O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.07.2019

DEPUTATLIKKA NOMZOD AYOLLAR KOPAYADI

O‘zbekiston Xotin-qizlar qomitasi siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda «yol xaritasi»ni imzolash maqsadida uchrashuv otkazdi. Unda joriy yilgi saylovlarga tayyorgarlik korish va bu jarayonda xotin-qizlar faolligini oshirish borasida fikr almashildi.

Ta’kidlandiki, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish davr talabiga aylanmoqda.

— Prezidentimizning Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi maruzasi keng jamoatchilik ortasida qizgin muhokama qilinmoqda, dedi Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi raisi Elmira Basitxonova. Respublikamizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan opa-singillarimizda ham ozgacha kayfiyat, kotarinki ruh va shijoatni kordim. Bir deputat ayol bilan suhbatimiz hech yodimdan chiqmaydi. Opa kop yillardan buyon deputat ekan. U ozini xorgin, keksaygandek his etgani bois, joriy yilgi saylovlarga nomzodini korsatishga biroz istiholada bolganini aytdi. Ammo Prezidentimizning maruzalarini tinglab, qayta kuchga kirganini, etibor va ishonchdan yosharganini bildirdi. Bundan xulosa qiladigan bolsak, ayollarga hurmat korsatib, ularning aql-u zakovatidan togri foydalanilsa, jamiyat hech qachon yutqazmaydi.

Xotin-qizlar qomitasi beshta siyosiy partiya bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Deputatlikka nomzodlarning 50 foizdan ortigi faol ayollarimiz orasidan korsatilishi boyicha yol xaritasini ishlab chiqdik. Tadbir mobaynida hujjatni imzoladik. Oylaymanki, bugungi harakatlarimiz oz natijasini bermasdan qolmaydi.

Shuningdek, qomita tarkibida 6 ming nafarga yaqin salohiyatli, faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirilgan. Ularni deputatlikka va turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash boyicha oquvlar tashkil etilmoqda. Bu borada Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan memorandum ham imzolangan.

Ayolning zakovati, aqli dunyoda tinchlikni ushlab turishga, mamlakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi, deydi Oliy Majlis Senati azosi, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Maqsuda Vorisova. Tarixdan malumki, Bibixonim buyuk bobomiz Amir Temurga ham siyosat boyicha, ham harbiy yurishlarida oz maslahatlarini bergan va muvaffaqiyatiga hissa qoshgan. Mamlakatimiz rahbari mana shu salohiyatni ozbek ayollarida kordilar. Bu tashabbuskorlikdan yurt ravnaqi yolida foydalanish kerakligini takidlab, oz maruzalarida tegishli vazifalarni belgilab berdilar. Bugungi tadbir davomida imzolanayotgan yol xaritasi bu masuliyatli vazifani bajarishda barchamizga qol keladi, deb oylayman.

Yuqorida Elmira Bositxonova togri takidladi. Ayol deputat bolib faoliyat olib borishi katta masuliyat. Siyosiy hayot, kurash oson emas. Har xil jarayonlar boladi. Deputatlikka nomzod ayollarning ruhiy tayyorgarligi masalasiga ham alohida etibor qaratishimiz kerak boladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: