O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
02.07.2019

BU YILGI BAYRAM OZGACHA BOLDI!

O‘zbekiston XDPning barcha darajadagi tashkilotlari 30 iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan mamlakatimizning turli hududlarida ma’naviy-marifiy tadbirlar otkazmoqda. Jumladan, Fargona shahridagi Ahmad Al-Fargoniy nomidagi oromgohda tashkil etilgan festival ham yigit-qizlar uchun chinakam bayramga aylandi.

Bunday festivalda ilk bor ishtirok etishim, deydi biz bilan suhbatda Boburjon Umaraliyev. Otgan yili yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayramlarni uyda televideniye orqali tomosha qilib, tengdoshlarim yonida bolishni orzu qilgandim. Niyatimga yetdim. Bundan juda xursandman.

Har bir yigit-qizning taqdiri, oy-fikrlari bilan qiziqishimiz, ularni oylantirayotgan masalalar yechimida komakdosh bolishimiz kerak, deydi Ozbekiston XDP Fargona viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Dilbarxon Mamadjanova. Bugungi festival doirasida ham shunga alohida etibor qaratdik. Ayniqsa, taniqli xonandalar, yosh sportchilar, el suygan sanatkorlar ishtirokidagi konsert dasturi ishtirokchilarning kayfiyatini kotardi.

Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi Yoshlar kuni munosabati bilan nogironligi bolgan yoshlar holidan xabar oldi. Ular bilan samimiy suhbatlashib, yaqin orada faol yoshlar safidan joy olishlarini tiladi.

Bugun tengdoshlarim, partiya vakillari uyimizga meni yoqlab kelibdi, dedi birinchi guruh nogironi Mahbuba Egamberdiyeva. Ular menga kitoblar sovga qilishdi, hatto uyimizga tez-tez kelib, bu kitoblarni birgalikda oqishimizni aytishdi. Kayfiyatim kotarildi. Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bilan tabriklayman.

20 ming nafardan ortiq yigit-qiz partiyamiz safiga qoshilgan, deydi Toshkent shahar partiya kengashi raisi Haydar Boboxonov. Shundan 12 foizi tibbiyot, 14 foizi ishlab chiqarish, 27 foizi talim, 7 foizi tadbirkorlik, qolgan 40 foizi esa boshqa sohalarda faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, partiyadoshlarimiz orasida fan nomzodlari, turli darajadagi davlat mukofoti sovrindorlari bilan bir qatorda imkoniyati cheklangan, nogironligi bolgan yoshlar ham bor. Ana shunday yoshlarning 54 nafari bugungi kunda Istiqbol yoshlar qanoti yetakchisi hisoblanadi. Ular bugungi kunda joylardagi targibot tadbirlarida juda faol.

Haqiqatan ham shunday, deydi Toshkent shahar partiya kengashi sektor mudiri Nodira Gafurova. Joriy yilda sektor tomonidan 32 ta tadbir otkazilgan bolsa, shundan 19 tasi yoshlarning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Shuni alohida takidlash kerakki, mazkur yonalishda Yoshlar-yoshlarga usuli oz samarasini bermoqda.

Xabaringiz bor, may-iyun oyi davomida Yoshlar-kelajagimiz shiori ostida forum bolib otdi. Biz bunda etiborni jamiyatda oz orni va ovoziga ega bolgan taniqli yoshlarga emas, balki oz goyasi bolishiga qaramay, uni amalga oshirishga kirishgan yigit-qizlarga qaratdik. Natija kongildagidek. 25 nafar forum ishtirokchisining har biri bilan alohida ish olib boryapmiz. Loyihalarini amalga oshirish boyicha tegishli tashkilotlarga murojaat ham qilganmiz. Aytish kerakki, yoshlar masalasi bir kunlik, yoki bir kishiga tegishli emas. U davlat va jamiyatning doimiy etiborida bolishi zarur.

Tadbir davomida faol yoshlarga partiyaning esdalik sovgalari topshirildi. Tadbirlar davom etmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: