O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.07.2019

AYOLLARNI OYLANTIRGAN MASALALAR

hal etilishiga qanday hissa qo‘shyapmiz?

Shu yilning mart oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyatida bolib, tashrif doirasida xotin-qizlar masalalariga alohida toxtalib otgan edi. «Joriy yil oxirigacha ayollarning ijtimoiy muammolarini hal qilish, ish bilan ta’minlash, jinoyatchilik sodir etmasligi uchun zarur choralarni korib, Buxoro viloyatini xotin-qizlar bilan bogliq barcha masalalar boyicha eng namunali hududga aylantirishimiz kerak», deya takidlangan edi.

Shundan kelib chiqib, ayollarni oylantirib kelayotgan ijtimoiy masalalarni yechish, hududda ularni ishga joylashtirish, salomatligini mustahkamlashga katta etibor qaratilyapti. Bu ishga siyosiy partiyalar ham kamarbasta bolib, bir qator amaliy ishlar olib bormoqda.

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani Neftchilar madaniyat saroyida Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Ayollar ijtimoiy himoyasi — ijtimoiy faollik poydevori mavzusida forum otkazildi. Unda Ozbekiston XDP viloyat kengashi, partiyaning tuman, shahar kengashlari masullari, tuman xotin-qizlar qomitasi raisi, deputat ayollar, ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bolgan, ish bilan taminlanmagan, ehtiyojmand xotin-qizlar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Forum quruq maruzalardan iborat bolmadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, partiya va mahalla fuqarolar yiginlari faollari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida xotin-qizlarni oylantirayotgan masalalar organilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

Tadbir ertalab soat 7:00 da xotin-qizlar ortasidagi velomarafon bilan boshlandi. Unga 50 nafardan ortiq xotin-qiz va yoshlar jalb qilindi. Birinchi orinni Amir Temur kochasida yashovchi Nilufar Sattorova, ikkinchi orinni Madaniyat kochasidan Shakaroy Muzaffarova, uchinchi orinni esa Ibn Sino kochasida istiqomat qiluvchi Sevinch Mustafoyeva egalladi. Ularga partiya va hamkor tashkilotlarning sovgalari va faxriy yorliqlar topshirildi.

– Ozbekiston Xalq demokratik partiyasiga azo bolganimga ikki yildan oshdi, deydi Shakaroy Muzaffarova. Partiyamiz tomonidan bizning hududda bunday katta tadbir otkazilayotganidan mamnunman. Chekka hududlarda yashovchi ayollarga etibor qaratilib, ularni oylantirayotgan muammolar hal etilayotgani quvonarli. Bugungi forumni kuzatib, OzXDPni tanlab, adashmaganimga amin boldim. Ochigini aytganda, kutmagandim. Barchaga rahmat.

Loyiha dasturidan bir qator amaliy tadbirlar orin olgan edi. Xususan, chekka hududlarda istiqomat qiladigan kop bolali, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar, onalar va bolalar uchun bepul tibbiy korik tashkil etildi. Viloyat, tuman markazlaridan shifokorlar, tibbiy texnika vositalari, kochma ambulans xizmatlari jalb qilindi. Shu kuni 580 nafar ayol tibbiy korikdan otkazildi, ularda 109 ta kasallik aniqlandi. 8 nafar ayolga sogligini tiklashi uchun yollanmalar berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ta xonadonga 6 turdagi dori-darmon va soglomlashtiruvchi oyoq kiyimlari berildi.

Forumning ikkinchi bosqichi ayollar jinoyatchiligining oldini olishga bagishlangan seminar bilan boshlandi. Unda Qorovulbozor tuman IIB boshligi Fayzullo Ismoilov maruza qildi. U tumanda otgan yilning 6 oyi mobaynida 7 nafar xotin-qiz 11 jinoyat sodir etgani, joriy yilning 6 oyi mobaynida ayollar ortasida umuman jinoyat qayd etilmaganini bildirdi.

Shuningdek, forum doirasida Bandlikka komaklashish markazi tomonidan bosh ish orinlari yarmarkasi otkazildi. Hududdagi 48 ta korxona 258 ta bosh ish orni bilan yarmarkada qatnashdi. Kasanachilik mehnatini tashkil etish imkoniyati bor korxonalar togrisida batafsil malumotlar berishdi va ishlash istagini bildirgan ayollardan 11 nafariga korxona va tashkilotlarga ishlash uchun yollanmalar berildi.

Oz tadbirkorligini boshlamoqchi bolgan, oilaviy sharoiti qiyin ayollarga boshlangich tolovlarsiz kredit olish masalasi shu yerning ozida hal etildi va tegishli mutasaddilar tomonidan yordam korsatish boyicha kelishib olindi. Tadbirda Agrobank tomonidan Rahima Avezovaga issiqxona ochishi uchun, Sanoat qurilish bank tomonidan Dilshoda Qochqorovaga chorvachilik yonalishida, Turon bank tomonidan 1 nafar ayolga baliqchilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladigan boldi. 30 nafar xotin-qiz partiya safiga qabul qilinib, azolik guvohnomalari topshirildi.

Forum yakunida yashash sharoiti qiyin, yolgiz keksalar, ish bilan taminlanmagan hamda nogironligi bolgan ayollar holidan xabar olindi. Feruza Ganiyevaga nogironlik aravachasi taqdim etildi.

Tadbir yakunlangach, ishtirokchilarga quyidagi savol bilan murojaat qildik:

Seminar sizga nima berdi, undan qanday taassurot oldingiz?

Ochigi, sayoz, nomiga otgan ayrim tadbirlarda qatnashsangiz, undan ozingiz uchun foydali hech narsa ololmay, vaqtingiz behuda ketganiga achinasiz, deydi Sevinch Mustafoyeva. Keyin boshqa tadbirga taklif etishganda, borgingiz kelmaydi. Bugungi tadbir esa ancha jonli otdi. Xususan, forumning erta tongdanoq marafon bilan boshlanishi bizni juda xursand qildi. Bundan tashqari, mehnat yarmarkasi menda katta taassurot qoldirdi. Oylashimcha, ana shunday amaliy tadbirlarni kopaytirish kerak.

Anchadan beri oz ishimni yolga qoyish haqida oylab yurardim, deydi Rahima Avezova. Tomorqada ishlashga qiziqaman, hovlimizdagi ozgina bosh yerni korishim bilan nimadir eksam, undan samarali foydalansam, deyman. Rejalarimni qogozga tushirdim, issiqhona ochish, poliz ekinlarini ekib, oilam daromadiga ulush qoshishga qaror qildim. Chunki bu ish qolimdan keladi, bunga ozim ham juda qiziqaman. Agrobank xodimlari biznes rejamni yaxshilab organib chiqishdi. Menga issiqxona ochish uchun imtiyozli kredit ajratiladigan boldi. Endi mehnatim bilan ozimni korsatishga intilaman...

2-guruh nogironiman, tumandagi Tinchlik mahalla fuqarolar yigini, Ozbekiston kochasida yashayman, deydi Feruza Izdeleva. Turli xil yeguliklar pishirishga qiziqaman. Jismoniy imkoniyatim cheklangan bolsa-da, nimadir bilan mashgul bolishga harakat qilardim. Togri-da, bekorchilikda vaqt otkazgandan hech kimga naf yoq. Oilamiz kam taminlangan bolgani uchun anchadan beri pech olish muammo bolib turgan edi. Bu mening oz ishimni yolga qoyishim uchun kerak edi. Bugun OzXDP va hamkor tashkilotlar otkazgan forum doirasida bu muammo hal etildi. Menga pech sovga qilishdi. Endi bemalol buyurtma asosida turli pishiriqlar tayyorlashim mumkin.

Muloqot tarzida otkazilgan tadbirlar odamlarda qiziqish uygotadi, deydi OzXDP Markaziy Kengashi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori mudiri Gulshan Asatova. Qorovulbozordagi anjumanda xotin-qizlarning muammolarini organish, ularni hal etish uchun deputatlar vakolatidan samarali foydalanishga ham etibor qaratdik. Ishga joylashish, imtiyozli kreditlar olish, ish beruvchilarning huquq va majburiyatlari togrisida fikrlashildi. Bunday tadbirlarni, ayniqsa, chekka hududlarda muntazam otkazish boyicha rejalarimiz bor.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: