O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
02.07.2019

HAQIQIY JURNALIST HAR QANDAY HOLATDA HAM HAQIQATNI AYTISHI KERAK

Taraqqiyot strategiya markazida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan «Ommaviy axborot vositalari – xalq bilan muloqotning muhim vositasi» mavzusida davra suhbati otkazildi. Unda partiya va parlament faoliyatini yoritishda faollik korsatayotgan bir guruh jurnalistlar ishtirok etdi.

Albatta, an’anaga kora dastlab sohadagi islohotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ustidan jamoatchilik hamda parlament nazorati ornatish, hokimiyat va jamoatchilikning aloqasini izchil taminlashda OAVning rolini kuchaytirish, sohaning qonunchilik asoslarini mustahkamlash yuzasidan mutaxassislar va soha vakillari fikr-mulohazalari bildirildi.

—Haqiqiy jurnalist, haqiqiy OAV, mening nazarimda, yaxshi manoda hamisha hukumatga oppozitsiyada bolishi kerak, dedi OzA siyosiy sharhlovchisi Komiljon Shamsitdinov. Hukumatni maqtagan, mayli siyosatni targib qilsin, lekin uni alqagan qalam sohibi jamiyatni toxtatib qoygan sanaladi. Yani, jurnalist ham partiya faollari, deputatlar singari oz vazifasini togri bajarsagina, taraqqiyotga hissa qoshadi, deb oylayman. Bugungi evrilishlar davrida soz erkinligi togri yonaltirilgan, jurnalist xalqning dardini xolis va haqqoniy ayta oladigan bolishi shart. Hali oldinda kop-kop ishlar bizni kutmoqda. Yangidan-yangi tashabbuslar, innovatsion goyalar asosida faoliyatimizni davom ettirsak, oylaymanki, bir-birimizga tirgak bolib, imkoniyatdan toliq foydalanishga harakat qilamiz.

Tadbirda partiyaning goya va dasturiy maqsadlari, targibot-tashviqot, amaliy faoliyatini keng jamoatchilikka namoyon etishda ommaviy axborot vositalari asosiy orin egallashi takidlandi. Xalq manfaatini oylayotgan, uning dardu tashvishida kuyayotgan jurnalistlar ishi partiya faoliyati bilan bevosita bogliq ekani qayd etildi.

Chindan ham, Konstitutsiyamizda matbuot va soz erkinligini taminlovchi qoidalarning mustahkamlab qoyilgani OAV chinakam erkin faoliyat yuritishining huquqiy kafolatidir hamda ular jamiyatning yangilanishi jarayonida muhim ahamiyat ega. Mazkur sana munosabati bilan elon qilingan Prezident tabrigida ham ana shu masalalarga etibor qaratildi. Matbuot, ommaviy axborot vositalari ishi hamma zamonlarda ham ogir va masuliyatli bolgani takidlandi. Darhaqiqat, mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga kotarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, soz va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda bu masuliyat yanada kuchaymoqda.

Hech kimga sir emaski, dunyo shiddat bilan ozgarib boryapti. Barcha sohalar qatori axborot olish hamda yetkazish, tasirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish borasidagi raqobat keskinlashmoqda. Demak, ushbu murakkab sharoitda hayot biz jurnalistlar oldiga yangi talab va vazifalarni qoymoqda. Davra suhbatida ana shu masalalar haqida soz borar ekan, bunda jamoat birlashmalari, siyosiy partiya va deputatlar ortasida hamkorlik alohida ahmiyat kasb etishiga urgu berildi.

Jurnalistning nonini yeb katta bolganman. Otam bir umr jurnalist bolib ishlagan. Shuning uchun ularning mashaqqatini yaxshi bilaman, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari, Oliy Majlis Senati azosi Maqsuda Vorisova. Fikrimcha, OAV faoliyatini tartibga solishga yonaltirilgan qonunchilikni tahliliy-tanqidiy organgan holda ishini kengaytirish, ularning mustaqilligi, erkinligini taminlash boyicha qonunlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish choralarini korish kerak.

Media sohasining moddiy-texnik bazasini yangilash, sohada uchrayotgan huquqiy boshliqlarni aniqlash jurnalistika rivojini belgilaydigan zaruriy shartlardan biri sanaladi. Ushbu masalalar yuzasidan OAV vakillaridan takliflar olish va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi orqali qonunchilikka tatbiq etish, partiyamizning barcha jabhalardagi faoliyatini jamoatchilik orasida yanada keng targib qilish uchun OAV bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

Tadbir yakunida partiya faoliyatini yoritishda faol ishtirok etgan va hamkorlik qilib kelgan ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhiga partiyaning qimmatbaho sovgalari va faxriy yorliqlari topshirildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: