O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
16.07.2019

HAMKORLIK MEMORANDUMLARI ASOSIDA

amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamkor tashkilotlar bilan imzolangan memorandum ijrosi boyicha davra suhbati otkazdi. Unda Ozbekiston Nogironlar, Kozi ojizlar va Karlar jamiyatlari, Ozbekiston faxriylarni ijtimoiy qollab-qovvatlash «Nuroniy» jamgarmasi rahbar va mas’ullari, partiya xodimlari ishtirok etdi.

— Partiyamiz hamkor tashkilotlar bilan memorandumlar imzolaganidan xabaringiz bor, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov. Shu asosda partiyamizning hududiy tashkilotlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi guruhlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, partiyamiz hujjatlarida, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi guruhlarimiz va fraksiyamiz faoliyatida faxriylarning qonuniy huquqlari hamda manfaatlari alohida hisobga olindi. Qonun loyihalari va meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, takliflar tayyorlash jarayonlariga faxriy deputatlar va nuroniylar jalb qilindi.

Mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlari tomonidan 10 ta vakillik organining hisoboti eshitildi. Pensionerlar va nogironligi bolgan keksalarning manfaatlarini himoya qilishga oid 45 masala deputatlik guruhlarida, 34 masala doimiy komissiyalarda va 12 masala sessiyalarda korib chiqildi.

Sayyor qabullar davomida ijtimoiy sohaga doir 2500 ga yaqin murojaat, taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, hamkorlikda otkazilgan tadbirlarda nogironlar duch kelayotgan ijtimoiy muammolar aniqlanib, ularni hal etish choralari korilmoqda. Shu orinda bir misol keltirsam. Yaqin qarindoshlar ortasidagi nikohga monelik qilish maqsadida fraksiya azolari Oila kodeksining 16-moddasiga tegishli ozgartirishlar kiritish taklifi bilan chiqdi.

Nogironligi bolgan shaxslarning huquq va manfaatlariga oid qonun loyihalari va meyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ular ekspertlar sifatida jalb qilindi. Partiyaning barcha darajadagi yuqori organlari azolari tarkibiga nogironligi bolgan shaxslar jalb etildi.

Amalga oshirilgan ishlar ozimizniki. Ammo hal etilishi lozim bolgan masalalar ham oz emas. Faoliyatimizni chuqur tahlil qilib borishiiz, aholi bilan doimiy muloqotni izchil olib borishimiz zarur. Shunda real natijalarga erishish imkoniga ega bolamiz, deb oylayman.

Ozbekiston XDP bilan memorandum imzolashdan oldin ham hamkorlikda ishlaganmiz, dedi Kozi ojizlar jamiyati Markaziy Boshqaruvi yetakchi mutaxassisi Ulugbek Mamatxonov. Turli tadbirlar otkazganmiz. Kotarilgan muammolar ommaviy axborot vositalarida yoritilgan, jamoatchilik etiborini tortib, muhokamalarga sabab bolgan.

Partiya vakillari nogironligi bolgan shaxslarning deputatlikka nomzodini ilgari surish haqida fikr bildirdi. Shu xususda toxtalib otsam. Yaqinda oz-ozini boshqarish organlari raisligiga saylov bolib otdi. Mirobod tumanida joylashgan Bayot mahallasi oqsoqolligiga ikki nafar kozi ojiz inson nomzodini qoymoqchi boldi. Mahallaning aksariyat aholisini kozi ojizlar tashkil etadi. Afsuski, nomzodlar royxatdan otkazilmadi. Tegishli tashkilotlardan buning sababini soraganimizda, nomzodlar manfaatini oylab, shu ish qilinganini aytishdi.

2017 yilda nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida Prezident farmoni qabul qilingan. Uning 12-bandida shaxslar ortasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish, uning huquqiy maqomi va qollash sohasini belgilash borasida toxtalib otilgan. Shuningdek, nogironligi bolgan shaxslar, jumladan katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyatlar, tumanlar markazlaridagi umumtalim maktablari negizida imo-ishora tili va Brayl alifbosini orgatish boyicha maxsus kurslarni tashkil etish belgilangandi. Bu borada 2018 yilning mart oyiga qadar Vazirlar Mahkamasiga aniq va rejaviy takliflar kiritish ham nazarda tutilgan edi. Kozi ojizlar jamiyati shu masalada Xalq talimi vazirligiga murojaat qildi. Takliflar otgan yilning 1 iyunida ham kiritilmaganini bildik. Vaholanki, 1 iyulda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan mablag miqdori belgilanishi lozim edi.


Shu farmonning 14-bandida nogironligi bolgan shaxslar jamiyatlari korxonalarini ragbatlantirish va qollab-quvvatlash lozimligi aytilgandi. Ularning mahsulotlari, xizmatlariga davlat xaridlari boyicha majburiy buyurtma kvotalari belgilash boyicha korsatma berilgandi. Xabaringiz bor, yaqinda Soliq kodeksi yangi tahrirda chiqarildi. Unda bir yillik moliyaviy aylanmasi 1 milliard somdan oshgan tashkilot, korxonalardan soliq chegirmalari olib tashlanishi kozda tutilgan. Bizning korxonalarimiz ham ular qatorida. Bu masalani atroflicha oylab, keyin qaror qabul qilinsa, yaxshi bolardi.

Yana bir gap. Jamiyatning faol azosi sifatida Vazirlar Mahkamasiga kop boraman. Madaniyat, sport, marifat yonalishlarida kuratorlar bilan uchrashaman. Shunda ulardan Prezident farmonida keltirilgan Brayl savodxonligi bilan bogliq ishlar haqida ham sorayman. Ular Xalq talimi vazirligidan bu haqda telefon orqali soragan holatlarga ham guvoh boldim. Bazi masullardan 2017 yil dekabr oyida nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmon chiqqananidan xabaringiz bormi, deb sorasam, raqami nechchi degan savolomuz javobni ham oldim. Bu achinarli holat.

Nogironlar Assotsiatsiyasi bilan hamkolikda mazkur farmon ijrosini monitoring qildik. Natijalar afsuski, xursand boladigan darajada emas.

Oylaymanki, bugungi anjuman doirasida kotarilgan masalalar shu yerda qolib ketmaydi. Ommaviy axborot vositalarida ham yoritiladi. Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi yutuqlarimiz bayrogini kotarishga va muammolarimiz qongirogini chalishga doimo yordam beradi, deb umid qilaman.

Anjuman davomida Nuroniy jamgarmasi Toshkent shahar bolimi raisi Rustam Kolonov, Ozbekiston Nogironlar jamiyati raisi Komiljon Abdullayev mavzu yuzasidan oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Davra suhbati yakunida hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirish boyicha vazifalar belgilab olindi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: