O'zb  
 
09.07.2019

VAQT OZ, ISH KOP

O‘zbekiston XDP faoliyatida tanqidiy yondashuv kuchaymoqda

Har bir siyosiy partiyaning jamiyatdagi obro-e’tibori, nufuzi saylovlar jarayonida yaqqol korinadi. Partiya faoliyatiga, Saylovoldi dasturiga bahoni saylovchi beradi. Biroq saylovning natijasi deputatlikka nomzodning kimligiga ham bogliqligini unutmaslik zarur. Zero, saylovga tayyorgarlik jarayonlaridagi eng muhim vazifalardan biri munosib nomzodlarni tanlashdir.

Tajribadan malumki, saylovchi partiyaning Saylovoldi dasturidan kora, nomzodning shaxsiyatiga koproq etibor qaratadi. Demak, nomzodlarning shaxsiy xislatlari bilan bir qatorda, aholi orasidagi obroyi qanday ekanini ham hisobga olish kerak boladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod korsatishda esa uning bilimi, hayotiy tajribasi va elektorat manfaatlarini qattiq himoyalay olish imkoniyatini hisobga olish lozim. Negaki, Oliy Majlis deputati besh yil mobaynida qonun loyihalari ustida ishlaydi.

Yana bir masala. Joriy yilgi saylovlardan song mahalliy Kengashlarning maqomi va masuliyati kuchayadi. Joylarda partiyamiz maqsad va vazifalarini keng targib qilish, elektoratimizni oylantirayotgan masalalarni hal etish uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridan koproq orin egallashimiz talab etiladi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan yaqinda otkazilgan videomuloqotda shu va boshqa qator masalalar xususida soz bordi. Unda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi xodimlari, Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat partiya kengashlari hamda shahar va tuman kengashlari raislari ishtirok etdi.

— Balandparvoz gaplardan voz kechib, faoliyatimizni chuqur tahlil qilishimiz lozim, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Ulugbek Inoyatov. Yol qoyilayotgan kamchiliklarning sababini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini korish muhim ahamiyatga ega. Avvalo, safimizda faoliyat olib borayotgan kadrlarning salohiyati va tashabbuskorligini oshirish kerak boladi. Xususan, partiya tizimidagi axborot xizmati bolimi faoliyatini qayta korib chiqish lozim. Partiya Markaziy Kengashi va mintaqaviy kengashlarda samarasiz faoliyat yuritib kelayotgan ayrim tuzilmalar qisqartirilib, orniga axborot xizmati va AKT shtatlarini joriy qilamiz. Bu esa partiyamizning Saylovoldi targibot-tashviqot ishlarida yaxshi samara beradi, deb oylayman.

Shuningdek, videomuloqot davomida xodimlarni moddiy qollab-quvvatlash, manfaatdorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilishda mintaqaviy kengashlarning vakolatlari xususida malumot berildi. Partiya mintaqaviy kengashlarida faoliyat korsatib kelayotgan ijrochi kotiblar faoliyati keskin tanqid qilindi. Ularning aksariyati zimmasidagi vazifalarga sovuqqonlik bilan qarab kelgani takidlandi.

Otgan yilda mahalliy Kengash sessiyalari muhokamasiga jami 868 masala kiritish maqsad qilingan edi, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Ulugbek Vafoyev. Reja bor-yogi 57 foizga bajarildi. 29 ta partiya guruhi esa mahalliy Kengash sessiyalariga birorta masala kiritmaganini qanday baholash mumkin?..

Joriy yilda 443 masala sessiyalarga kiritilishi kozlangan bolib, shu kunga qadar 101 masala sessiyalarda korildi. Ushbu korsatkichlar, ayniqsa, Andijon, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida juda achinarli ahvolda. 16 ta partiya guruhi sessiyalarga birorta ham masala kiritmagani tashvishli holat. Albatta, vaqt otkazmay, buning sabablarini organishimiz, lozim bolsa, tegishli tavsiyalar ishlab chiqishimiz shart.

Videomuloqot davomida mafkura va targibot-tashviqot masalalari yonalishida amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida etibor qaratildi. Takidlandiki, saylovlar yaqinlashgani sari mazkur yonalishdagi ishlarni jiddiy kuchaytirish talab etiladi. Afsuski, partiya kadrlari va faollari siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan oquv-mashgulotlarni otkazish tizimli ravishda yolga qoyilmagan. Tahlillarga kora, poytaxtimizning Sirgali, Olmazor, Yakkasaroy, Bektemir, Toshkent viloyatining Oqqorgon, Yangiyol, Zangiota tuman partiya kengashlari tomonidan oquvlar umuman tashkil etilmagan. Shuningdek, Xorazm viloyatining Urganch, Shovot, Xiva, Yangibozor, Sirdaryo viloyatining Xovos, Sayxunobod, Sardoba, Boyovut, Andijondagi Ulugnor, Andijon, Surxondaryoning Sariosiyo, Uzun, Boysun tuman kengashlarida ham shunday holat kuzatilmoqda.

Barchamizga malumki, partiya goya va maqsadlaridan aholini keng xabardor qilish targibot va tashviqot ishlari juda muhim sanaladi. Shu bois joylarda faol partiya azolaridan iborat targibotchilar guruhlari tashkil qilingandi. Ammo organishlar natijasida Andijon, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahar partiya kengashlaridagi ishlar kongildagidek emasligi aniqlandi. Guruh azolari tadbirlarga qatnashmasligi malum boldi. Qoraqalpogiston Respublika, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida esa guruh azolari faqat viloyat kengashi tadbirlariga jalb etilayotgan ekan, xolos. Tuman va shahar kengashlarida targibot guruhlari esa nomiga shakllantirilgan. Faqat qogozda faoliyat yuritib kelayotgan ekan.

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining asosiy qismi, yani 20 milliondan ortigi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Shuni hisobga olganda, ijtimoiy tarmoqlar OzXDP mafkurasini targib qilishda eng samarali vosita hisoblanadi, dedi partiya yetakchisi. Shunga muvofiq bu boradagi ishlarni ham tizimli tashkillashtirish kerakligini alohida takidladi.

Joriy yilgi saylovlarga tayyorgarlikning oziga xos tizimini ishlab chiqdik, dedi Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublikasi Kengashi raisi Xalilla Eshimbetov Bu bizga fuqarolar bilan faol aloqada bolishimizni taminlaydi, deb oylayman.

Hududlardagi shahar, tuman kengashlarini tort sektorga bolib oldik. Rais, rais orinbosari, deputatlik guruhi rahbari va tashkiliy nazorat va kadrlar ishlari bolimi boshligi biriktiriladi. Shuningdek, barcha boshlangich partiya tashkilotlari rahbarlarining telefon raqamlari olinib, ular bilan aloqani yolga qoydik. Nomzodlarni tanlashda ham quyi bogin bilan hamfikrlikda ish olib borishni rejalashtirdik.

Videomuloqot mobaynida bildirilgan fikrlardan togri xulosa chiqarishimiz kerak, dedi Ozbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi Xolbek Jalolov Bugungi kunda viloyatimizda 8 tuman, 3 shahar kengashi faoliyat yuritmoqda. Aytish kerakki, kishida birinchi tasavvur korinish orqali shakllanadi. Odamlar bir masala bilan bizdan yordam sorab keladigan bolsa, avvalo partiya kengashi binosiga qaraydi. Xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga kozi tushadi. Uchinchidan, iliq muomalani korgan kishi oz muammosini tortinmay aytadi, hal etilishiga ishonadi. Shuning uchun viloyat partiya kengashining binosini tamirladik, sharoitni yaxshiladik. Shuningdek, Xovos, Sirdaryo tumanlari, Shirin shahar kengashlari yaqin-yaqingacha ijarada turardi. Ularga ham alohida bino ajratildi.

Yigilishda partiya tashkilotlariga yol qoyilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Mahliyo ALIQULOVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: