlash maqsadida otgan yillar davomida 2501 ta masala partiya guruhlarida, 1450 ta masala doimiy komissiyalarda, 954 ta masala esa mahalliy Kengashlarning sessiyalarida korib chiqildi. Kopchilik masalalar joyida hal etildi. Ammo dasturdan orin olgan qator muhim yonalishlar yechim topmay kelmoqda. Bandlik, kam taminlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, tovar va xizmatlarning maqbulligi bilan bogliq vazifalar ijrosida sustkashlikka yol qoyildi. Asosiy sabab dasturda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan vazifalarning ijrosi yuzasidan aniq usullar berilmagani, shuningdek, hayotdan uzoq masalalar qayd etilganida ekani aytildi.

Videomuloqotda mintaqaviy kengashlar vakillari, deputatlar va mutaxassislar yangi dastur loyihasi yuzasidan oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Lola BULAKOVA, Samarqand viloyat Ishtixon tuman partiya kengashi raisi:

— Dasturda balandparvoz gaplarga berilmasligimiz kerak. Bugun faoliyatimizga, dasturiy hujjatlarimizga ozimiz tanqidiy yondashmasak, jiddiy tortishuvga kirishmasak, saylovchilar bizga tanqidiy baho berib qoyadi. Oz ornimizni boy beramiz. Masalan, partiyamizning avvalgi dasturlarida ham, yangidan tayyorlanayotganida ham xotin-qizlar masalasiga yetarlicha etibor qaratilmagan. Hozir xotin-qizlarni faqat uy mehnati bilan band qilish dolzarb emas. Jamiyatda ayollar bilan bogliq muammo juda kop. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, rahbarlik lavozimlariga kotarish tartiblariga oid masalalarni dasturga kiritish kerak, deb oylayman. Ayollar ortasida jinoyatchilikning oldini olish bilan bogliq muammolar ham aks etsa, maqsadga muvofiq boladi.

Torabek ZOIROV, Ozbekiston XDP Termiz tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati:

Dasturdagi asosiy yonalishlarni qollab-quvvatlaymiz. Deputatlarning samarasiz faoliyati ham togri tanqid qilindi. Shundan xulosa chiqarib, deputatlar ishini kuchaytirish, ular bilan hamkorlikni yanada yaxshilash kerak, deb hisoblayman. Ijrochi kotiblar shtati joriy qilindi. Afsuski, tizim samarasiz ishladi. Mazkur vazifaga intiluvchan kadrlarni unday olmadik.

Deputatning biri maktab direktori, biri fermer, biri shifokor. Ular faqat oz sohasini yaxshi biladi. Ularga siyosiy yonalishda yordam korsatish, partiyaning maqsadlarini togri tushuntirish kerak, menimcha. Ochigi, bazi joylarda partiya tashkilotlari deputatlardan umuman uzilib qolgan. Bu umumiy mazmunda kop gapirilgan, lekin bizga aniq mexanizm kerak.

Markaziy studiyada ham koplab fikr-mulohazalar bildirildi. Yangi dastur avvalgisidan farq qilishi, bugungi zamon, aholi talabiga mos bolishi zarurligi takidlandi.

Sharbat ABDULLAYEVA, Iqtisodiyot fanlari doktori, partiya Markaziy Kengashi Faxriylar kengashi raisi:

Bugun aholi siyosiy partiyalardan, ulardan korsatilgan nomzod, xalq vakillari bolgan deputatlardan aniq muammoning yechimiga aniq yechim kutayapti.

Siyosiy partiyaning asosi mafkura hisoblanadi. Ertaga aholining qarshisiga chiqib, beriladigan vadalarning samarasi haqida soralganda, uyalib qolmaslik kerak. Buning uchun mafkuraviy yonalishni puxta, chuqur yondashib tayyorlash kerak. Aks holda, partiya dasturi ham, Saylovoldi dastur ham samara bermaydi.

Avvallari partiyamizning kop azolari tibbiyot va talim sohasiga tegishli edi. Nega endi dasturimiz shularga ham yonaltirilmasligi kerak? Mening fikrimcha, siyosiy partiyaning elektorati cheklanishi kerak emas. Ular ixtiyoriy ravishda istalgan partiya vakiliga ovoz berishga haqli. Togri, biz kam taminlangan aholi vakillari manfaatlarini himoya qilamiz. Dasturimizda shunday jihatlar bolishi kerakki, ushbu toifaga kirmagan aholi vakillari ham bizga ovoz bersin, goyalarimizga ergashsin.

Aholining 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Ammo negadir mazkur masala ham etibordan chetda qolib ketgan.

Yana bir muhim masalaga etibor qaratmoqchiman. Saylovoldi dasturining bajarilishi xususida togri fikrlar aytildi. Yani, biz salohiyatimiz, imkoniyatlarimizdan ortiq bolgan vazifalarni oz dasturlarimizga joylashtirdik. Natijada ular bajarilmay qoldi. Osha paytda mana shunga kozimiz yetib, rad etganimizda ham inobatga olinmagan edi. Yangi dasturda ana shunday masalalarni yana vazifa etib qoyapmiz. Yoq, bu notogri. Keling, yaxshisi, imkonimizdan ortigini vada berib, odamlarni aldamaylik. Qolimizdan keladigan ishlarni eng yuqori korsatkichlarda bajara olsak ham, aholi bizdan rozi boladi.

Shuningdek, Saylovoldi dasturi barchaga tushunarli, ochiq bolishi kerak. Chekka bir qishloqdagi ishsiz ayol, biz manfaatlarini himoya qilayotgan yollanma ishchilar, ijtimoiy komakka muhtoj shaxslar uni togridan-togri tushunishi lozim. Dastur loyihasining dastlabki korinishi, tabiiyki, kamchiliklardan xoli bolmaydi. Undagi boshliqlarni toldirish, xatolarni tuzatib, puxta holatga keltirish vazifamiz.

Tursunpolat NORBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Saylovoldi dasturida, partiya Dasturida qanday goya va maqsad ilgari surilayotganini chuqur anglab, shu asosda tahlil qilish zarur. Shu orinda bugungi dasturlar oziga nimani qamrab olishi kerak, degan savol tugiladi. Avvalo, dasturlar elektoratimizni qiynab kelayotgan masalalardan kelib chiqqan taklif va tashabbuslardan iborat bolishi lozim. Agar u yoki bu sohada ularning muammosiga yordam bera olmasak, urinishlarimiz bekor. Agar muammo yechimining mexanizmlarini olib chiqmasak, ertaga hech kim bizga ergashmaydi, ishonmaydi.

Bir misol. Pensiya taminoti bilan bogliq qonunimiz bor. Pensiyani tayinlash yuzasidan hukumat nizomi, tartib-tamoyili bor. Avvallari mana shu meyoriy hujjatlarga kora, oliy oquv yurtida kunduzgi oqish harbiy xizmat mehnat stajiga qoshilar edi. Biroq bugungi tartibda ushbu tamoyil olib tashlandi. Yoki 2-3 yil davomida farzand tarbiyasi bilan uyda otirgan ayollarning tatil muddati nafaqani hisoblashda kiritilmayapti. Vaholanki, bola tarbiyasi juda ham masuliyatli va muhim vazifa sanaladi. Fermer xojaliklari, jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritadiganlar ish kuni 360 kun etib belgilanyapti. Bunaqa meyor qayerda bor? Xotin-qizlarga tegishli yana bir qator mana shunday masalalar mavjud. Biz bularga ozgartirish kiritish boyicha takliflarimizni berishimiz kerak. Agar mazkur yonalishda amaliy natijaga erishilmasa, tashabbus korsatmasak, ijtimoiy himoya masalasini toliq qamrab ololmaymiz.

Ikkinchisi, yuqorida bir taklif aytildi. Yani, dehqon-fermer hojaliklari manfaatlarini biz himoya qilishimiz kerak. Ular yetishtirgan mahsulotini toliq sota olyaptimi? Afsuski, yoq. Ularga oldindan avans berish tizimi ishlamayapti. Yer egasi tavakkalchilik bilan ekin ekayapti. Ertaga u kasod bolib qolishi mumkin. Rejali asosda mahsulot yetishtirilsa, ularni sotish kafolatlansa, dehqon yutqazmaydi, yanada yaxshiroq ishlashga harakat qiladi, bozorlarimizda tokinlik boladi. Demak, ularning ham ijtimoiy himoya masalasini yaratishimiz kerak.

Endi mudofaa masalasiga toxtalsam. Kam taminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini ham safarbarlik chaqiruvi rezerviga tayyorlashimiz kerak. Mazkur xizmatga eng kam ish haqining 25 barobarini tolagan insonlar boradi. Xosh, bola chin yetim bolsa, ertaga unga 25 barobarlik mablagni kim tolab beradi? Yoki ushbu mablagni tolashga qurbi yetmagan shaxsning xizmat qilishga haqqi yoqmi? Uning orzu-havasi yoqmi?

Dasturda yana ayrim jihatlar bor. Bir joyda kam taminlangan, bir joyda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, yana boshqasida yakka-yolgiz, deyilyapti. Lekin bularning hammasini bitta mezonga solish kerak, nazarimda.

Koplab qonunlarni qabul qilish haqida yozib qoydik. Ammo ularning muqobilini topa olmadik. Mening taklifim, faqat qonun qabul qilish bilan chegaralanmaslik kerak. Amalda bugun hayotga tatbiq etilayotgan hukumatning qarorlari, nizomlari, tartiblarini ozgartirishni ham dasturga kiritish lozim. Umuman olganda, maqsad bitta dasturni takomillashtirish. Demak, har bir mayda jihat ham etiborimizdan chetda qolmasligi zarur.

Bunyod ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Xabaringiz bor, joylarda biz bevosita aholi bilan muloqotlar olib boryapmiz, ularning muammolarini organyapmiz. Tabiiyki, ijtimoiy himoya masalasida koplab murojaatlar bolyapti. Shuning uchun partiyamiz tomonidan ilgari surilayotgan takliflarning natijadorligi tarafdorimiz.

Kam taminlanganlikni aniqlash mezonlarini joylarda korib chiqqanmiz, oz takliflarimizni taqdim etganmiz. Lekin shu paytgacha moliyaviy masala bilan bogliq bolgani sababli inobatga olinmadi. Biroq elektoratimiz vakillari, haqiqatan komakka muhtojlar qolib, kam taminlanmagan shaxslar osha mablagni olish holatlari davom etayapti. Odamni qiynaydigan masalalardan biri mana shunda. Chunki mezonlar notogri belgilangan.

Ikkinchi bir masala, arzon uy-joylar tarqatilishida ham qopol qonun buzilishlar roy bermoqda. Ushbu muammolarni organish yoki ularga yechim topish yuzasidan ham takliflar dasturga kiritilsa, maqsadga muvofiq bolardi.

Yolgiz onalar masalasi ham ogir nuqtalarimizdan biri. Ular ish bilan taminlanmasa, yordam korsatilmasa, ana shunday onalarning farzandlari kochada har xil ishlarga qol urishi mumkin. Oqib, yaxshi talim-tarbiya olish orniga, pul topishning oson yollarini qidirishga tushadi. Yengil-elpi hayotga kirib qoladi. Bilamizki, buning oxiri voy boladi. Demak, yolgiz onalar masalasini ham esdan chiqarmaslik lozim.

Videomuloqotda bildirilgan mulohazalar asosida rejalar belgilab olindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: