O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.07.2019

AXBOROT XIZMATI RAHBARI MAVQEI VA MASULIYATI OSHADI

Mehrojiddin DARXONOV, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— Mamlakatimizda soz va axborot erkinligini ta’minlash, axborot sohasining huquqiy asoslarini takomillashtirish boyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Binobarin, axborot, undan foydalanish, tahlil qilish va tezkorlik bilan tarqatish imkoniyati zamonaviy jamiyatda inson kamolotining asosiy shartidir. Soz hamda fikrlash erkinligini qonuniy asosda kafolatlash huquqiy demokratik davlatning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu fikrlar va qarashlar xilma-xilligini, fuqarolarning demokratik jarayonlarda tolaqonli ishtirokini taminlaydi.

Prezidentimizning joriy yil 27 iyunda qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi qarori mamlakatimizda soz erkinligini taminlash, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishni taminlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Qaror ommaviy axborot vositalari, xususan, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini yanada rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Qarorda bir qator vazifalar va matbuot xizmatlari uchun imtiyozlar kozda tutilgan. Masalan, axborot xizmati rahbari bir vaqtning ozida davlat organi va boshqa tashkilot rahbarining matbuot kotibi hisoblanadi hamda axborot siyosati masalalari boyicha maslahatchisi maqomiga ega boladi, mehnatga haq tolash, tibbiy va transport xizmati korsatish sharoitlariga kora davlat organi va boshqa tashkilot rahbarining orinbosariga tenglashtiriladi. Bu esa davlat va xojalik organi faoliyati haqida keng jamoatchilikni tezkor va xolis malumot bilan taminlash imkonini beradi.

Shuningdek, qarorda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot xizmatlari xodimlari ijtimoiy himoyasini taminlash maqsadida, ularning lavozim maoshlariga boshqa har qanday tolovlardan qati nazar davlat byudjeti hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oz mablaglari hisobidan 50 foizdan kam bolmagan miqdorda oylik ustama tolanadigan boldi. Bu ham joylarda faoliyat korsatayotgan axborot xizmati rahbarlarining faoliyatini rivojlantirish, malakali mutaxassislarni jalb qilish imkonini beradi desak mubolaga bolmaydi. Ochigini aytish kerak, bugungi kunda faoliyat korsatayotgan axborot xizmatlarining ishi qoniqarli emas. Ular ozlarining vazifalaridan tashqari, tashkilotning boshqa ishlariga ham jalb qilinayotgani sir emas. Mazkur qaror bilan axborot xizmatining vazifalari, burch hamda majburiyatlari tashkilotning boshqa bolim va bolinmalariga yuklanishiga yol qoyilmaydigan bolindi. Ular faqat axborot bozoriga oz tashkiloti haqida tahliliy-tanqidiy malumotlar tarqatib boradi. Ular ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar ornatib, veb-resurslar va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari faoliyati imijini yaratadi.

Mazkur qarorning ahamiyatli tomonlaridan biri, axborot xizmatlariga ustuvor ravishda jurnalistika sohasida oliy malumotga ega bolganlar ishga olinishi shartligi belgilab qoyilgani boldi.

Shuningdek, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy bolinmalari xulosasi asosida lavozimga tayinlanadi. Har uch yilda belgilangan tartibda Agentlikda attestatsiyadan otkaziladi.

Bir soz bilan aytganda, mazkur qaror matbuot xizmatlarining davlat organlari va jamiyat ortasidagi ishonchli koprik sifatida samarali faoliyatini taminlash, matbuot kotiblarining mavqeini oshirish orqali, mamlakatimiz axborot sohasini rivojlantirishga zamin yaratiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: